www.ziyouz.com kutubxonasi
17
tushgach: «U nima?» deb so‘raydilar. Ma’lumot topgandan so‘ngra: «Buni biz oq
podshohning muzeyiga yuboramiz», deb olib chiqib ketgan ekanlar. Shunday qilib,
boshqa narsalarimizdan ajralganimizday, bundan ham ajrab qolganmiz. Yo‘q esa,
toshning bosh oyog‘igacha bo‘sh o‘rin qoldirmay, anchagina tarixiy so‘zlar yozilmish edi.
Har holda, boshi Issiqko‘l, oyog‘i Merki, yetti-sakkiz kunlik yo‘l bo‘ylab tutashgan
harobalar, uzun yillardan beri bulardan chiqayotgan eskilik tarixiy asarlar, o‘z davrida bu
yerlar madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining obodon shaharlari bo‘lganligini isbotlaydi. 1960
yillargacha sovet hukumatining eskilik izlovchi qazuvchilari ko‘p narsalar topgan,
jumladan, Oqpeshin harobasidan bir xum to‘la kitob, yana Burona atrofida bir quduq
ichidan islomdan ilgari eng eski turkiy xati bilan yozilgan bir kitob va ham bir necha
tarixiy asarlar topganlarini shu yerlik ko‘rgan kishilar bizga so‘zladilar. 1965 yili
To‘qmoqqa borganimda o‘tganlarni eskarib ruhiga duo qilish uchun Bolosog‘un
harobasiga chiqdim. Yerlik kishilarning aytishlaricha, shu yili kolxozchilar yer haydab
yurganlarida bir xum oltin topmish ekanlar, o‘zaro kelisholmasdan, barini hukumat olib
o‘zlari quruq qolibdilar. Yana, To‘qmoq bozorining qarshisida, Chuy suvining u tomoni
Sho‘rtepada, Gurxon qoraxitoydan qolgan bir sapil (tuproq qo‘rgon, qal’a) bordir.
Ikkinchisi, bundan kun botish tarafiga qirq chaqirimcha tubanroq, cho‘ngligi (kattaligi)
unga necha barobar kelgudek yana bir sapil bo‘lib, o‘z vaqtida shahar qo‘rg‘oni ekanligi
ochiq ko‘rinib turadi. Manimcha, bosqinchi Gurxondan qolgan yerlik asarlardan Ediqut
o‘lkasida shu ikki sapil harobalaridan boshqa biror narsa qolganligi ma’lum emas. Biroq
o‘zlari bilmasalar ham, shu kunga davr xalq og‘zida ikki og‘iz xitoy so‘zi birisi domla,
ikkinchisi shiypong saqlanib qolmishdir. Avvalgisi cho‘ng mulla, keyingisi ziyofat uyi
demakdir.
Shu kunlarda bu o‘lkaning janubiy tomonida qirg‘iz, shimoliy tomonida qozoq turklari
yashaydilar. «Tarix al-Komil»da qirg‘iz turklari arabcha tag‘arg‘ar atalmishdir. Bu
kitobning aytishicha, islomdan taxminan bir ikki yuz yilgina keyin shimoldagi mo‘g‘ul va
buryat kabi kuchlik turk urug‘larining chopullariga (hujumlariga)
chidayolmay qirg‘izlar
janub tomonga chekinib, Ediqut o‘lkasi Bolosog‘un tog‘lariga tarqalmish edilar. So‘nggi
kunlarda ularning urug‘lari o‘sib, sonlari ko‘paygach, ko‘chmanchilik odati qo‘zg‘alib,
shimoldan quvg‘in yeb kelganlari esidan chiqib, o‘troq va zamonasiga ko‘ra madaniy
hisoblangan o‘g‘uz turklari ustiga ko‘z ochirmay chopul qilgali turdilar. Kuchlik qurolga
ega bo‘lmagan shahar xalqi urush maydonlarida har vaqt dala ko‘chmanchilaridan
yengilishlari odat hukmini olmishdur. Buning sabablari har kimga tushunarlik
bo‘lganlikdan, yozib o‘tirishni loyiq ko‘rmadim. Shuning uchun Bolosog‘un xalqi o‘zlarini
qirg‘izlardan mudofaa qilolmay yangidan otog‘i el ichida tarqalayotgan Olmalig‘dagi
qoraxitoy Gurxonga tobun (fuqarosi, tobe) bo‘lishib, uni chaqirishga majbur bo‘ldilar.
Xitoy xalqidan adolat uzulmaydi degan xalq og‘zidagi yolg‘on dovruqqa aldanishgan
Bolosog‘un xalqi bo‘ridan qochib, qassobga yo‘liqqan qo‘y kabi bo‘lmish edilar. Chunki
qirg‘izlar qanday bo‘lsa ham o‘z qarindoshlari edi, bular bilan yarash choralarini
izlashning o‘rniga, boshqa bir yot millatni chaqirishlari o‘z Vatanlariga xiyonat qilmoq
demakdir. Bunday yanglish siyosatlar natijasida o‘z hokimiyatlaridan ajrab, qullik
zanjiriga giriftor bo‘lgan xalqlar tarihda ko‘plab uchraydi.
Mo‘g‘ulcha Moqul bolig‘ atalgan Bolosog‘un shahri to‘g‘rilik bu kungacha men ko‘rgan
tarixlarning hech birida biror og‘iz so‘z bo‘lsa ham uchratolmadim. Turk beshigi atalgan
bu o‘lka uyg‘ur o‘g‘uz elini o‘z quchog‘ida saklab butun dunyoga tanitgan edi. Shunday
qutlug‘ ona Vatanimizni, jaholat orqali o‘z bolalari yotlarga bostirib, uning shonlik
sharafini eslaridan butunlay chiqargan edilar. Yuzlarcha emas, minglarcha yil o‘tgan
so‘nggida bo‘lsa ham, men uning eng kenja o‘g‘loni bo‘lganligimdan, o‘z ulusi tomonidan
butunlay unutilgan onamizni eskardim. Uzundan beri ko‘nglimda yig‘ilib yotgan bu