www.ziyouz.com kutubxonasi
331
“Namozni to‘kis ado etadiganlar” (Haj surasi, 35-oyat), deb aytgan. Munofiqlarni
sifatlab, ularni namozxonlar degan:
“Bas, namozlarini “unutib” qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan “namozxon”larga halokat bo‘lg‘ay” (Mo’uvn, 4 – 5-oyatlar). Mo‘minlarni esa:
“Namozlari ado qiladilar” (Baqara, 3-oyat) deb sifatlagan. Namozni ado qilish uni
davomli o‘qish, vaqtlariga rioya etish, ruku’ va sajdalarini maromida bajarishdir.
Hakimlardan biri aytadi: “Odamlar namozga hozir bo‘lishda ikki sinf: xos va om. Xos
odamlar namozga hurmat bilan keladi, ishonch va qo‘rqinch bilan turadi, ta’zim bilan
ado qiladi, xavf bilan qaytadi. Omlar esa, g‘aflat bilan keladi, jahl bilan turadi, vasvasa
bilan ado qiladi va xotirjam qaytadi”.
Hakimlar aytishadi: “To‘rt narsa to‘rt o‘ringa qadalib, to‘rt o‘rinda bosh ko‘taradi:
1. Allohning rizoligi toatga tushib, saxiylar uyida bosh ko‘taradi.
2. Allohning g‘azabi xatolarga qadalib, baxillarning ustidan chiqadi.
3. Yaxshi yashash, keng rizq savoblarda yashirinadi va namozxonlar uyida chiqadi.
4. Xarob yashash azoblarga qadalib, namozga beparvolar uyidan chiqadi”.
Ba’zi hakimlar aytishadi: “Odamlar olti narsa bilan shug‘ullanganida, sizlar boshqa olti
narsa bilan shug‘ullaninglar.
1. Odamlar ko‘p amal bilan shug‘ullansa, sizlar yaxshi amallar bilan shug‘ullaninglar.
2. Odamlar fazlatlar bilan shug‘ullansa, sizlar farzlarni mukammal bajarish ila
shug‘ullaninglar.
3. Odamlar tashqi ko‘rinishni isloh qilish bilan shug‘ullansa, sizlar botinni isloh qilish
bilan shug‘ullaninglar.
4. Odamlar odamlarning ayblari bilan shug‘ullansa, sizlar o‘zlaringning ayblaring bilan
shug‘ullaninglar.
5. Odamlar dunyosini obod etish bilan shug‘ullansa, sizlar oxiratingizni obod etish
bilan shug‘ullaninglar.
6. Odamlar bandalarning rizosini qozonish bilan shug‘ullansalar, sizlar Alloh roziligini
olish bilan mashg‘ul bo‘linglar”.
___________________