Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar 
to‘kilib tugalgan, yer yuzi o‘zining qishqi sariq kiyimini kiygan edi. To‘rt tomoni-ning 
o‘ralg‘anlig‘i soyasida yaproqlarini to‘kilishdan saqlab qolg‘an bu gilos yog‘ochlari ham bu 
kun tungi qora sovuqqa chidalmay, yelning ozg‘ina harakati bilan-da barglarini shirt-
shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq bo‘lib, quyosh tuzukkina ko‘tarilgan, ammo 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
uning o‘zi ham bu kun uncha ta’siri yo‘q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da keskan 
edi. 
O‘rta eshikdan Kumushbibi ko‘rindi. Burung‘i to‘la-lig‘i ketib ozg‘inlang‘an va lekin bu 
ozg‘inliq uning husniga kamchilik bermay, bil’aks yuqorilatqanlar. Kamon qoshlari ortiq 
mavj urib o‘zini ko‘rsatkan, bir oz bota tushkan shahlo ko‘zlar tag‘in ham tim qoraliq, 
tag‘in ham nurlilik kasb etkan edilar. Bu kungi sovuqqa qarshi kiyib olg‘an sovsar 
po‘stinining yoqalig‘i kishining hasadini ortdirib, nafis bag‘baqalarni o‘pib yotar edilar. 
Biroq unda bir kamchilik bordek ko‘rinar edi: shahlo ko‘zlar burung‘idek o‘ynab turmas 
va so‘ng chekdagi bir og‘irliq bilan harakatlanar edi. Bir tomondan qarag‘anda bu 
og‘irliq-da unga bir oliylik, ulug‘vorliq bag‘ishlag‘andek. Kelib ayvon muyishig‘a o‘lturdi-
da, ko‘zlarini og‘irg‘ina harakatlandirib, ketma-ket chip-chip etib to‘kilmakda bo‘lg‘an 
hazonlarg‘a qaradi va har bir yaproqni yuqoridan kuzatib yerga qo‘ya bordi. Ul yerga 
tushkan har bir yaproqda o‘zining tarjumai holini o‘qur, o‘zini-da mavqi’idan ayrilib, 
hechka chiqib turg‘an shu xazonlardan ayira bilmas edi. Ayira bilmadi-da, latif ko‘kragini 
to‘rt enlik ko‘tarib tin oldi va ko‘zlari jiq yoshg‘a to‘ldi. Yeng ichidan bir-birisiga 
o‘tquzilg‘an ikki qo‘lini barobar ko‘tarib ko‘z yoshini artar ekan, ichkari havlidan Oftob 
oyim chiqib kelar edi. Ul yer ostidan qizig‘a ko‘z qirini tashlab mehmonxona eshigini 
ochishg‘a tutindi. Oftob oyimning orqasidan Oyshabibi ham ko‘rindi, kelib Kumush 
yonida to‘xtab so‘radi: 
— Nima qilib tashqarida o‘lturibsan? 
— O‘zim, — dedi Kumush qoshlarini chimirib, chetka yuzini o‘girdi. 
Mehmonxonaga kirsang, sen bilan ikki og‘iz maslahatimiz bor edi. 
— Nima maslahatingiz bor? 
— Oldin kir, bolam, — dedi kampir va Kumushning yelkasiga qoqib turg‘izdi. Ular 
ichkaridagi sovchi xotinlarni yolg‘iz qoldirib, Kumushning so‘zini olish uchun tashqarig‘a 
chiqg‘an edilar. Ammo Kumush bo‘lsa sov-chilarning oldidan rizosizlig‘ini onglatqandek 
bir namoyish bilan ketkan edi. Ul mehmonxonag‘a kirgandan so‘ng ham tersayib 
tokchalardan nedir axtarg‘andek yurina boshladi. 
— Tokchada san qidirg‘an narsa yo‘q, kelib yonimizg‘a o‘ltur, — dedi Oftob oyim. 
— O‘lturganimdan sizga bir pullik foyda yo‘q, sov-chingizga o‘zingiz bilgan javobni 
beravering! 
Oyshabibi qizig‘a ma’nolik qilib bir qarab oldi: 
— Bolam, axir ikki og‘iz gap eshit-chi oldin! — dedi. 
Kumush o‘ltura bermagach, Oftob oyim qizishdi. 
— Qizim, saning bu qarshilig‘ingdan muddaong nima?! 
— Siz bilan otamg‘a muddaomni necha qaytalab aytdim-ku: mundan so‘ng bu ishni 
xohlamayman. 
— Dunyodan toq o‘tasanmi? 
— Toq o‘tamanmi, yo‘qmi, buni tangri biladir. 
— Man saning hali ham o‘sha uyatsiz eringdan ko‘ngil uzolmag‘aningni bilaman. 
Saning bu xomtama’lig‘ing koni bolalig‘ingdir. San yaxshi bilki, mundan so‘ng otang ul 
uyatsizga o‘z uyidan joy bermaganidek, uyatsizning o‘zi ham uzil-kesil sani 
tashlag‘andir. Agar so‘zimga ishonmasang mana buni o‘qub qara, dedi-da, Kumushka bir 
qog‘oz uzatdi va davom etdi. — Biz buni san unga xat yozg‘aningdan so‘ng javob o‘rnida 
olg‘an edik. Biroq o‘sha vaqtda bu uyatsizning birinchi taloq xatisi ham sanga yetib 
ortqanliqdan bunisini sandan yashirg‘an edik. Hamon-da saning umiding kesilmagani 
uchun bu xatni ham ko‘rsatmakchi bo‘ldim! — dedi. Kumush qog‘ozni onasidan oldi: 
«Matluqam Kumushbibiga. Manim birinchi xatim bilan sizning menga qilaturg‘an 
erkaliklaringizga bir chek qo‘yilg‘an kabi edi. Lekin bunga tushunmabsizmi va yo 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin