www.ziyouz.com kutubxonasi
26
yil o‘z ishim bilan shu yerda kuymanib yurdim. Lekin bu o‘lkada qora savodlik yoki
savodsiz masjid imomlari bo‘lsa ham, dinga asosi bilan tushungan olimlardan birortasi
ham yo‘q edi. Buning ustiga bolshevik hukumati dinsizlik asosiga qurilganlikdan
xudosizlar jamiyati tomonidan har joyda dinga qarshi tashviqot tarqalib, dindorlarga
hujum boshladilar.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytishlaricha, bunday vaqtda olimning
sukut qilib qarab turishi o‘z diniga xiyonat qilishi demakdir. Bundan saqlanish uchun
marhum otamizning «Imom bo‘la ko‘rma», degan vasiyatlariga qaramay, xalq talabini
qabul qilib, To‘qmoq shahri katta masjidiga imom bo‘ldim. Shu birinchi jum’adayoq
minbar ustidan oz deganda bir ming kishiga qarata aqliy naqliy dalillar keltirib,
dinsizlikka qarshi o‘tkir bir va’z so‘zladim. Masjid xalqi bundan ta’sirlangach, dillari erib,
ko‘zlari yoshlandi. Har joyda «oh voh» tovushlari ko‘tarilib, yig‘i sig‘i boshlangani turdi.
Albatta, bunday ulug‘ diniy jamiyat majlislarida u vaqtning rahmsiz jallodlari uch harflik
GPU kuydurgi josuslaridan so‘z tinglovchi bir necha kishilar borlig‘i ma’lum edi. Shunday
bo‘lsa ham biror tomondan bu ishga ochiq ravishda to‘sqinlik ko‘rilmagach, diniy ruh
qizg‘inligi bilan o‘z ishimda davom etib turdim.
Shu orada 1922 yillar Otboshi Norin qozoq ruslari (kazaklar) tomonidan Bonduruf
(aniqrog‘i Bondaryov)
2
qo‘l ostida qattiq bir qo‘zg‘olon ko‘tarilmish edi. Darhol bularga
qarshi otlansa otasini ayamaydigan qora turkmanlardan bir bo‘luk (polk) qurollik askar
keltirildi. Yordam olg‘udek tayanchilari bo‘lmagan qo‘zg‘olonchilar bularga qarshi
turisholmay, Koshg‘ar tomonga chekinishib qochdilar. Bularning kasofatiga To‘qmoq,
Pishpekdagi boy savdogar va xalq ichida ko‘zga ko‘rinarlik sakson necha kishini bir
kechada bosib, tekshirish surishtirish yo‘q, shu kechaning o‘zidayoq qo‘llarini sim bilan
orqalariga bog‘lagan holda shahar tashqarisidagi Qorayog‘chilik bog‘iga olib borib otdilar.
Bu gunohsiz mazlumlarni o‘ldirish uchun qazilgan chuqur chetiga keltirilgach, otib chopib
tashlay berganliqdan ko‘plari chalajon edi. Shu yerlik ko‘rgan kishilar aytishlaricha,
bularning ustilariga jonlari chiqmay turib tortilgan tuproq usti uch kungacha to‘xtovsiz
lo‘millab (lo‘mbillab, ko‘tarilib-tushib) yotmishdir. Bu kabi yuraklar titrab, jonlar
achinarlik, so‘zlashga til seskanib, yozishga qalam jirkanarlik bu madaniy yirtqichlarning
qilgan vahshiyliklarini yozib qoldirishga majburmiz. Chunki tarixda ko‘rilgan ishlarning
yaxshi yomoni demay, ko‘rgan bilgan narsalarning barini qoldirmay qalamga olish
tarixchi ustiga yuklangan muqaddas vazifa hisoblanadi. Bu esa dinsiz dahriylar
hokimiyatining boshlang‘ich davrlariga xirmondan bir hovuch, dengizdan bir cho‘mich
kabi ko‘rsatgichdir. Bundan maqsad quruq so‘z dostoni so‘qib (so‘zlab, aytib, yozib),
hikoya-voqea to‘plami yozish emas, balki asl maqsad kelgusi Vatan bolalarimiz bundan
ibrat olib, endi kelajakda qanday yashamoq kerak ekanligini bilishlaridur.