Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
so‘ng daqiqamda yana bir martaba bo‘yingizni olib o‘lish uchun dushman tomonidan 
uyingizga ochilg‘an tuynukchaga kirdim. Kirdim-da, sizni bo‘yingizni oldim, xafif tin 
olg‘andag‘i latif uxlag‘an tovshingizni eshitdim... Shu vaqt subhonolloh... o‘zimda 
kutilmagan bir kuch sezgan edim, ikki emas, ikki yuz dushmanga muqobala etishka 
o‘zimda qudrat ko‘rgan edim... Men o‘zimga bag‘ishlang‘an kuch manba’ini juda yaxshi 
onglar edim, mendagi bu o‘zgarish manba’i uy ichida uxlag‘uchi bir malak edi... Siz 
edingiz!» 
Kumushbibi xatning bu o‘rniga yetkanda qizarinib, bir oz o‘qushdan to‘xtab oldi va 
davom etdi: 
«Shundan so‘ng ikkinchi dushmanni tuynukdan chiqmayoq ishini bitirdim. Bizning 
foji’amizning asl omili bo‘lg‘an Homid esa go‘yo manim qo‘limda mushuk kabi o‘yin 
bo‘lg‘an, uni kulib turib, o‘ynab turib tilimlagan edim... 
Esingizda bormi, meni dor ostidan qutqarib, menga yangi hayot bag‘ishlag‘aningiz? Bu 
kecha ham bu ikkinchi o‘limdan qutqarg‘uchi va ikkinchi martaba menga hayot 
bag‘ishlag‘uchi yana siz bo‘ldingiz! Shuning uchun minnatdorlik etkuchi siz emas, men 
bo‘lishg‘a tegishman! 
Sizdan emas, otangizdan bir o‘pkalashim bor: soxta taloq xatini manim o‘z qo‘lim 
bo‘lib, bo‘lmag‘anini ajrata olmag‘an. Gumonimcha bu soxta xat sizga ham 
ko‘rsatilmagan o‘xshaydir, chunki, ayniqsa, sizning ko‘z o‘ngingizdan bu haqiqat qutila 
olmas edi... Har holda taqdirning bunchalik o‘yinlari turg‘an bir zamonda biz nima ham 
qila olur edik? Bu to‘g‘rida mendan ham o‘tkan joylari bordirkim, sizning birinchi 
martaba menga yozg‘an xatingiz ma’nosidan dahshatlik suratda o‘zimni tag‘ofilg‘a 
solg‘an va xat kelturguchini surishtirmasdan javob xati berib yuborgan edim. Shuning ila 
sizni-da, o‘zimni-da Homid qo‘lida o‘yin bo‘lmog‘imizg‘a katta yo‘l ochqan edim. 
Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko‘rishmak menga muyassar bo‘lmadi. Umrimda 
birinchi martaba ko‘ngil orzusig‘a qarshi bordim. Chunki manimcha oradag‘i qora tikon 
supirilgan edi. Mundan so‘ng hamisha meniki edingiz. Men Toshkandda yurarman, ammo 
ko‘zim o‘ngida sizning haykalingiz! Ajabo, busiz menga mumkinmi?! 
Zavjingiz Otabek». 
Kumushbibi xatni o‘qub tugatdi-da, yugirgilagancha uyiga kirib ketdi. Uning bu 
harakatidan qutidor bilan Oftob oyim ajabsinishib bir-birlariga qarashg‘an edilar. 
Kumushbibi qo‘lida ikkinchi bir maktub ko‘targanicha uydan chiqdi-da, sham’ yonida ikki 
xatni bir-birisiga solishtirib ko‘rdi. Bu xat Homidning Otabek tilidan yozg‘an taloqnomasi 
edi. Bu ikki xat birinchi qarashda-yoq ikki kishi tomonidan yozilg‘anliqlarini o‘z 
og‘izlaridan so‘zlab turar edilar. 
Kumushbibi ikki xatni qator ushlab otasig‘a ko‘r-satdi: 
— Bularga qarangiz, ota! Bizni nechog‘liq g‘aflat bosqan ekan, — dedi. 
Qutidor qizining maqsadig‘a tushunib ikki turli qo‘lni darrav payqab oldi: 
— Vijdonsiz, iblis, imonsiz, kofir, — deb qo‘ydi. 
Kumushbibi Otabekning xatini buklab cho‘nchagiga soldi-da, soxta xatni sham’ga tutib 
yondirar ekan, otasidan so‘radi. 
— Shu voqi’adan so‘ng kuyavingiz aniq kelganmi edi? 
— Kelgan edi, qizim. 
— Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal oyimni bu kelishdan xabardor 
qilmadingiz? 
— Men uning kelishini boshqa gapka yo‘yib, sizlarga bildirmagan edim... 
— Qizimizni taloq qilg‘an bir kishini Toshkand degan joydan eshikingizga kelishi sizga 
g‘arib tuyulmag‘anmi edi? — deb yana so‘radi Kumush. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin