Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
Salim sharbatdorniki qutidorg‘a nihoyatda ma’qul tushib qolg‘an edi. Shuning uchun 
xotini va qizidan so‘rab o‘lturmay bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib ham 
keldi va xotinig‘a «men bu kun fotiha qilib keldim, nima bo‘lg‘anda ham endi qizingni 
ko‘ndirmasang bo‘lmaydir», dedi. Ammo Oftob oyim-ning er otini eshitkanda titray 
boshlayturg‘an qizi bilan uchrashmoqqa aslo toqati yo‘q, erining bu so‘zini eshitkanda 
tamom o‘zini yo‘qotqan edi. Ul qizini ko‘ndirish uchun qutidorg‘a va’da berganda o‘z 
holini ikki yoqdan o‘qtanilg‘an xanjar orasida qolg‘uchig‘a o‘xshatar, qaysi tomong‘a 
qimirlasa ham muhlik yara olishini aniq bilar edi. Shu kundan so‘ng bechora ona-ning 
og‘ir kunlari boshlandi. Eriga bergan va’dasini aslo bajara bilmas, bul haqda qizig‘a og‘iz 
ochib so‘zlay olmas edi. Har kun bozordan qaytib kelib birinchi so‘zi «ko‘ndirdingmi?» 
bo‘lib qolg‘an eridan tuni bilan koyish eshitar va kunduzlari Kumushka og‘iz ochishg‘a 
yuraksina olmay azoblanar edi. 
Bir necha kundan so‘ng qutidor ham endi o‘z xatosini onglag‘an, chunki har kun 
deyarlik Salim sharbatdornikidan kelib to‘y kunini so‘rag‘uchi kishiga turlik-turlik 
bahonalar ayta berib zerikkan va uyatidan do‘konga tushishni-da tark qilish fikriga 
kelayozgan edi. Bir kun do‘kondan nihoyatda achchig‘lanib qaytdi va Oftob oyimni 
umrida eshitmagan so‘kishlar bilan so‘kdi: «Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib 
yurolmayturg‘an bo‘ldim. Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umi-dingni uz, men 
endi sanlarning dastingdan shahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga 
yetdim!» dedi. Ertasi kun bechora ona qizig‘a mash’um mavzu’dan so‘z ochishg‘a majbur 
bo‘ldi. Qizining yonig‘a o‘lturib so‘zlash o‘rniga yum-yum yig‘lay boshladi. Kumush esa 
onasini bu holg‘a solg‘an sirdan voqif, shuning uchun yig‘i sababini so‘rab o‘lturmay, ul 
ham ko‘z yoshisi bilan yuzini yuvmakka tutindi. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari 
bitkuncha bo‘zlashdilar. 
— Bu kunlardan ko‘ra dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi. Bu tirikligimdan ko‘ra, o‘lib 
ketkan bo‘lsam edi! — dedi oxirda Oftob oyim. 
— Yanglish so‘zlaysiz, onajon! — dedi Kumush va: — Siz dunyoda turishka loyiq 
edingiz, lekin sizning dunyo-dan to‘yishingizga va qon-qon yig‘lashingizga sababchi men 
bo‘ldim. Men siyoh baxt dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin