www.ziyouz.com kutubxonasi
67
o‘xshash tartib-intizom ichida kechdi. Sinfdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan toza qiyofada
o‘qishlarini davom etgirdilar.
Bu uyda ikki qizdan biriga olingan kiyimdan boshqasiniki aslo ortiq yoki kam
bo‘lmasligiga qattiq e’tibor qilinardi, hech qachon «Samiha kichikroq-ku, unga mana
buni olaqolaylik», — deganga o‘xshash ayirmachiliklarga yo‘l qo‘yilmasdi. Hatto
Fotimaxonim qizlariga ko‘ylak tikishni bir kunda boshlab, bir kunda tugatardi. Hech
qachon oldin birini bitirib, so‘ng ikkinchisini boshlamasdi.
Bu uyda kiyimlari bir xil bo‘lgan opa-singil bor. Opa-singilning ahil yashashlari uchun har
qanday sharoit mavjud, aksiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsa esa yo‘q.
Agar Fotimaxonimdek onalari bo‘lmaganda ular shu qadar osonlik bilan ahil yashay
olarmidilar? Fotimaxonimdan boshqasi uydagi o‘gaylik masalasini shu xilda bildirmasdan
hal etishi mumkinmidi?
Fotimaxonimni hamma qatori oddiy bir banda, uning ishlari ham bir inson qiladigan ish,
deb qaralsa, boshqa har qanday ayol ham aqlini ishlatib, irodasiga hokim bo‘lib, Alloh
roziligi yo‘lida uningdek bo‘la olishiga shubha bormi? Inson vijdonsiz bo‘la olganideq
agar xohlasa vijdonli ham bo‘lishi mumkin. Yomon ish qilganidek, yaxshi ish bajarishi
ham mumkin. Irodasiga qul bo‘lganidek, hokim ham bo‘la oladi. Qisqasi, bir o‘gay
onaning yetimlarga yomonlik qilganchalik yaxshilik qilishga ham kuchi yetadi. Yaxshi
o‘gay ona bo‘lish uchun na osmondan tushishning, na zamzamda yuvinishning hojati
bor. Ammo biron ael akdidan ko‘ra hislariga tobe bo‘lsa, vijdon azobiga tushiradigan
gunoh qilishini hisobga olmaydi.
O’z farzandini kechirgan ona, yetim bolasini avf etishga qodir emasmi? Farzandini
bag‘riga bosgan ayol onaligini isbot etsa, yetimni bag‘riga bosgan ona iksonligini isbot
etgan bo‘lur. Onalik yuksak tushuncha. Xuddi uning kabi yaratilish paytidayoq fe’liga
singdirnlgan marhamat hisobiga u bilan onalik martabasida teng mavqeda turuvchi
sanoqsiz maxluqotu mavjudotlar bor, Yetimni bag‘riga bosish esa ulardan farqimizni —
insonlikni isbotlash demakdir. Bu martabada insonga tenglashadigan boshqa mavjudot
yo‘q. Hatto farishtalar undan pastda, ta’zim etgan holdadirlar. Yaratilganlarning eng
sharaflisi insondir. Insondan boshqa barcha maxluqlar ham o‘z bolasini bag‘riga
bosishda insonga tenglashishi mumkin. Lekin o‘z bolasidan boshqasini shafqat va
marhamat bilan kucha olish faqat nnsonga xosdir. Har qanday ayol ona bo‘lishi mumkin,
ammo ularning hammasi ham yaxshi o‘gay ona bo‘lolmaydi. Chunki baland tog‘ning eng
yuksak cho‘qqisiga chiqish hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Ona o‘g‘il-
qizidan hurmat ko‘rishi tabiiy, u bunga haqlidir. Yaxshi o‘gay onani hurmat qilish esa uni
bilgan har bir kishining vazifasidir. Onalik shafqati insondagi ochlik, chanqashga
o‘xshash tabiiy hol. Bolasiga shafqatsiz hayvon ham deyarli yo‘q. O’gay onalik esa
irodani ishlatish natijasidir. Axloq 6u irodani yaxshi va yomon tomonga qo‘llash uchun
xizmat qiladi. Ayol faqat ona bo‘lganligi uchun jannatga kirishiga aql bovar qilmaydi.
Qanday ona bo‘lganiga qarab va, ayniqsa, yetimni o‘z bolasiday ko‘rgani uchun jannatda
payg‘ambarlar bilan bir qo‘lning yonma-yon ikki barmog‘ichalik yaqinlikda qo‘shni
bo‘lishi haqida esa mujdalar bor. Fotimaxonim Samihaga nisbatan qanday ona bo‘lsa,
Husayin va Odilaga nisbatan ham shunday ona ekanini va inson ekanini isbot qilaolgan.
O’n to‘qqiz yoshidagi qarorida qat’iy turdi, yillar davomida qiyinchiliklarga qarshi jasorat
ko‘rsatdi. Uning uchun bu bolalarga yaxshi muomala qilish oson, aksincha, yomon
muomalada bo‘lish qiyin. Uning fikricha, oqibatda yaxshilik keltiruvchi qiyinchilik zahmat
sanalmaydi. Bu dunyoda xayrli ishlar uchun chekilgan barcha zahmatlar so‘nggi nafas
bilan barham topadi. Yetimlarga soya bo‘lganlar u Kun soyada bo‘ladilar. Yetimlar soya
bo‘ladilar. Onalarining najotlariga sabab bo‘ladilar. Fotimaxonim izlagan narsa mana
shudir.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |