268
3
O‘z mahsulotini ishlab chiqarish va
sotish, shu jumladan, milliy shirinliklar
va non-bulka mahsulotlarini tayyorlash
va sotish, shuningdek uy sharoitlarida
yoki mahalliy davlat hokimiyati
organlarining
qarori bilan maxsus
ajratilgan joylarda o‘tirish joylari tashkil
qilmasdan donalab sotiladigan
ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va
sotish
2,0
1,5
1,0
0,5
4 Boshqa faoliyat turlari
2,0
1,5
1,0
0,5
Avtomobil transportida yuk tashish
xizmatlari:
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega
yuk avtomobillari uchun
1,5
8 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega
yuk avtomobillari uchun
2,0
12 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga
ega yuk avtomobillari uchun
3,0
5
12 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga
ega yuk avtomobillari uchun
3,5
*) Uy xo‘jaligi, shu jumladan, dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan tirik
hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlar,
baliqlar va boshqalar) hamda ularni so‘yib, xom yoki qayta ishlangan
ko‘rinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari,
chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini
tabiiy va qayta
ishlangan ko‘rinishda, manzarali bog‘dorchilik (gulchilik)
mahsulotlaridan tashqari, sotish bundan mustasno.
Soliq solishdan ozod qilish soliq to‘lovchi tomonidan mahalliy
davlat hokimiyatining tegishli organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati
boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq to‘lovchi
tomonidan unga yoxud uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida
yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat taqdim
etilishi sharti bilan, agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda
tutilmagan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda
belgilangan eng kam ish haqidan (172 240 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi
va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib
chiqilmaydi.
Jismoniy shaxs:
269
a) bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullansa, har bir faoliyat turi
uchun alohida-alohida soliq to‘laydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda
amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga
beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirsa, soliqni ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda va faoliyatni
haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng
yuqori stavka bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda to‘laydi;
g) I yoki II guruh nogironi bo‘lsa,
faoliyat turi va uni amalga
oshirish joyidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan soliqni har oyda eng kam
ish haqining 50%i stavkasida to‘laydi.
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat turlari amalga oshirilganligi
holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tegishli
faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yillik
hajmda hisoblab chiqarilgan qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la
undiradilar, bundan jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan
faoliyat ko‘rsatayotganligi dalili aniqlangan sanadan boshlab o‘ttiz kun
mobaynida uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tgan holatlari mustasno. Bunday jismoniy shaxsga hisoblab
yozilgan yillik qat’iy belgilangan soliq summasini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilangan tartibda ushbu davr uchun qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha
kelgusidagi soliq majburiyatlari hisobiga o‘n ikki oy mobaynida to‘lash
huquqi taqdim etiladi.
Qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq bo‘yicha
hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan
oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq to‘lovchi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha
to‘lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan
soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan
stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka
bo‘yicha to‘lanadi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor,
shu jumladan
oilaviy tadbirkorlik subyekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi
270
tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan
boshlab to‘laydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin
o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy
muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat
tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda,
qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga
oshirilgan butun davr uchun
to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: