www.ziyouz.com kutubxonasi
105
qamchimni so‘ramish ekan. Qarasam, boshqa chora bilan mendan ajramaydi, so‘z
tushuntiray desam til bilmaydi. Kel, ikkovimiz ot chopishaylik degan bo‘lib, ot boshini
qo‘yib orqamga qarasam, changgimga ham yetolmay qolibdur. Shu bilan kechga yaqin
bir chodirga kelib tushdim. Ilgarigi tanishgan yerimga tushmakni o‘zimga ma’qul
ko‘rmadim, chunki ul odamlar meni sezgan bo‘lishlari kerak. Bir kecha qo‘ndirib ertasi
uzatib qutulgancha ko‘zlari to‘rt bo‘lmish edi.
Endi u kunlari kommunist bolsheviklarning qilayotgan vahshiyona zulmlariga ko‘ra,
bunga yuz barobar insoniy sharaflarini qurbon qilib, o‘zlarini halokatdan saqlashga
majbur edilar. Chunki, bunday kunlari pesar yo‘lini tutmoq, ya’ni o‘zgani o‘ziday bilmoq,
balki, bir musulmonni o‘zidan ham ortiq ko‘rmoq bu kabi ulug‘ sharafga haqiqiy islom
yo‘lini tutgan chin mo‘min musulmonlardan boshqa kim ega bo‘lg‘usidur!
Shu bilan bir kecha bu yerda yotib, ertasi Kuchar tomonga ketadigan yo‘ldosh izlab, u
yerdan chikdim. Chiqar vaqtimda borar joyimni yirokdan ko‘ringan oq chodirlarni
mo‘ljallab ko‘rsatishgan bo‘lsalar ham, qandaydirki, oq chodirlarni yo‘lda qoldirib, undan
10 chaqirimcha yuqorida ko‘rinib turgan qalmoqlarning oq o‘tovlariga qarab ketibman.
Orada 3-4 chaqirim kelgudek bilqillama sozlik yer bor ekan, bundan ming turlik
mashaqqatlar bilan arang u tomonga o‘tib o‘tovlarga yaqinlashib edim, oldi eshakdek
keladigan 10 chog‘li itlar kelib otimni o‘rtaga oldi. Bular ichidan bir katta oq da’vat otilib
chiqib, tizzamga og‘iz solg‘udek bo‘lganda chaqqonlik qilib, qamchi bilan tumshug‘iga
tortib qolib edim, vangillaganicha qochib ikkinchi menga yo‘lay olmadi. Biroq, es olgan
so‘nggida yana kelib otimning orqa oyog‘iga tish solib edi, temir tuyog‘i bilan shundoq
teptiki, ikki uch yumalab ketdi. Ungachalik uy egalari qalmoqlar yugurishib chiqib, itlarini
haydagandan so‘ngra, meni Kuchardan mol bilan kelayotgan katta savdogar deb
o‘ylagan bo‘lsa kerak, o‘z odatlaricha kishilik ko‘rsatib, otdan tushuvimni so‘radilar.
Men ham sir bermasdan: «Orqada molim kelayotib-di. Yusufg‘ujg‘ur qo‘shiga
tushmoqchi edim», degan bo‘lib, darrov otdan tushdim. Qarasam, hay-xo‘y degancha
yigirma chog‘lik katta-kichik qalmoq bolalari meni o‘rab olmish edilar. Men ham darhol
xurjun og‘zidan bir kilo qand olib, atrofimda yig‘ilib turganlarga ulashib berdim.
Bu joyda To‘rg‘ovut mo‘g‘ullari ichida savdogarlar tinch omon erkinlikda yashar
ekanlar, chunki ularning tirikchiliklari yolg‘izgina chorva mol orqali bo‘lganlikdan, hayot
uchun kerakli hamma narsaga muhtoj edilar. Mana shuning uchun boylik havasiga
tushgan G’ulja, Oltishahar savdogarlari bu yo‘lda har qancha og‘irchilik tortsalar ham,
foydaga qiziqib, bular bilan aloqalarini uzmas ekanlar. Buning ustiga Xitoy xonlari
tomonidan ilgaridan beri tanilib kelingan To‘rg‘ovut mo‘g‘ullarining o‘zlaridan chiqqan
xonlari ham bordir. Ular tomonidan qo‘yilgan Uqur-toy, Ilgadoy unvonli no‘yunlari bo‘lib,
Chingizxon yasaqnomasi hukmi bo‘yicha qora qalmoqlar o‘z no‘yunlariga qattiq
bo‘yinsunganlar. Bular ersa kelib ketib turgan savdogarlarni ko‘pchilik xalq va ham
o‘zlari uchun foydali hisoblab, ularga qarshi tartib buzuvchilarni qattiq jazoga tortganlar.
Shunga ko‘ra, savdogarlar o‘zlari buzilib, zolimlik qilib, xiyonatga kirishmasalar, boshqa
tarafdan ularga hech qanday qarshilik ko‘rsatilmagan. Aksincha, u yerdagi mo‘g‘ullar
qo‘rqqanidan emas, o‘z ko‘ngillari bilan savdogarlarni siylab, hurmatlashgan.
Shuning uchun meni ham savdogar gumon qilib, 6oradigan joyimgacha bir qalmoq
yo‘l boshlab boradigan bo‘ldi. Yo‘q esa, orada 3-4 soatliksozlik botqoqlik yo‘llardan yurib
o‘tishga to‘g‘ri kelganlikdan, yo‘l bilmagan kishining o‘zi yurishi qiyin edi. Shuning uchun
men buni g‘animat bilib, biroz qand, choy bilan og‘zini shirin qilib edim, ikki uch soatcha
botqoqqa botib yurib, hufton vaqtida degan joyimga keltirib qo‘ydi. Agar u boshchilik
qilmaganda, bu yo‘lda salomat qolishim xatarlik ekan. Meni bu yerga yetkazib,
yo‘lboshchim qalmoq qaytgan so‘nggida qarasam, bir chodirdan yiltiragan chiroq ko‘rinib
turibdi. Ustiga borib: «Kishi bormi?», — deyishim bilan yugirib chiqqan bir uyg‘ur yigiti