Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
81
165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: “Men Rahmonman, sen rahmsan, kim
seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman”, dedi.
166. “Albatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz “Ey
Parvardigor, Sening
yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda meni uzsa,
uzilgin”.
Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: “Vaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal
qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari
bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan
qilib
qo‘yadi”.
Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: “Makkada biz bilan birga Xuroson
ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar
edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat
qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan,
xotinidan molini
so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p
olimlardan bu masalada savol qildi: “Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U
kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?”
Aytdilar: “Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri
yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin:
“Ey fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” Haligi odam kelib uch marta
aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldilariga kelib,
ularga bu xabarni
yetkazdi, aytdilar: “Albatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening
do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir
vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin,
kechaning uchdan
biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: “Ey falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!”
deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. “Sho‘ring
qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?” deyildi. Aytdiki:
“Mening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib
ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday
turibdi, men o‘g‘limga
omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman.
O‘g‘limga aytgin, seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni
topasan”. Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa,
shunday holatda
topibdi”.
Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat bilan
bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa, ziyorat
qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham
iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa,
borishligi afzaldir.
167. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir”.
Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor:
1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki
Alloh taolo shunga buyuradi;
2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan;
3) silai rahm maloikalarning xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand
bo‘ladilar;