www.ziyouz.com kutubxonasi
262
bo‘lsa, uni unutmagan va uning orqasida rizq yemagan bo‘lsa, o‘shanday kishigadir".
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni kunduz xatm qilgan bo‘lsa, unga
maloikalar kechasigacha salovot o‘qiydi. Kim kechasi xatm qilgan bo‘lsa, maloikalar
ertalabgacha salovot o‘qiydi. Kishilar kunduzi xatm qilishni yaxshi sanardilar".
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Salaflar salovotlar ko‘p bo‘lishi uchun yozda kunning
avvalgi vaqtida, qishda kechaning avvalida xatm qilishni mahbub ko‘rishar edi".
661. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.), u zot Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat
qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qur’on o‘quvchi mo‘min
utrujjaga (mevali o‘simlik) o‘xshaydi. Uning hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on
o‘qimagan mo‘min esa, xurmo kabidir, uning mazasi yaxshi, ammo hidi yo‘q. Qur’on
o‘quvchi fojirning misoli rayhonga o‘xshaydi, uning hidi yaxshi, ta’mi achchiq. Qur’on
o‘qimaydigan fojirning misoli hanzalaga o‘xshaydi, mazasi ham achchiq, hidi ham yo‘q".
662. Uqba ibn Omir Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot
aytdilarki: "Qur’onni ichida o‘quvchi sirli holda sadaqa qiluvchi kabidir, jahr qilib (ovoz
chiqarib) o‘quvchi sadaqani oshkor beruvchi kabidir".
Demak, jahr bilan qiroat qilishlik juda yaxshi, ammo maxfiy o‘qish undan afzaldir.
663. Valid ibn Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalladanm rivoyat qiladilar:
"Menga gunohlarning hammasi ko‘rsatildi, unda Qur’onni ko‘tarib, keyin uni tashlab
yuborganning gunohidan kattarog‘ini ko‘rmadim".
664. Ibn Hutab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan naql etadilar: "Kim
Qur’onni o‘rganib, keyin uni hech bir uzrsiz unutib yuborsa, har bir (unutgan) oyati
tufayli uning darajasi pasayadi va qiyomat kunida mahzun holatda keladi".
665. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Qur’onni ta’lim olib, keyin
unutib yuborsa, qiyomat kuni qo‘li kesilgan holda keladi".
Zahhok aytadilar: "Qaysi kishi Qur’onni ta’lim olib, keyin unutsa, qiyomat kuni gunohkor
holatda keltiriladi". So‘ng: