Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

36

haqorat ekanini tushunar, biroq uning shimini dazmollash lozimligini aqliga 



sig‘dirolmasdi. 

Shu paytgacha xohlagan tarafiga osongina egiladigan eri bugun negadir uning xoxishiga 

mos suhbatlashadiganga o‘xshamasdi. Vajohati shuni ko‘rsatib turardi. Zotan, ota-o‘g‘il 

bir bo‘lib o‘ziga zulm qilish rejasini pishitib olganlarini, bulut kelishidan yomg‘irni 

sezganday erining holatidan sezgan va yana o‘zi haq bo‘lib chiqishi uchun gapni shunday 

boshlashni lozim topgandi. Haqiqatan, Maxmudbek: 

— Qani,Xonim, avval aytingchi, shu uyga kelganingizdan buyon bu bolaning shimi necha 

marta dazmollandi? Bola maktabga — odamlar orasiga boradi, parishon qiyofada 

chiqmasin deb chiroyli kiyintirib jo‘natgan kuningizni eslaysizmi? Unga ona bo‘lib aziyat 

chektirmasdan, yomon so‘zlamasdan, kaltaklamasdan yoki kaltaklatmasdan, yaxshi 

muomala qilgan, ko‘nglini olgan, bolam deb bag‘ringizga bosgan kuningiz bo‘ldimi? 

Masalan, hatto bayram kuni o‘z bolangizday quchib, o‘pganingizni kim ko‘rdi? Albatta, 

birovlarga boradi. Bundan g‘azablanish o‘rniga biroz o‘ylab ko‘rsangiz qanday bo‘lardi? 

— deyishi ahvol u o‘ylagandek bo‘lib chiqqayaini anglatardi. 

Mahmudbekning nogoh sizlab, vazmin gapirishidan Sodiyaxonim dovdirab qoldi. Aslida 

bir gapini ikki qilmagan eridagi bu holatga biror ma’no berolmadi. Kunduz Yilmazni 

ushlab qolmagan xotin ham nimalar demadi.Demak bu ishda bir sir bor. Ammo 

Sodiyaxonim osonlikcha bu sirning tagiga yetolmasdi. 

Kunduz Yilmazning tutilishini istamagan kampir Sodiyaxonimga aytadiganini aytib

qolganini to‘kib solish uchun Mahmudbekning do‘koniga to‘g‘ri bordi va u yerda nafasini 

rostladi. Mahmudbek mahallada keksa ayollar orasida xurmatli bo‘lgan Faridaxonimni 

yaxshi qutib oldi, nima xizmatlari borligini so‘radi. Faridaxonimning rangi o‘zgarib kettani 

dilida to‘kib soladigan gapi borligini bildirib turardi. O’rindiqqa o‘tirgach, bir-ikki lahzatin 

olishni kifoya bilib so‘z boshladi: 

— O’g‘lim Maxmudbek eshigingiz oldidan o‘ta turib.., — deya hodisani anglatgach, 

xulosa qilib maqsadini aytdi. — Biroz avval mendan biror xizmat, iltimosim, amrim bor-

yo‘qligini so‘rading. O’rtada bajarishga majbur bo‘lganing — Alloh amri bor. Zero, ado 

etilishi lozim bo‘lgan eng sharafli amr Alloh amridir. Alloh bolaga, yetimga yaxshi 

qaramoqni amr etgan. Ana shu amrni ado etmasdan, mening xohishimni o‘rinlatishdan 

senga nima foyda bor? Ikkinchi uylanganingdan buyon Yilmaz yomon so‘z eshitishdan, 

ezilishdan, tayoq yeyishdan boshqa narsa ko‘rgann yo‘q. sizningcha, shu Alloh amrini 

ado etishmi? Senda otalik mehfi bo‘lsaydi hamma Yilmazga achingan bir paytda va bu 

gap menday kampirning qulog‘igacha yetib kelmasdan burun o‘g‘lingga achingan 

bo‘larding va uni butunlay Sodiyaxonimning ixtiyoriga tashlab ko‘ymasding. Yo rahmatli 

xotiningdan qolgan omonatni shunday xor-zor qilib saqlash uchun uylangandingmi? 

Xotiningni bu qadar mamnun etishga urinishing yaxshi, biroq Allohning xuzurida qanday 

javob berishingni ham ozgina o‘ylab ko‘rmadingmi? 

Eshikdan kirgan xaridorni ko‘rgan Faridaxonim gapirishdanto‘xtad Maxmudbek eshitgan 

achchiq so‘elar ta’sirida terlarga botdi, yer yorilsa, kirib ketsam, deydigan holga tushdi. 

Xaridorning kirishi unga quyosh tig‘ida terga botgan odamga salqin xavoning tegishidek 

ta’sir qildi. Turib,xaridor bilan muomala qildi. Ikki daqiqadan so‘ng, xaridor ketgach, 

yana mehmoni ro‘parasiga vijdon hisobini bermoq uchun qaytdi. Faridaxonim bu ikki 

daqiqa ichida biroz tinchlandi, yana qancha achchiq so‘zlar aytib yuborishi mumkin 

ekanligani o‘ylardi. Ammo ortiqcha so‘zga ehtiyoj yo‘q edi. Tushunganga shunisi ham 

ziyoda, yaxshi otga — bir qamchi. Xonim so‘zini anchayin qattiqroq ohangda davom 

ettirdi: 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin