Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

13. KULIB QARAMAG‘AN BAXT 
Endi uning umidi ortig‘i bilan uzilg‘an esa-da, yuragining yonishi bosilurliq emas edi. 
Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari bilan tevarakka bejo-bejo nazar 
tashlar edi. «Nihoyat, otasi o‘z muddaosiga yetdi, qizini yangi kuyavga topshirib 
tinchlandi, kecha kechasi u...» der edi-da, mundan keyingi og‘ulik haqiqatini bir turlik 
ham o‘ziga singdira olmas va buni o‘ylamaslikka tirishib va o‘zini alaxsitmoqqa o‘la 
tevaragiga bejo-bejo nazar tashlar edi. 
Endi Marg‘ilon qatnab yurishlarg‘a xotima berilgandek va Marg‘ilon ham undan «tag‘in 
mendan nima ilinjing bor?» deb so‘rag‘andek bo‘lar edi. Ul «Xo‘ja Ma’oz»dan chiqib 
to‘g‘ri usta Alimnikiga qarab borar edi va u yerdan otini minib umrlikka Marg‘ilon bilan 
vidolashmoqchi edi esa-da, oshna bir kimsa uning ko‘z o‘ngiga ko‘ringandek va begona 
rahmsiz bir yigitning quchog‘idan qutilish uchun undan imdod so‘rag‘andek bo‘lar edi. 
Usta Alim eshigiga yetayozdi. Tom bir ma’yusiyat ichida boshini quyi solg‘an edi, o‘tib 
turg‘uchlarni payqamas, laxja cho‘g‘ kabi yonib turg‘an yurak o‘ti bilan sarxushdek edi. 
Qarshidag‘i Sodiqning eshigidan chiqg‘uchini ham payqamay qoldi va bir qarab olsa ham 
tanimag‘an edi. Otabek usta Alimnikiga kelib kirgach, Sodiqnikidan chiqg‘uchi Homid 
uning orqasidan qarab yo‘l ustida qotib qoldi... 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin