Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

qatlanish korxonalari 
uchun yagona soliq 
to‘lovining joriy etilishi 


107
2007-yil 1-yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga 
o‘tkazildi. 
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat 
o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan 
yuridik shaxslar kiradi.
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: 

o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya 
qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma 
do‘konlari orqali realizatsiya qilish;

vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq 
shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat 
daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;

tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan 
tovarlarni realizatsiya qilish. 
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, 
shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya 
qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat 
tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 349-moddasiga 
muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to‘lov manbayida 
soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari 
hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi: 

to‘lov manbayida undiriladigan foyda solig‘i;

O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan 
bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan 
qiymat solig‘i;

aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz 
solig‘i;

yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 

qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 

bojxona to‘lovlari;

yagona ijtimoiy to‘lov;

davlat bojlari;

tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. 


108
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona 
soliq to‘lovi respublikamiz davlat byudjetining daromad manbayi 
hisoblanib, uning salmog‘ini yillar bo‘yicha tahlil etganda quyidagicha 
holatni kuzatish mumkin, ya’ni 2004-yilda byudjet daromadlaridagi 
uning salmog‘i 2,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilda 1.8 foizni 
tashkil etgan holda 1,1 foizli punktga kamaygan. 2006–2012-yillarda esa 
uning ulushini oshganini ko‘rish mumkin, jumladan, uning salmog‘i 
ushbu yillarda mos ravishda 1,8; 2,0; 2,2; 3,4 foizni tashkil etgan. 2017-
yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti 
daromadlarining 3,6 foizini tashkil etmoqda (3.2.2-diagramma). 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin