Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
184
osoyishtalik ato etsin. — U bir zum sukut saqlab, so‘ng davom etdi: — Demak, sizning fikringizcha, 
endi qo‘shinni olib ketsa bo‘ladi? 
— Menimcha, Shiddatli legion qohortasi ketsa bo‘ladi, — deb javob qiddi memon, so‘ng ilova 
qildi: — Lekin xayrlashuv oldidan shahar ko‘chalaridan tantanavor marsh qilib o‘tsa yomon bo‘lmasdi. 
— Juda yaxshi fikr, — deb ma’qulladi prokurator, — ertadan keyin men u qohortaga javob 
beraman, o‘zim ham jo‘nab ketaman, sizga o‘n ikki xudo jamoasi haqqi, ajdodlarimiz ruhi haqqi, ont 
ichib aytamanki, shu ishimni shu bugun bajarish uchun yarim davlatimni baxshida qilishga ham rozi 
edim. 
— Prokurator Yershalaimni xush ko‘rmaydilarmi? — muloyim ohangda so‘radi mehmon. 
— Nimasini aytasiz, — dedi prokurator jilmaygancha, — dunyoda bundan nobobroq joy yo‘q. 
Iqlimi haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Har gal bu yerga kelganimda tobim qochadi. Lekin buyam 
baharnav. Bu yerning hayit-bayramlarini aytmaysizmi — kohinlar, s yehrgarlar, afsungarlar, gala-gala 
ziyoratchilar... Mutaassiblar, mutaassiblar! Bitta masiho g‘alvasi qancha gashvishga qo‘ydi — tavba, 
nega endi kelib-kelib uni shu bu yil zohir bo‘ladi deb kuta boshlashdi-ya? Eng ko‘ngilsiz 
xunrezliklarning shohidi bo‘laman deb har daqiqa yurak hovuchlab turasan. Qo‘shinlarni muttasil 
joydan-joyga ko‘chirish, yarmidan ko‘pi o‘z ustingdan yozilgan chaquvlar, g‘iybatlarni o‘qish! 
Hammasi yurakni ziq qiladigan ishlar, shunday emasmi? O, agar imperator xizmatida 
bo‘lmaganimdami!.. 
— To‘g‘ri, bu yerdagi bayramning daxmazasi ham oor, — deb e’tirof etdi mehmon. 
— O, koshkiydi shu baytalmon bayram tezroq tugay qolsa, — ilova qildi Pilat ancha jonlanib. — 
Unda men nihoyat Qaysariyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lardim. Ishonasizmi, Irodning manavi 
bema’ni inshooti, — prokurator qo‘lipi ustunlar yoqalab olisga cho‘zgan edi, uning qasr haqida 
gapirayotgan cha’lum bo‘ldi, — meni tamomila jinni qilib ko‘ymoqda. Men u yerda tunay olmayman. 
Dunyoda bunaqa betayin inshoot bo‘lgan emas. Hay, asosiy gapga qaytaylik. Avval ayting-chi, anavi 
la’nati Varravvan sizni xavotirga solmayaptimi? 
Shu chog‘ mehmon o‘zining o‘sha maxsus nigohini prokuratorning yonog‘iga qaratdi. Lekin u 
aftini burishtirib, uzoqqa — o‘z poyi ostidagi shahrining shimolda xiyla xiralashgan qismiga 
erinchoqlik bilan tikilardi. Mehmonning nigohi yana so‘nib, qovoqlari osiddi. 
— Endi Var musichadek beozor bo‘lib qolgan, deb bemalol aytish mumkin, — dedi mehmon 
kulcha yuzida ajinlar paydo bo‘lib. — Endi u isyon ko‘tarishga iymanadi. 
— Shunchalik mashhurmi u? — deb so‘radi Pilat miyig‘ida kulib. 
— Prokurator, har safargidek, masalaning nozik jihatini yaxshi fahmladilar! 
— Lekin harna bo‘lganda ham, — dedi prokurator tashvishli ohangda va qora ko‘zli uzuk taqilgan 
ingichka, uzun barmog‘ini yuqori ko‘tarib, — yo‘lini qilish kerak... 
— O, prokurator xotirjam bo‘lsinlar, kamina Iudeyada ekanman, Varravan bizning nazoratimizsiz 
bir qadam ham jila olmaydi. 
— Endi ko‘nglim tinchidi, sirasini aytganda, siz shu yerda bo‘lganingizda hamisha tinchman. 
— Siz behad saxovatlisiz, prokurator! 
— Endi qatl haqida so‘zlab bering, — dedi prokurator. 
— Sizni aynan nima qiziqtiradi? 
— Olomon norozilik bildirishga urinmadimi? Eng muhim shu, albatta. 
— Mutlaqo, — deb javob qildi mehmon. 
— Juda yaxshi. Mahbuslarning o‘lganligini o‘zingiz aniqladingizmi? 
— Bunga imoningiz komil bo‘lsin, prokurator. 
— Ayting-chi... ularni ustunlarga osish oldidan ichimlik berildimi? 
— Ha. Lekin u, — shunday deb mehmon ko‘zini yumdi, — ichishdan bosh tortdi. 
— Kim u? — deb so‘radi Pilat. 
— Afv eting, igemon! — dedi mehmon, — ismini aytmadimmi? Ha-Notsri. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin