Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
192
Oldingdagi odam ko‘z ochib-yumguncha Iudaning qo‘lidagi hamyonni yulqib oldi. Ayni shu 
lahzada Iudaning orqasida pichoq xuddi chaqmoqdek chaqnab, oshiq yigitning kuragi ostiga botdi. 
Iuda bu zarbdan oldinga otildi va changak bo‘lib qolgan qo‘llarini yuqori ko‘tardi. Oldinda turgan 
odam ham Iudani o‘z pichog‘i bilan ilib oldi va uni sopigacha Iudaning yuragiga ootirdi. Iuda: 
— Ni... za... — deya oddi faqat malomatli zaif ovoz bilan. U boshqa churq ham etmadi. Uning 
jasadi yerga shunday qattiq tushdiki, yer gumburlab ketdi. 
Shunda yo‘l o‘rtasida uchinchi kimsa paydo bo‘ldi. Bunisi — egniga qaytarma qalpoqli plash 
kiygan edi. 
— Bo‘la qolinglar, — deb buyurdi shu uchinchi shaxs. Qotillar u uzatgan xatni chaqqonlik bilan 
hamyonga qo‘shib charmga o‘radilar-da, kanop bilan bog‘ladilar. Ikkinchi erkak tugunchani qo‘yniga 
soldi, shundan keyin ikkala qotil yo‘ldan o‘zlarini chetga oldilaru zaytunlar orasiga, zulmat komiga 
kirib g‘oyib bo‘ldilar. Uchinchi kimsa esa jasad tepasiga cho‘qqayib, uning yuziga tikildi. O‘likning 
yuzi soyada naq bo‘rdek oppoq, benihoya go‘zal va basavlat bo‘lib ko‘rindi. Yana bir necha lahzadan 
keyin yo‘l ustida bironta ham tirik jon qolmadi. Faqat jonsiz jasad qulochini yozib yotardi. Murdaning 
chap tomoniga oy nuri tushib turganligidan shippagining har bir tasmasi yaqqol ko‘rinib turardi. 
Bu mahal bulbullar butun Hefsimaniya bog‘ini boshlariga ko‘tarib xonish qilardilar. Iudani 
pichoqlab o‘ldirgan ikki kishining qayoqqa yo‘l tutgani hech kimga ma’lum emas, lekin qaytarma 
qalpoqli odamning borgan yeri bizga ma’lum. U qotillik yuz bergan joyni tark etib, zaytunzor ichiga 
kirib ketdi. U darvozadan uzoqroq yerda, bog‘ning janubiy burchagida panjara devordan oshib o‘tdi. 
Saldan so‘ng u Kedron sohiliga chiqdi. U suvga tushib, to ikkita ot va otlar yonida turgan jilovdorning 
qorasini ko‘rmaguncha soy ichidan suv kechib boraverdi. Otlar ham suv ichida turardi. Suv ularning 
tuyoqlarini yuvib shovullab oqardi. Jilovdor bitta otga, qaytarma qalpoqli odam ikkinchi otga minishdi, 
so‘ng ikkovlari ohista suv kechib boraverdilar. Ot tuyoqlari ostida toshlar taqillardi. Keyin otliqlar 
suvdan Yershalaim sohiliga chiqishdi va shahar devori yoqalab otlarni yo‘rttirib ketaverdilar. Shu 
yerda jilovdor hamrohidan ajralib, oldinga ot choptirib ketdi va zum o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, 
qaytarma qalpoqli odam huvillagan yo‘lda otni to‘xtatib, undan tushdi-da, plashini yechib, astarini 
ag‘darib kiydi, plashi ostidan pat qadalmagan silliq dubulg‘a olib, boshiga kiyib oldi. Endi u otga 
harbiy libos kiygan, beliga kalta shamshir taqqan odam qiyofasida mindi. U jilovni silkitgan edi, 
o‘ynoqi ot ustida suvori bilan yo‘rtib ketdi. Endi manzil yaqin qolgan edi. Suvori Yershalaimning 
janubiy darvozasi oldiga borib qolgan edi. 
Darvoza ravog‘i ostida mash’alalar alangasi bezovta bo‘lib yelpinardi. Shiddatkor legionning 
ikkinchi kenturiyasidan bo‘lgan soqchi askarlar tosh kursilarda o‘tirishib to‘piq o‘ynashardi. Ular 
darvozadan kirib kelayotgan otliq harbiyni ko‘rishib, «dik» etib turib ketishdi, lekin harbiy otliq ularga 
qo‘l siltadiyu shahar ichkarisi tomon yo‘l oldi. 
Shahar bayram chiroqlariga g‘arq bo‘lgan edi. Hamma derazalar shamlar bilan charog‘on edi, 
hammayoqdan betartib shodiyona hamdu sapolar, gangir-gungur ovozlar eshitilardi. Suvori ahyon-
ahyon ko‘chaga ochilgan de-razalarga qarab, uloq go‘shti, may to‘ldirilgan qadahlar va ko‘katlar 
qo‘yilgan bayram dasturxoni tegrasida o‘tirgan odamlarni ko‘rardi. U nafis bir qo‘shiq kuyini hushtak 
qilib chalgancha Kuyi Shaharning huvillab qolgan ko‘chalaridan otini asta yo‘rttirib Antoniy minorasi 
tomon ketib borarkan, jome topasida porlab turgan dunyoda qiyosi yo‘q besh shamli qandilga yoxud 
undan ham balandroqda muallaq turgan oyga qarab-qarab qo‘yardi. 
Buyuk Irod qasri pasxa oqshomi tantanasiga mutlaqo ishtirok etmayotgan edi. Saroyning Rim 
qohortasi ofitserlari va legion sarkardasi joylashgan, janub tomonga qaragan qo‘shimcha xonalarida 
chiroqlar yongan, u yerda qandaydir faoliyat, hayot sezilayotgan bo‘lsa ham, bu yerda majburan 
istiqomat qilib turgan yagona odam — prokurator joylashgan qasrning mahobatli ustunlar, oltin 
haykallar bilan bezangan old qismi porloq oy shu’lasidan butkul ko‘r bo‘lib qolganday edi. Bu yerda 
— qasr ichida zulmat va sukunat hukm surardi. Shu bois prokurator ham, boya Afraniyga aytganidek
ichkariga kirishni istamagan edi. U to‘shakni balkonga solishni buyurdi. U Afraniy bilan birga shu 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin