Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


-Mavzu: Kelajakdagi extiyojlarni tasavvur qila bilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

8-Mavzu: Kelajakdagi extiyojlarni tasavvur qila bilish. 
REJA: 
1. Ilmiy asoslangan rejaning ishlanmasi. 
2. Mutlaqo yangi xizmat ko’rsatishni bashorat qilish. 
1. Ilmiy asoslangan rejaning ishlanmasi. 
Korxonaning ilmiy asoslangan rejasining, me’yor va me’yornomalarining 
istiqbolga ishlanmalari menejmentdan butun bir korxona va uning bo’linmalari 
ishlarining asosiy ko’rsatkichlarini bashorat qilish nazariyalarini va amaliyotining 
bilimlarini talab qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida shunday rejalashtirish ilmiy 
bo’lishi mumkinmi, agar u puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy, 
demografik va boshqa oldindan aytishga asoslangan bo’lsa. Bashorat qilish joriy va 
o’rta muddatli rejalarni ilmiy asoslash uchun, karalayotgan davrda topshirilgan 
rejaning bajarilishini ta’minlaydigan texnik iqtisodiy, texnik-foydalanishli, ijtimoiy 
ko’rsatkichlarni belgilashda menejmentning zarur bosqichi va kuroli bo’lib xizmat 
qiladi. Ilmiy bashoratsiz nafakat o’zok muddatga, xatto bir oyga ham asoslangan reja 
ishlab chiqish mumkin emas. Bashorat qilishni rejalashtirish uchun tayorlov bosqichi 
deb hisoblash kerak, ya’ni bashorat rejaga kirmaydi, uning tarkibiy kismi ham emas, 
balki ilmiy asoslangan reja ishlanmasining vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Rejalashtirishda eng muhim-rejali yechim qabul qilishlarni asoslab berish, ya’ni 
rejalashtirishning usullari va andozalari-bu yechim qabul qilishlarning usullari va 
andozalari. Bashorat qilish doimiy staxaostik extimollik bo’lgani uchun kelajak bilan 
boglangan. SHuning uchun iqtisodiy bashorat extimollik xususiyatiga ega. Bashorat 
qilishning maqsadi iqtisodiyotning asosiy va umuman kelgusidagi taraqqiyot 
yo’nalishini aytib berish uchun hamda xozirgi holatini kelajak davr nuktai nazaridan 
baholashdan iboratdir; rejalashtirishning vazifasi-qachonlardir belgilangan ma’lum 
maqsadlarga erishish bo’yicha eng muhim omillarning ishlanmasidan iboratdir. 
Iqtisodiy bashorat-bu ma’lum taxmin (mo’ljal, gipoteza), kelajakda iqtisodiy 
jarayonlarning 
borishiga 
ma’lum 
extimollik 
bahosi. 
Bashorat 
qilishdan 
rejalashtirishga o’tish, o’z navbatida iqtisodiy maqsadlarni aniqlashda bashorat 


59
natijalarini baholashni, ko’rsatkichlarni optimal o’sish tezligini tanlab olish va zarur 
mablaglar topishni mo’ljallaydi. Bashorat qilish asosida istiqbolga rejalashtirish 
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvalo bashorat qilish natijalaridan kelib 
chiqib, bo’lajak davrning sunggi yiliga biznes-reja ishlab chiqiladi. Sungra o’rta yillik 
o’sish sur’atlari hisoblab chiqiladi va kolgan yillar uchun biznes-rejalar tuziladi. 
Bashorat qilish va kelajakka rejalashtirish o’zaro chambarchas boglangan va 
umumiy xususiyatiga ega, umumiy qonuniyatlar shaklida fakat o’rtacha namoyon 
buluvchi iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga oladi, biznes-reja esa-quyilgan 
masalalarga erishish uchun zarur bo’lgan omillarni belgilaydi. Agar bashorat qilish 
Oqibatida salbiy moyillik (yo’nalish, intilish) aniqlansa, u xolda biznes-rejada ularni 
betaraflashtirish uchun choralar belgilanadi. Bashorat qilishning asosiy vazifalariga 
quyidagilarni kiritish mumkin; 
-iqtisodiy taraqqiyotning shakillanib bo’lgan qonuniyatlari va moyillik 
(yo’nalish)larini aniqlash va tahil qilish; 
-iqtisodiy taraqqiyot yo’nalishlarining bo’lajakdagi ta’sirlarini baholash va 
ularning ijobiy va salbiy Oqibatlarini hisobga olish; 
-o’zining 
yechimini 
talab qilayotgan iqtisodiy 
vaziyatlarni, 
yangi 
muammolarni oldindan ko’ra bilish; 
-istiqbolda taraqqiyotning mumkin bo’lgan mukobillarini aniqlash; 
-iqtisodiyotning rivojlanishiga faol ta’sir etuvchi eng kulay rejali yechim 
qabul qilish ishlanmasida har tomonlama asoslangan yo’nalishlarni tanlash uchun 
ma’lumotlar tuplash. 
Ushbu vazifalar turli usullar va andozalar bilan EXMda yechiladi. Xozirgi 
vaqtda bashorat qilishning 230 dan ziyod usullari, yo’llari, andozalari ma’lum. 
Ulardan keng tarkalganlari: 
-o’tgan aylnmaga asoslanib bashorat qilish; 
-bashorat qilishning ekstropolyatsiya usuli; 
-eksponentsial tekislash usuli (milliy daromad, Mehnat unumdorligi va 
boshqalarni belgilashda qo’llasa bo’ladi); 


60
-Harid 
qilish 
xajmiga 
o’zgarishlar 
kiritadigan 
omillar, 
davrlar 
qonuniyatlarning tahili; 
-me’yoriy usul (bashorat qilinayotgan jarayonning ayrim ulchamlari 
qandaydir me’yor ko’rinishida beriladi); 
-korrelyatsiya tahili, ya’ni korxona resurslarini harid qilishga ta’sir qiladigan 
statistik omillarni aniqlash; 
-andozalash (mantikiy, axborotli, matematik va boshqalar); 
-pirovard foydalanish tahili; 
-ekspert baholash usuli («delьfiy», akliy xujum usuli morfologiya va 
boshqalar); 
-sinaladigan marketing. 
Ekstropolyatiya bashorat qilishning ilmiy usuli bo’lib, uni qo’llanish holis 
mavjud bo’lgan katta tizimning inertsiyasini hisobga olishga asoslangan, buni barcha 
kurilish tajribalarida isbotlangan. Iqtisodiyot tizimi uchun bu qonun kiska muddat 
ichida mumkin bo’lmagan cheklagich vositalar bilan tizimni tubdan xulkini 
o’zgartirish mumkin. Masalan, Toshkent yo’lovchilar tashiydigan avtokorxonalarning 
daromadini 2-3 marta oshirish mumkin emas (tarifni oshirish bundan istisno), chunki 
shahar aholisi va uning transportdan foydalanuvchi kismi bir yilda 2-3 marta 
ko’payib kolmaydi. 
Korxonada Mehnat unumdorligini bashorat qilishda eksponentsial 
tekislovchi (silliklovchi) usul qo’llanilishi mumkin, bunda ijtimoiy omillar muhim 
o’rin to’tadi (malakasini oshirish, hodimlar kunimsizligi, kasbni kushib olib borish, 
o’z Mehnatidan konikish, ijodiy faollik, Mehnat faolligining darajasi, jamoada 
muhitning darajasi, jamiyat ishlaridagi faolligining darajasi, jamiyat manfaatlariga 
karshi harakatlarining darajasi, ishga borish va ishdan kaytishda transport xizmati 
bilan ta’minlanishi, turar joy bilan ta’minlanishining darajasi, ma’naviy 
ragbatlantirilishi, boshqarish demokratlashganlik darajasi hodimlarni Mehnat va dam 
olish sharoitlarini yaxshilash, texnika xavfsizligining darajasi va Mehnatni muxofaza 
qilish darajasi, yosh ishchilarning sharoitga moslashishini tezlashtirish, hodimlarning 
kasb darajalarini o’stirishga bo’lgan sharoit, hodimlarning madaniy va ijtimoiy 


61
darajasi, madaniy-maishiy xizmat qilish darajasi, korxonaning o’zida xizmatchilarga 
tibbiy xizmat ko’rsatish darajasi, bolalar va soglomlashtirish oromgoxi bilan 
ta’minlanish darajasi, jamoa a’zolarining yoshi bo’yicha tarkibi va shunga 
o’xshashlar). 
Pert usuliga asoslanadigan extimollikni standart taksimlash usuli, ya’ni 
rejalashtirish va boshqarish usullari va turli andozalardan foydalanib baholash va 
kayta kurib chiqish usuli. Bashorat qilish usulining moxiyati quyidagidek. Tajriba 
yo’li bilan harid qilishning uch ko’rinishdagi bashorati aniqlanadi:
O-optimistik belgilash, M-extimoli yuqori bo’lgan belgilash va
R-harid qilishning belgilanishini pessimistik baholash. Harid qilishning 
belgilanishini ko’tilayotgan qiymati (ER) quyidagi standart formula bilan 
hisoblanadi: 
ER=(O+4M+R):6=(350+4 340 +300):6=335 ming t.km 
Standart bo’yicha ogishi (SO) aniqlanadi: 
SO=(J-P):6=(350-300):6=8,33 ming t.km. 
Bu degani statistikani umumiy nazariyasiga muvofik o’zgaruvchining eng 
yuqori extimollik qiymati-sotishni belgilash (95% extimollik bilan) 335 ming t.km 2
8,33=16,66 ming t.km oraliqda joylashgan bo’ladi, ya’ni 318,34 va 351,66 ming 
t.km oraligida (335-16,66=318,34 va 335+16,66=351,66). 
U yoki bu usulning samarali qo’llanilishi muayyan shart sharoitga va 
korxonaning xo’jalik faoliyatidagi xususiyatiga bog’lik hamda fakat marketing 
bo’yicha chora-tadbirlar tizimida aniqlangan bo’lishi mumkin. 
Ekspert baholash (delьfi) usuli tarmokda keng tarkalgan bo’lib, u xodisalar 
yoki jarayonlar ayrim tomonlarning miqdor va sifat xususiyatining alohida ko’rinishi 
bo’lib, u ekspertlar (olimlar va mutaxassis-amaliyotchilar) tomonidan aytilgan fikrlar 
asosida aniqlanadi. Ekspert baholash rejali yechimlar qabul qilishda muhim rolь 
o’ynaydi.U individual (shaxsiy) va jamoa baholardan farqlanadi. SHaxsiy 
baholardan shakllangan jamoa ekspert baholash odatda juda aniq va puxta bo’ladi. 
CHunki unda sub’ektiv xatolar, asoslanmagan fikrlar bo’lishi extimolini kamaytiradi. 
SHaxsiy bahoni avvaldan savollar berilgan surov varakasi (anketa) tuldirilgan xolda 


62
ekspertdan (bevosita yoki sirtdan) olinadi. Ekspertning fikricha, turli ikkinchi darajali 
omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHuning uchun shaxsiy baho, kayta ishlash 
ekspertlar guruhini shakillantirish, savol va javoblar EXMda maxsus usullar bilan 
aniqlanadi. 
Endi iqtisodiy xodisalarni bashorat qilish ishlanmalirining bosqichlari xaqida 
bir necha fikrlar: 
-o’rganilayotgan jarayonning tahili va unga ko’prok ta’sir kiluvchi muhim 
omillarni aniqlash; 
-o’rganilayotgan jarayon bilan tanlab olingan omillar o’rtasidagi sababli-
Oqibatli boglanishlarni aniqlash; 
-o’rganilayotgan jarayonning statistik andozasini tuzish; 
-jarayonning o’zgarishini tahil qilish va u (o’zgarish)ning asosiy intilishini 
topish; 
-jarayonga ta’sir etadigan muhim omillar o’zgarishining tahili, ularning 
o’zgarishining moyilliklari va ta’sir davrlarini aniqlash; 
-jarayonni bashorat qilish bilan uning omillarini aniqlovchi tizim o’rtasidagi 
boglanishlarning o’zgarish tarkibini aniqlash, bashorat qilinayotgan davrdagi 
boglanish tarkibini aniqlash; 
-bashorat qilinayotgan jarayonning o’zgaruvchanlik andozasini tuzish 
(kurish); 
-ko’p omillik bashorat qilishning ishlanmasi; 
-bashorat qilishdagi xatolarni hisoblash va ishonchlik oraliqlarini kurish. 
Bashorat qilish eng avvalo ilmiy asoslangan, o’z vaqtida bo’ladigan va 
ishonchli, kelajakka rejalarning ishlanmasi uchun yetarli xajmda axborot saqlashi 
kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin