Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
o‘rtalarda kechalab qolar ekanmiz, o‘zimiz va ot ulovimiz uchun qattiq qiyinchiliklar 
tug‘ilishini o‘ylab, safarda orqaga yurish yaxshi bo‘lmasa ham, boshqa iloji topilmagach, 
nochor keri (orqaga)
qaytishga majbur bo‘ldik. Bosgan izimizga qaytib, qorbo‘ron ichida 
olti soat chamasi yurganimiz so‘nggida ko‘z qorayib, gugum tushgandan keyin horib-
charchab, zo‘rg‘a ertalabki ko‘chgan qalin qarag‘ay ostiga kirib omon qoldik. 
Bu kabi ko‘rilmagan ulug‘ dovon yo‘llarini oshib o‘tishga yetuk yo‘lboshchi lozim ekan. 
Shunday odamni topib keltirish uchun shu yerlik elga aloqalik bir kishini ularga kechalab 
yubordik. Ertasi kuni havo ochiq bo‘lib, ko‘zgudek ko‘ringan bulutga tiralgan buyuk qor 
tog‘larini yaltiratgan holda quyosh ko‘tarilmish edi. Shu chog‘da qolovuz ham yetib 
kelgani uchun barimiz suyunganimizcha unga ergashib yo‘lga tushdik. Kechagi adashgan 
joylarimizdan olib o‘tib, ot tizzasiga kelgan qor ichida ko‘ram toshlar oralagan holda 
sinchiklab yurib, yo‘l topgan yo‘lboshchimiz qirg‘iz cholga ofarinlar aytib, uni bek 
olqishlar edik. Shunday qilib, Jilaqarag‘ay dovonidagi qor tog‘larini omonlik bilan oshib, u 
tomoni Chelak, Tolg‘or yaylovlariga tushib, ikki kun eruv qildik. 
Shu yerga kelganimizda otaqli qolovuzlardan qirg‘iz Qo‘ychi botir qochoqlarga yordam 
yetkazish uchun G’uljadan chiqib, oldimizda ikki kunlik Qudurg‘u degan yerga kelgan 
xabarini angladik. Bu kishi esa besh-o‘n qurollik yigitlari bilan yo‘l topolmay yurgan 
qochqunlarni G’ulja tomoniga o‘tkazib, shu kasb orqalik foydalanib yurgan qora 
botirlardan ekan. «Qorako‘l shahar soqchilari xabar topmay turib, chegaradan o‘tishimiz 
kerak, kechikkanning xatari ko‘p, tezlik bilan yetkazib kelinglar», deb qurollik ikki yigitni 
bizga yubormish edi. Yo‘lda qo‘shilgan qirg‘iz yo‘ldoshlarimizning orqada kelayotganlarini 
kutishga to‘g‘ri kelganlikdan shu yerda ikki kun turishga majbur bo‘ldik. Shunga ko‘ra 
Qo‘ychi botirdan biz borgunimizcha kutib turishni o‘tinib so‘rab, tortuq yo‘sinida unga bir 
semiz biya yubordik. Qudurg‘u tog‘i betida to‘p qarag‘ay tagida bizni kutib olishga qattiq 
va’da berishib, biya yetaklagan holda bu ikki yigit bizga xo‘sh aytib qaytdi. Shu bilan ikki 
tun o‘tkazib ular ortidan biz ham yo‘lga tushdik. 
Rahmsiz, kuchlik dushmanlar changaliga tushishdan qo‘rqib, ulug‘ tog‘larga sig‘ingan 
yig‘indi bir to‘da mazlum ojizlar qatorida o‘zimning ketayotganimni ko‘rib, bu xunuk 
manzaradan qattiq ta’sirlanmish edim. Bir davrlarda butun dunyoni nayzasi uchida 
o‘ynatgan turk o‘g‘lonlari, bugunki kunda burgutdan qochgan tulkiga o‘xshab qoldilar. 
Qochar joyini, kirar teshigini topolmaydilar. Burun nega unday ekanmiz? Endi nega 
bunday bo‘ldik? Mana buning sabablarini tekshirib, aniqlab bilganimizdan keyin, uning 
chorasiga kirishmog‘imiz kerak. Bizning ishonchimiz 6u dunyo, u dunyo bo‘lib, oxirat 
kuniga iymon keltiramiz. 
Endi shuni bilmoq lozimdirkim, bu dunyo ishlarini Alloh taolo butunlay sababga 
boglamishdir. U dunyo ishlari bo‘lsa, Qur’onning aytishicha, sababsiz, xudo qudrati 
bilangina paydo bo‘lur. Hayot olamidagi dunyo ishlari zarradan Quyoshgacha, barcha 
narsalarning bo‘lishi va bo‘lmasligi bari sababga bogliqir. Tavakkal qilish, ya’ni, Allohga 
topshirishni ersa, inson toqatidan tashqari, qo‘lidan kelmaydigan ishlardagina shariat 
buyuradi. Shundoqki, dehqon yerni tanlab haydaydi, butun sharoitlarini bajargan 
so‘nggida tuproqqa urug ko‘madi. Ammo tuproq ichidan uni undirib chiqarish uning ishi 
emas. Bu to‘grida tavakkal qilib turishdan boshqa chorasi yo‘qdir. Bizning bu so‘zimiz 
hammaga tushunarlik bo‘lganlikdan, dunyo ishlarini musulmonlar, albatta, shunga 
taqqos qilishlari lozimdir. Payg‘ambarimiz aytdilar: «Musulmonlar dunyoda yaxshilik 
ko‘rsalar Allohga hamd aytsin. Agar yomonlik ko‘rar ekanlar, o‘zlaridan ko‘rsin, 
qilmishlari ularga qaytarilmishdir». 
Oyat, hadis, xudo, payg‘ambar so‘zi mazmunicha to‘xtalgan hukm shulki, islomiyat 
sharoitlarini 6utun bajarish sharti bilan dunyo ishlarida moddiy, ma’naviy tomondan 
zamonaviy asboblarini to‘liqlab qo‘lga keltirish musulmonlar uchun farzdir. Agar bu ishni 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin