www.ziyouz.com kutubxonasi
5
yonidan ham shuncha tez ketadimi?
Ismoil Fotima opasining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana qaytib o‘tirdi. Sal fursat o‘tgach:
— Endi ketay, opa, — deb qo‘zg‘aldi.
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.
Ismoil chiqdi. So‘ng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada
ko‘rinmadi.
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, oltietti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib,
shoshapisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat
qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir
emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidek aftni hech yerdan, hatto otasidan ham
topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo
bo‘lganidan bu yerga keldi. Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram
ayyomida to‘yib-to‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini
yengillatmoq uchun kelgandi Ismoil...
Bayram o‘n besh kecha-kunduz bo‘ldi. O’gay onaning Ismoil to‘g‘risida bergan ma’lumoti
otani o‘ylantirib ko‘ydi. Uning aytishicha, Ismoil teztez qayoqlargadir ketar, yarim soat,
bir soatgacha hech kim uni ko‘rmasmish. O’zidan so‘ralsa:
— O’ynadim, — deb ko‘ya qolar, boshqa javob olinmasdi.
Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha o‘z o‘g‘liga o‘gay ota qatorida bo‘lmoqdan
boshqa narsa ko‘lidan kelmagan otani o‘y bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin?
Boshqa mahallalarga o‘ynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga
tushdi. Ezildi. Ismoil o‘zi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?!
Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida o‘g‘li uchun hech narsa qilmadi. Ota
buni ilk bora bugun xis etdi va o‘z qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini
anglaganday bo‘ldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir o‘gay ota
Ismoilga sendan ko‘ra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq bo‘lardi. Turdi. Tashqariga
chikdi. Ko‘zyoshlarini sidirmoqdan boshqa bir chora topolmayotgandi.
Ikkn kun o‘tdi. Havo ancha ilib qoldi. Do‘konlarning eshiklari ochildi. Ko‘kraklarni
to‘ldirib-to‘ldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir do‘stinikida
mehmondorchilikda o‘tirib, choyning oxirgi yutumini ho‘plarkan ko‘zlari birdan katta-
katta ochilib ketdi. U ko‘chada yugurib ketayotgan Ismoilni ko‘rib qoldi. Mezbon bilan
xayr xo‘shlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga
qaray demasdi. Besh daqiqalardan so‘ng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola,
undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga
uchradi. Mozorchi bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov bo‘lib qolganini,
shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan so‘ng qaytishini aytdi.
Mozor boshlarida hech kim ko‘zga tashlanmasdi. Ota ajablangan ko‘yi Ismoilni axtara
boshladi. O’g‘li hadeb ko‘zga tashlanavermagach, Fotiha o‘qib ketishuchun marhuma
xotinining qabri tomon yo‘naldi. O’n odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi
tarafidagi g‘alati butaga ko‘zi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni ko‘tarish uchun egilishi
bilan hayratdan dong qotdi. Ko‘zlari kosasidan chiqkuday bo‘lib, bir hamlada buta
shoxini chetga tortdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi ko‘rindi. Chuqurligi bir qarichcha
keladigan, yotganda Ismoilning bo‘yiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda ozi
mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga bo‘z parchasi yopilgan. Ustidan buta olinishini
sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irg‘ib turdi. Qarshisida otasini so‘rdi. Sakrab
turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi bo‘z tarchasini cho‘ntagiga solmoq bo‘ldi. Har ikkisi
kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qo‘rquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib
qoldilar.
Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan o‘tib ketishiga ishonib,
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |