Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
Xo‘rak orasi Otabek Zaynabdan so‘rab, Kumushning uxlab yotqanini bildi. Tomoqdan 
keyin Otabek ham bir oz uxlab olish uchun yotdi. Ko‘zi uyqug‘a borg‘ach, faqat shuni 
kutib o‘lturgan Zaynab qo‘lida yelpug‘ichi bilan yostiq yoniga keldi. Eri juda uxlab 
ketkandan so‘ng yelpiy boshladi... Yelpir ekan, Zaynabning ko‘zi Kumushning uyida 
edi... 
Zaynab o‘zining bu tasodufiy muvaffaqiyatini kundash nazaridan o‘tkuzib olmoqchi va 
boyag‘i da’vosini bir daraja amalda ham ko‘rsatmakchi edi. 
Zaynab shu holda uzoq fursat erini yelpidi va natijada ma’lum ko‘rukni odatdan 
tashqari bir muvaffaqiyat ichida kundash nazaridan o‘tkazdi: nima yumish bilandir uydan 
chiqg‘an Kumush Otabekning yostig‘i yonida qo‘lig‘a yelpug‘ich ushlagan Zaynabka ko‘z 
qirini tashlab o‘tdi. 
Birar soatdan keyin Otabek uyg‘ondi. Zaynab ham kundash yuragini un qilg‘uchi yel 
tegirmonini to‘xtat-moqqa majbur bo‘ldi. 
Otabek uyga kirganda yostiq betini tartibsiz soch o‘rimlari bilan chulg‘atib Kumush 
uxlar edi. Otabek bir necha daqiqa uning uyquliq holatiga termulib qoldi va unga 
rohatsizlik bermas uchun sekingina orqasig‘a qayt-di. Uy eshigidan chiqar chog‘ida yana 
bir qarab oldi... Endi uyquliq ko‘z ochilg‘an edi. 
— Tinch uxlay bering, men ketaman. 
Kumush ko‘z yumish o‘rniga yostiqdan boshini uzdi va yerga tushkan ro‘ymolini o‘rab, 
o‘lturdi. Uning ko‘zi uyqudan qolg‘an kishilarning ko‘zidek qizarg‘an edi. Otabek qaytib 
kirdi. 
— Nega qo‘zg‘aldingiz, uxlang, — dedi. Kumush javob bermadi, qovog‘i solig‘ edi. — 
Ko‘zingiz qizarib ketipti, uxlay olmadingizmi? 
— Tobim yo‘q... 
— Xudoy saqlasin, — dedi bek va Kumush yonig‘a o‘ltirdi, — qayeringiz og‘riydir? 
Bilmayman, — dedi. Ko‘zi tokchadag‘i allanarsalarda edi. 
Otabek bu ters javobni hazil fahmlab kuldi va Kumushning manglayig‘a qo‘lini tegizdi: 
— Nega bilmaysiz? 
— Qo‘lingizni oling. 
— Nega olay? 
— Mendan hazar lozim... 
— Sizdan hazar qilmayman... 
Kumushning ko‘zida bir turlik g‘iltillash bor edi: 
— Zaynabdan-chi? — deb so‘radi. 
Otabek daf’atan javob beralmay havli tomong‘a qarab qo‘ydi: 
— Buni... mendan ham siz yaxshi bilasiz. 
Otabekning alang‘lab javob berishi Zaynabning boyag‘i da’vosini chinga chiqarg‘andek 
bo‘lib, Kumush juda ham to‘nini teskari kiydi va yuzini chetka burdi: 
— Yalhaqlikni qo‘ying. 
Otabek bu holga tushunolmay, Kumushning ko‘ziga jiq to‘lg‘an yosh yana uni 
shoshirib qo‘ydi. Shundog‘ ham bo‘lsa kulimsirab: 
— Uyqudan so‘l yoningiz bilan turibsiz, — dedi. 
— Chunki manim o‘ng yonim bilan turg‘uzadigan kishim yo‘q... 
— Adovat shuning uchunmi hali? — dedi bek va kulib yubordi. 
Kumush ko‘z yoshisini artdi: 
— Ha, shuning uchun. 
— Shuning uchun bo‘lsa arzimaydi... 
Kumush ko‘tarilib ketdi: 
— Ikki yuzlamalig‘ingiz va til tegida til saqlag‘a-ningiz ham arzimaydimi? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin