www.ziyouz.com kutubxonasi
49
— Unday bo‘lsa, to‘g‘risini ayt. Meni aldaganing bilan Allohni aldayolmaysan. Shuni bilib,
to‘gri gapir. Sendan nega tamaki hidi kelyapti? Nechun gul yuzli bolamdan bu irganch
hidni sezyapman? Javob ber menga, shu zaqkumni chekdingmi?
— Yo‘q... yo‘q, chekmadim ona.
— Unda nega ust-boshing bunchalik sasiydi?
— Kecha do‘stlarim chekishdi. Shuning hidi singgandir.
— Nega chekmanglar demading?
— Menga nima, ona. Menga kuloq solisharmidi?!
— Unda to‘g‘ri so‘zingga quloq solmaydiganlar bilan nega do‘st bo‘lasan? Tozaroq,
tug‘riroqlar bilan do‘stlasholmaysanmi? Senga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan, sen to‘g‘risini
aytganingda qabul qiladigan do‘stlaring nega yo‘q? Haqli so‘zingta e’tiroz etsalar, nechun
tark etmaysan ularni?
Bu so‘zlar Husayinning bardoshini nuratdi, hissiyotini ranjitdi.
— Tark etib bo‘ladimi, ona?! Tark etsam xafa bo‘lmaydilarmi? Do‘stlarni xafa qlish
to‘g‘rimi?
— Yaxshi, onani xafa qilish to‘g‘rnligani qaysi kitobda o‘qiding? Ona seni ezgulikka da’vat
etarkan do‘stlarimni ranjitmay deb onani xafa qilsang, Alloh rozi bo‘larmikan? Senga
sigaret chektirib yoki sening yoningda chekishdan boshqa hunari yo‘q, senga insonlikni
unutdiradigan, onaga bosh ko‘tartiradigan oshnani lo‘lilarning orasidan ham topa olasan.
Ammo sen uchun kecha-kunduz duolar qilgan, sendan ziyoda tushunishga, o‘ylashga
harakat qiladigan onani, taxminimcha, topishing mushkul.
Fotamaxon Husayinga ko‘zlarini yaxshiroq tikib, so‘zlari ta’siriga tortmoqni istaganday
bo‘lib, davom etdi:
— Seni haq yo‘lga yo‘llaydigan do‘st top, men uning ko‘llarini o‘paman. Oyoqlarining
changini silayman. Faqat chekadigan, ertaga boshingga balo boshlab keladiganlarni
og‘aynim, jo‘ram deb menga gapirma, o‘g‘lim.
Bu mavzu shu yerda yopildi.Husayin onasiga javob bermadi. Maktabga ketdi.
Dostları ilə paylaş: |