MUSHAFI USMONIYNING MOVAROUNNAHR O‘LKASIGA OLIB
KELINISHINING BAYONI
Albatta, muhtaram kitobxonni bu Usmon Mushafi Movarounnahr diyoriga qachon,
qaerdan va qanday qilib kelib qolganini bilish qiziqtirsa kerak.
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Shuni bilingki, aziz o‘quvchi, arab jazirasida dini Islom zohir bo‘lganidan keyin,
yarim asr ham o‘tmasdan arab fotihlari ushbu dini mubinni Movarounnahr diyoriga olib
keldilar.
Sahobalar, tobiinlar va Islom g‘oziylari bilan birga kelgan ulamolar sa’yi ko‘shishlari
natijasida, ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘paydi va bu yerda islomiy hokimiyat
vujudga keldi. Ana shu davrda Movarounnahrda madrasalar, masjidlar paydo bo‘ldi va
diniy ilmlar, islomiy san’at markazlari vujudga keldi. Bu diyor olamga Buxoriy, Termiziy,
Farobiy, Ibn Sino, Abu Lays Samarqandiy va Beruniy kabi allomalarni taqdim etdi. Dini
Islom bu o‘lkada ajib bir suratda rivojlandi. Buxoro, Samarqand va boshqa katta
shaharlar Islom huquqshunoslari, muhaddis, mufassir va boshqa fan olimlari, ayniqsa
fiqh ilmi bilimdonlarining to‘planadigan joyiga aylandi. Buning oqibatida arablar fathidan
keyin, 6u yerlarda Abbosiylar xalifaligi va Islom podshohlari bilan do‘stona aloqalar
paydo bo‘ldi. Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan Movarounnahr, Islom diyorlari ichida eng
buyuk va ilm urfon taraqqiy qilgan shavkatli o‘lkalardan hisoblanar edi. Tarix sahifalari
bu o‘lkada sodir bo‘lgan ko‘p voqea-hodisalarga guvohdir. Asrlar davomida ko‘pgina
ulamolar, ko‘zga ko‘ringan shaxslar, ayniqsa, arab mamlakatlaridagi ichki nizolar
oqibatida hijrat qilgan zotlar ushbu o‘lkani vatan tutganlar. Siyosiy mushkilotlarga
duchor bo‘lganlar, vatandan quvilganlar ham shu yerda boshpana topganlar.
Hozir qo‘limizda yozma hujjatlar bo‘lmaganligi sababli, Usmon Mushafini diyorimizga
kim, qachon va qanday qilib olib kelganligini asoslovchi yozma dalil bo‘lmasa-da,
tarixchilarning Mushaflar to‘g‘risida bergan ma’lumotlariga suyanib, Mushafi
Usmoniyning Movarounnahrda qanday paydo bo‘lganini izohlashimiz mumkin. Quyida
mana shu ma’lumotlardan bir qanchasini sizning e’tiborlaringzga havola qilamiz:
1) Ibn Qutayba o‘zining tarix kitobida: “Hazrati Usmon uning tepasida shaxid
bo‘lgan Bosh Mushaf o‘g‘illari Xolidga, so‘ngra uning avlodlariga meros bo‘lib qolgan edi.
Shom ahlining mashoyixlari so‘ziga qaraganda shu Mushaf hozir Tus zaminida ekan”,—
deydilar.
2) Amin Xonjiy “Manjamul-Imron» kitobida (Ibn Batuta Basrada yodgorliklarni va
Bosh Usmon Mushafini ko‘rganini zikr qilgandan keyin) shunday yozadi: “Ushbu Mushaf
Basradan olib ketilib, Samarqandga so‘ngra Rusiyaga olib ketilgan. Hozir u Peterburgda
imperator kutubxonasida”.(134-135-betlar.)
3) Tarixchilar tatar xonalaridan bo‘lgan, Ulug‘ Saroy va Dashti qipchoq xoni Baraka
xon bilan Misr sultoni Zohir Ruknuddin Beybars Bunduqdoriy Solihiy o‘rtasida paydo
bo‘lgan do‘stlik, birodarlik va ular orasidagi yozishmalar, sovg‘alar, elchilar almashishi
to‘grisida zikr qilib, shunday deydilar: Sulton Zohir Baraka xonga (Vafoti 665 hijriy sana,
Chingizxon nabirasi, Jo‘jining o‘g‘li)
hadyalar tayyorlash to‘g‘risida farmon berdi. Bu
haqda bir maktub ham yozdi. Men o‘sha maktubni o‘qidim. Unda yozilishicha hadya bir
mushaf bo‘lib, Usmon bin Affon (r.a.) xatidadur, deyiladi. Nuvayriyning aytishlaricha,
hadya Usmon Mushaflaridan biri bo‘lib, zar iplar bilan tikilgan, qizil atlas g‘ilofli, ustidan
duxobali muqova qilingan, uning yonida kumush tangachalar yopishtirilgan, obnus
daraxti va fil suyagidan ishlangan lavh-kursiydan iborat edi.
Shayx Muhammad Murod bin Abdulloh Ramziy-Bulg‘oriy-Makkiy (1940 milodiy
yillarda sharqiy Turkistonda vafot qilgan) “Talfiqul-axbor fi tarixi Qozon val-Bulg‘or”
(Qozon va Bulg‘or tarixi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar) kitobida shunday yozadi:
“Usmon bin Affon (r.a.)ning Mushafi deb, mashhur bo‘lgan va Samarqanddan
Peterburgga olib ketilib, imperator kutubxonasiga qo‘yilgan Mushaf mana shu maktubda
zikr qilingan Mushaf ekanligi haqiqatdan uzoq emas. Amir Temur To‘xtamishxon bilan
urishib Saroyni olganda, o‘sha yerdan Mushafni Samarqandga olib ketgan bo‘lsa kerak.
Mana shu faraz haqiqatga yaqin. Ba’zi birovlarning bu farazni dalilsiz inkor qilishlariga
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Dostları ilə paylaş: |