Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
boshlaganlarida Umar bilan Zaydga: «Masjidning eshigi oldida o‘tiringlar, kimki
Qur’ondan ikki kishi guvox;ligida biron narsa olib kelsa, uni yozib olinglar»,—deb
buyurdilar. Hazrati Umar kimning qo‘lida Qur’ondan biron bir narsa bo‘lsa, olib kelishlikni
e’lon qildilar. Odamlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan, har xil narsalarga yozilgan Qur’on
oyatlari va suralarini olib kela boshladshlar. Agar ikki guvohi bo‘lmasa, ulardan hech
narsa qabul qilinmas edi.
Imom Buxoriy: “Ya’ni, o‘sha yozuv Rasulullohning o‘zlaridan eshitib yozilganligiga
ikki kish guvohlik berishliklari kerak edi», deydilar.
Zayd bin Sobit zimmalaridagi masuliyatni to‘la his qilganliklaridan bu vazifaga izchil
yondashdilar.
Az Zuhayriy rahimahulloh aytadilar: «Bundan maqsad faqat, yod etishning
o‘zigagina e’tibor kilmasdan, balki, yodlangan va yozilgan ikki manba’ga e’timod qilish
edi. Vaholanki Qur’onni yod olganlar ko‘p edi. Zayd bin Sobitning o‘zlari ham Qur’onni
to‘la yod olgan
edilar».
Abu Shommaning aytishlaricha, maqsad shunchaki yod olinganini emas, balki,
aynan Rosulullohning huzurlarida yozilgan bo‘lishligini isbotlashdan iborat edi.
AsSaxoviy aytadilar: «Maqsad, yoziladigan narsa Qur’onning nozil bo‘lish tartibiga
mos ekanligini o‘sha ikki guvoh tomonidan isbot qilish edi».
AsSuyutiy esa: «Maqsad shu narsa Payg‘ambarning vafot yillarida qilgan xatmlariga
muvofiq ekanligini isbotlashdadur»,— deydilar.
Mana shu tariqa, murattab qorilarning qiroatlariga va Rasululloh huzurlarida vahy
nozil bo‘lish paytida yozilganligi isbotlangan narsalarga asosan Qur’onni sahifalarda jam’
qilish nihoyasiga yetdi. Bu ulug‘ ish Abu Bakr Siddiq zamonlarida, ul zotning va Umar bin
Xattob raziyallohu anhumoning rahbarliklarida amalga oshdi. Abu Bakrning bu xizmatlari
o‘z davrlarida qilingan ishlarning eng ulug‘laridan biri bo‘ldi.
Abdulxayr aytadilar: Hazrati Alining: Qur’oni Karim xizmati borasida eng ulug‘
savobga ega bo‘lgan kishi Abu Bakrdir, unga Allohning rahmati yog‘ilsin, — deganlarini
eshitdim».
Abu Bakr Siddiq Qur’onni jam’ qilgan birinchi kishidir. Bu ish hazrati
Rasululloh(s.a.v.) ning vafotlaridan olti oy keyin, Yamoma jangida hofizi Kalomulloh
sahobalarning shahid bo‘lganlaridan so‘ng, hijratning 12-sanasida boshlanib, taqriban bir
yil davom etdi. Bu ishga boshqosh bo‘lish Qur’oni Karimni to‘la yod olgan va uni to‘liq
bilganlarning eng mashhuri, vahiylarni yozib olishda doimo hozir, hamda Rasulullohning
oxirgi xatmlarining guvohi bo‘lgan Zayd bin Sobitga topshirildi. Bu vazifani u zot a’lo
darajada, 23 yoshlarida bajardilar. Usmon mushafi yozilgan paytda esa, u kishi 35
yoshda edilar.