Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
27
IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCHI VA DAHSHATLARI
43. Oyisha (roziyallohu anho) onamiz: “Yo Rasulalloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan 
odamini eslaydimi?” dedi. Aytdilarki: “Uchta joyda eslay olmaydi: amallari tarozuga 
qo‘yilganda, chunki tarozim og‘ir keladimi yoki yengilmi, degan xayol bilan band bo‘ladi; 
sahifalari (nomai a’mol) tarqatilganda, chunki meniki o‘ng tomondan berilarmikan yo 
chapdanmi, deb turadi va jahannamdan bir bosh chiqib, ularga tez-tez yurib keladi va 
aytadiki: “Uchta narsaga vakil qilindim: “Allohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir 
zolim mutakabbirga va har bir hisob kuniga ishonmaydiganga”, deydi. Keyin ularning 
ustiga yopiriladi va jahannamga otib yuboriladi. Jahannamning ustida qildan nozik, 
qilichdan o‘tkir ko‘prik bor, unda tikanak va zanjirlar bor. Insonlar undan chaqmoqdek 
yoki yeldek uchib o‘tadilar, ularning orasida najot topgan musulmon ham bo‘ladi, terisi 
shilinib yorilgani ham bo‘ladi va do‘zaxga yuztuban ag‘darilib tushadiganlari ham 
bo‘ladi”. 
44. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladi: “Ikki nafxa (birinchi 
nafxa – odamlarni o‘ldirish uchun chalingan sur, ikkinchi nafxa - odamlarni tirilitirish 
uchun chalingan sur) orasida 40 yil bo‘ladi, keyin Alloh taolo osmondan erkaklar 
maniyiga o‘xshash suv tushiradi, keyin insonlar o‘t o‘sgandek o‘sib chiqadilar”. 
45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: “Alloh taolo 
yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi 
va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb, 
Arshga tikilib turibdi. Dedimki: “Ey Rasulalloh! Sur nima?” Aytdilarki: “Nurdan qilingan 
karnay”. Dedimki: “U qanday narsadir?” Aytdilarki: “Doirasi keng, meni payg‘ambar qilib 
yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning 
kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)”. 
Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini 
halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu 
Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq 
momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga 
birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi hamma qo‘rqib ketadi. 
Dalil ushbu oyatki: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin