Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

Mahalla ayollari ham shunday. Kichik yoshdan quloqlari tarbiya uchun burilmagan, Faqat 



betakalluf bir turmushning beparvo tarzi quloqlariga quyilib,qalblariga qadar o‘rnashgan. 

Shu sababdan ular hislariga, orzulariga to‘qri kelgan narsalarni o‘zlari bilganicha, o‘zlari 

xohlaganicha qoyillatib bajarishardi. Faqat aql va mantiq zaruratiga, axloq va fazilat 

amriga kelganda loqayd qolishlari ko‘zga tashlanadi. O’tirib birovni g‘iybat qilishda, 

chog‘ishtirishda, chaqimchilikda, bahslashishda, urushishda barcha mahoratlarini ishga 

solib, o‘rtaga chiqaradiganlar ko‘p. Ammo o‘zlarini bundan saqlaydigan ayollar ozdir. 

Ayollarning hammasi shunday deyish insofdan bo‘lmasa kerak. Ular orasida ham orzu-

umidlari, maqsad va tuyg‘ulari, faoliyatlarini Alloh rizosi uchun qiladigan, irodasini hislari 

qarshisiga qudratli bir qo‘mondon kabi oladiganlar bor. Go‘yo tasodifan yovvoyi o‘tlar 

iskanjasida qolgan noyob bog‘ guli kabi. Ba’zan bu gul atrofini qichitqi o‘tlar qoplaydi, 

chirmoviqlar o‘raydi, tikanlar kurshaydi va gulni yoniga yaqinlashib bo‘lmas holatga 

keltiradi. Lekin, baribir, uning xush bo‘yi atrofga yoyilishidan, go‘zal rangi yiroqlarga 

joziba taratishidan ko‘z quvnaydi, dimog‘ chog‘ bo‘ladi, jon xuzur qiladi. 

Fotimaning turmushga chiqishini eshitib, tabriklagani kelganlar orasidagi (.....) Xonimni 

ham Fotimalar malhallasining guli deyish mumkin. Bu xonim Fotimaning jasoratli 

qarorini qutlagani va unga bu qarorda sobit qolmoqni tashviq qilgani kelgandi. Ikki 

kunlik huzur-halovat uchun fazilat va xaqiqat yo‘lini tark etmasdan, yolg‘iz qolib 

mashaqqatlarga duch kelsa ham sabr etishni maslaxat va nasihat qilgani kelgan bu ayol 

xush qarshilanishga arzigulik, yaxshi kutib olinishga munosibdir. 

Qalbi xaqqa bog‘langan, yomonliqdan yuz o‘girgan insonlarda boshqlarga o‘xshamagan, 

porloq bir vijdon bor. (...) Xonim fazilatsizlikni, fayzsizyashamoqqatashviqni, haqsizlikni, 

huquqsizlikni ko‘rganda qo‘l siltab, ko‘z yumib ketmaydigan, iloji boricha chora topishga, 

tadbir qilishga kirishadigan, hech bo‘lmaganda ich-ichdan iztirob chekadigan vijdon 

soxibasi edi. Ko‘pchilik xato manzil tomon kim o‘zarga shoshgan bir davrda ularni haq 

yo‘lga yurishga undashni amr etgan bir vijdon sohibasi edi u. Fotymaning eshigida bir 

xonim turardi. Ko‘rinishida sokinlikdan boshqa narsani ifoda etmagan, samimiyatdan 

boshqa narsa o‘qilmagan chexrasidan qalbiga boqsangiz vulqonlar otashli, ummonlar 

kabi bezovta bir olamning aks etganini ko‘rishingiz mumkin. 

Eshik ochildi. Qirqqa yakranlashgan, o‘rtadan baland, uzunga yaqin bo‘yli, boshini sharf 

bilan yaxshilab o‘ragan bir ayol ko‘rindi. Hech qachon kelmagan, bir uzoq ko‘shni tashrif 

buyurdi. Fotima har kuni bir necha mehmonlar kelishiga odatlanganligi va ularning kelish 

sababini bilgani uchun uyiga ilk bor mexmon bo‘lib kelgan uzoq qo‘shnining tashrifidan 

xayron bo‘lmadi, uni begonalardek qarshilamadi. 

Mehmon xonimda xar kun keladiganlarda uchramagan bir xususiyat ko‘zga tashlanib 

turardi. Harakatlarida, turishidayoq ro‘parasidagi odamni hurmat bilan muomala qilishga 

majbur etadigan viqor va jiddiyat sezilardi. Bir qahva ichguncha qancha «zahmat 

chekkani»ni takrorlaydigan yoki ming turda g‘iybat qiladiganlardan emasligi bilinib 

turardi. Ayol jimgina qaxva ichdi, tashakkur aytdi, Alloh ziyoda etsin, deya duo qildi. 

So‘ng Fotimaning turmushga chiqish haqidagi qaroridan juda mamnunligini aytib

tabrikladi. Bu haqda suxbatlashish mumkin bo‘lgan bironta mehmon kelishiga umid 

qilmagan Fotima shoshib qolganday bo‘ldi. Mexmon xonim davom etdi: 

«Faqat, qizim, insonlik sharafi xayrli qaror qabul qilishdagana emas, balki turli aziyatlar 

qarshiida qabul qilingan qarorda sabr bilan davom eta bilmoqdadir. Bu go‘daklarga 

beradigan har bir luqma taoming, aytadigan har so‘zing Alloh xuzurida zoe ketmasligini, 

qiymatli bo‘lishini unutma. Ularga qiladigan xar yaxshiliging, Payg‘ambaringga qilingan 

yaxshilik ekanini yodingda tut. Bilursanki, u zotham tug‘ilmaslaridanoq otalaridan, olti 

yoshlarida onadan yetim qoldilar. Yetimlarning ko‘z yoshlarini sening mehr-shafqating 

to‘xtatsa, sendan baxtli odam yo‘qdir. Ha, bu yo‘lda ancha zaxmat va aziyat chekasan. 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin