Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
yuriy boshladilar. Boyag‘i «...orsiz» jumlasi bilan uning kirish fikri tamoman so‘ngan edi. 
Ammo «biravlar» to‘g‘risida nima bo‘lganda ham bir gap eshitmak havasi tug‘ilg‘an edi. 
Bu chiqg‘uchilar garchi qutidorning iti haqida bo‘lsa-da, bir ma’lumot beralar-ku, deb 
o‘yladi va ularga yetib olish uchun adimlarini kengaytirdi. Ulardan uch-to‘rt adim berida 
borar edi. Baxtka qarshi ular churq etmaygina ketar edilar. Nihoyat, yuz adimcha 
borgandan so‘ng, ulardan so‘z eshitishka to‘g‘ri keldi; birisi ikkinchisiga dedi: 
— To‘y bilan nikohni bu kunga qilg‘animiz yaxshi bo‘ldi. 
— Nima, juvonga ham to‘y boshqa, nikoh boshqa bo‘larmidi? Bordi-keldi bitta juvon 
qizi bor-ku, munga to‘yni boshqa, nikohni boshqa qilamiz deganiga hayronman. 
— Axir qutidor ham boobro‘ odam-da, — dedi bi-rinchi kishi. 
Jonso‘z bu xabarni eshitkan Otabeknnig hushi boshidan uchkan kabi bo‘ldi-da, adim 
uzgan joyida mixlangandek qotib qoldi. Go‘yo ustidan bir chelak qaynag‘an suvni 
ag‘darg‘an edilar-da, butun terisi oyog‘iga sidirilib tushkan edi... Besh daqiqalab yo‘l 
ustida esankiragan, hushsizlangan ko‘yi qotib turg‘ach, moshinavori birdan yurib ketdi... 
«Kishining xotinini taloqsiz chiqarib ol-da, bu kun erga ber», dedi va telbalarcha nima 
uchundir kulib qo‘ydi, o‘z-o‘ziga so‘zlanib Marg‘ilon ko‘chalarida tentaklarcha yugura 
boshladi. Uning bu kungi holig‘a qarash yuraklarni yorg‘anidek tasvirga ham qalam kuchi 
ojizdir... 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin