Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
yovlarcha qaradi. Uzoqqina qarab turg‘andan keyin o‘ziga ham sezdirmaslik qilib entikdi, 
yana uch-to‘rt qatim tortti... 
— Siz munchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘lar edi... 
Kumush bir oz javobsiz qoldi va surilib devorga suyaldi: 
— Nimadan ham qo‘rqmasam bo‘lar edi? 
— Axir... jek ko‘rmasangiz ham... deyman-da... 
— Men kimni jek ko‘ribman? 
— Bilarsiz axir, kimni... 
— Uyat, Zaynab! 
— Sizniki ham uyat! 
Yana ikki kundash hujumga hozirlanishqan xo‘roz-lardek bir-birlarining ustlariga 
hurpayishdilar. 
— Nimam uyat? — deb so‘radi Kumush. 
— Men erim bilan o‘lturganda ustimga kirma, de-yishingiz albatta uyat. 
— Avvalo men bu so‘zni sizning haligi qilig‘ingizg‘a qarshi aytdim. Agar siz buni chinga 
hisoblag‘an bo‘lsangiz, men ham sizdan chinda so‘rayin: siz eringiz bilan o‘lturganda 
men ustingizga kirdimmi? 
Zaynab bu savolning javobiga qolg‘anda bir oz tutiliqdi. Chunki, Otabek Zaynab 
yonida bo‘lg‘anda Kumushning kirganini xotirlay olmadi. 
— Siz kirsangiz albatta ko‘kragingizdan itarmas edim, — dedi Zaynab. — O‘zingiz jek 
ko‘rganingiz uchun meni ham o‘zingizdek fahmlab kirmaysiz. 
— Kishini bo‘g‘asiz, Zaynab! Gapka temirchilik yaxshi emas! 
— Gapka temirchilikdan xudoy saqlasin, ota-bobom temirchi o‘tkan emas. 
— Kim sizga — otang temirchi deyapti? 
— Axir so‘zingizning sirasi shunga keladi-da... 
— Tavba, — deb kuldi Kumush, — jek ko‘rasan, deb bir aytasiz, o‘zingdek 
fahmlaysan, deb uzib ulaysiz, sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi, deb tag‘in nina tiqasiz... 
Mana shuni gapka temirchi, deb aytadilar. 
— Rost-da axir, siz qo‘rqmasangiz ham... 
— So‘zlay bering. 
— Axir... 
Zaynab o‘zining xatosini ongli va gapuralmay g‘o‘ldiradi. Kumush esa buni sezib 
Zaynabning o‘z og‘zidan iqror etdirish ko‘yiga tushdi. 
— Men tushundim, — dedi, — sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi ering seni yaxshi ko‘radi, 
demakchisiz. 
Zaynab ishini to‘xtatib bo‘zrayg‘ancha Kumushka qarab qoldi... Bu xatosini o‘nglash 
uchun esiga hech gap kelmas edi: 
— Axir... menga o‘xshash sizni ham ishondirib qo‘yg‘andirlar. 
— Sizni nimaga ishondirg‘anlar? 
— Axir... Men sensiz turolmayman, deb sizga ham aytkandirlar... 
— Hech. 
— Sizga aytmagan bo‘lsalar... menga yuz qaytalab aytadirlar... U kishini sizga ham 
shunaqalar, deb o‘ylabman... 
O‘zi aslo ishonmag‘an shuncha yolg‘on gaplarni boyag‘i dovdirash holatida ilhom 
ravishda to‘qib yubordi. Uning bu dovdir gaplari g‘alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an Kumushni 
dovdiratti, boyag‘i oyna yonida tug‘ilgan shubhasi chinga chiqg‘andek bo‘ldi va 
muhokama xususiyatini yo‘qotdi. Zaynab to‘g‘ri aytadi, deb o‘yladi, agar uni yaxshi 
ko‘rmaganda Toshkandga kelishimni kutib o‘lturarmidi?.. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin