Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
— Yanglishdingiz, oyi, — dedi, — bundagi farqni Yusuf-Zulayho qissalarini o‘qug‘an 
kishi biladir... Uch oy degan fursat ozg‘ina vaqt emas, Kumush xonimning ozg‘ani 
sog‘inishniki! 
Karima otin qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarayozdi. Ya’ni Otabek bilan Kumushni 
Yusuf-Zulayxoga  o‘xsha-tib, Zaynab va qarindoshlarini o‘t ichiga tashlag‘an edi. 
— O‘zbek oyimniki to‘g‘ri, — dedi Mohira oyim, — Zaynab quvnoq, Kumushnisa 
manim ko‘zimga ham serfikrga o‘xshab ko‘rinadirlar... 
— To‘g‘ri-to‘g‘ri, — dedi Xushro‘y. 
Kumush bilan Oftob oyim oradan kechkan sirga tushunib jim o‘lturar edilar. Kumush 
yer ostidan Otabekka rizosizcha ko‘z tashladi. 
— To‘xtanglar-chi, — dedi Otabek, hamma unga qaradilar, — hech qaysilaringiz ham 
topolmadingiz. 
— Topolmag‘an bo‘lsaq o‘zingiz ayting! — dedi Sharofat chevar. 
— O‘zlaringiz topolmag‘andan keyin men aytib nima qilay? 
— Men topdim, xax shayton! — dedi Karima otin, — qizil gulning ham o‘z oldig‘a, oq 
gulning ham o‘z oldig‘a isi bor, demakchi! 
Hamma birdan kulishib: 
— Xudda-xudda! — deyishdilar. 
Otabek kulib o‘rnidan turdi va «topolmadingiz, topolmadingiz» degancha uydan 
chiqdi. Kumush bilan Oftob oyimning ko‘nggillari birdek bo‘lsa ham bu kashfdan keyin 
Zaynab bilan Mohira oyim ancha yengillashdilar. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga 
quyuq-suyuq berildi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin