Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
319
uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi: 
– kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin; 
– kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin
– kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin; 
– kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga 
qarshi jihod qilsin
– kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan 
narsasidan ta’lim bersin; 
– kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin
– kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning 
orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin; 
– kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan 
narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”. 
831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido 
qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir 
to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani xohlaysizlar?” deydi.
“Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular: 
“Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar 
fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi fazilatingiz nima edi?” deb savol 
qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar yomonlik kelsa, uni 
kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar. 
Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari 
qaerda?” Jannatni umid qilganlardan bir to‘dasi turadi. Ularga farishtalar: “Nimani 
xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan 
oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar 
sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular 
aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi: 
“Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana 
nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar qaerda?” Bir to‘da jannatni 
xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi: 
“Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi. 
Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning yeridagi qo‘shnilarimiz”, 
deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi. “Bizlar 
Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir-
birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar. 
Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”. 
832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun 
bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan 
boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”. 
Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib, kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, 
birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”. 
Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod 
qilganlik savobini beradi”.
Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga 
chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar va xulqning har 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin