Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarini anglagach, bobolari Abdulmuttalib hammadin ortiqroq 
suyundi. Yoshligida o‘lib ketgan bolasi Abdullohdin yodgor qolgan yolg‘iz o‘g‘lim 
Muhammad, deb ko‘p suyar edi. 
 
EMIZDIRILISHLARI 
U zamondagi shaharlik arablarning odatlari yangi tug‘ilgan bolalarini sahrolik badaviy 
qabilalariga emizishga berur edilar. Atrofdagi badaviylarga har yili kuzda, ko‘klamda 
emizishga bola olish uchun Makka shahriga kelish odat edi. Shuning uchun Bani-Sa’d 
urug‘idin Halima degan xotun o‘z qabilasidin chiqqan xotunlarga qo‘shilib, o‘zi bir oriq 
eshak minib, eri bir oriq tuya mingan holda chiqishgan edilar. Bularning mingan ulovlari 
holsizlikdan yaxshi yurolmay hammaning ortida qolishdi. Ular shaharga kelgunlaricha 
ilgari kelgan xotunlar ota-onalik boy bolalarni tanlab olishib ketgan edilar. 
Payg‘ambarimiz bir faqir oilaning yetim bolasi bo‘lganligidan uni emizishga hech bir 
xotun ortiqcha qiziqmas edi. Hammaning keyinida qolgan Halima ham shaharga kirdi. 
Emizishga bola so‘roqlab yurganida Payg‘ambarimizning bobolari Abdulmuttalib ko‘rib 
qolib, bizning bir yetim bolamiz bor edi, deb kelinlari Omina uyiga boshlab keldi. Hazrati 
Omina Halimani ko‘rib, aytdikim: 
— Bizni kambag‘al, bolamni yetim demasanglar, emizishga berayin, — deb oq jun 
yo‘rgakka o‘ralgan Payg‘ambarimizni Halimaga ko‘rsatdi. 
Halimaning ko‘zi tushishi bilan mehri qo‘zg‘alib, so‘l emchaklarini og‘izlariga solgan edi, 
og‘izlarini yumib, emmay qo‘ydilar. Ikkinchi o‘ng emchaklarini solganda, darhol ema 
boshladilar. Mana shu kundin tortib, to sutdan chiqqunchalik, so‘l emchakni emakdosh 
bolaga qoldirib, o‘zlari o‘ng emchakni emishni odat qildilar. 
Halima xotun bu muborak o‘g‘ilni olishi bilan ularning uylari xayru barakaga to‘ldi. Nima 
ish qilsalar rivoj topib, tirikchiliklari tuzaldi. Suti ozligidan yolg‘iz o‘g‘il to‘ymasdan 
oriqlagan edi, qachonki Payg‘ambarimizni emgizdi ersa, suti buloqdek bo‘lib oqa 
boshladi. 
Makkaga kelishda hammadin ortda qolgan, mingan eshagi, Payg‘ambarimizni o‘ngarib 
qaytar chog‘ida hammaning oldiga tushib yurdi. Bu qutlik hayvonda bir turlik quvonchlik 
hol paydo bo‘lib, ortiqcha kuch-quvvatga ega bo‘ldi. Bu sirni ko‘rgan yo‘ldosh xotunlar 
hayron qoldilar. Va ham shu yillar yomg‘ir yetarlik yog‘may Arabistonda quruqchilik edi. 
Yerdan o‘t unmagan sabablik, hayvonlari oriq bo‘lib, alarning sutlari so‘g‘olg‘on 
(to‘xtagan) edi. Tirikchiliklari chorva sut-qatig‘iga suyangan ko‘chmanchi arablar 
turmush to‘g‘risidin anchagina og‘irchiliklar kechirmoqda edilar. 
Payg‘ambarimiz Halima xotun oilasiga qo‘shilgandin so‘ngra uning turmushi favqulodda 
tuzala boshladi, shundoqki, oriqlikdan ko‘taram holga erishgan qo‘y-echkilari xiyol 
o‘tmay semirishga turdilar. Hech yerda chiqqan o‘t, yegan cho‘plari ko‘rinmasdin, 
yelinlari to‘lib, sutlari oqib kelar edi. Halimaning butun oilasi ovqatga mo‘l bo‘lib, uy 
ichlari sut-qatiqqa to‘ldi. 
Bu sirning tagiga tushunmagan boshqa moldor qo‘shni arablar Halima qo‘ychisi qaysi 
yerda mol boqsa, sizlar ham shu joyda boqinglar, deb o‘z molchilariga bek topshirur 
edilar. Ulug‘ qudrat tomonidan bo‘lgan bu karomat sirlarini u bechoralar qaydin bilsinlar. 
Shundoq qilib, Halima xotun Payg‘ambarimizni to‘liq ikki yoshga yetguncha emguzdi. 
Shu yoshdayoq boshqa bolalardin unub-o‘sishda ko‘p farqlari bor edi. Emdi odat 
bo‘yuncha sutdin chiqar vaqti yovuqlashdi. Halima va uning butun oilasi 
Payg‘ambarimizdin biror nafas ham ajrashga tob-toqatlari yo‘q edi. Shundoq bo‘lsa ham 
rasmu odatga qarab bolani sutdan chiqargani so‘ngida Ominaga kelturdi. Bu muborak 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin