Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
— Marhamatingizga qulluq, — dedi Homid, — ammo shundog‘ bo‘lsa ham 
qarindoshlarim to‘g‘risida xavfdaman... Buning boshqacharog‘ bir ebini topib 
bo‘lmasmikin? 
Boyag‘i mukofotlar qo‘rboshini chinlab bosh og‘ri-tishg‘a majbur etar edi. Bu to‘g‘rida 
ul ancha o‘ylab oldi: 
— Kecha qushbegi oldida Otabeklarni qay ravishda ayblab so‘zlag‘an edingiz, tag‘in 
bir eshitib ishning rejasini olay-chi? 
— Qushbegiga so‘zlag‘anim shunday edi — «Otabek aytdi: endi bizning Toshkand 
xalqi qipchoqlarning jabru zulmi va tadbirsiz idorasi ostida yotib juda to‘ydi. Boshlab 
Toshkanddan qipchoq balosini yo‘qotish uchun Azizbek va otam boshliq isyonga 
tayyorlandilar. Shu maqsadda Marg‘ilon og‘aynilarini ham qipchoqlarg‘a qarshi 
oyoqlandirmoq uchun meni bu yerga yubordilar. Biz tokay qipchoqlar qo‘l ostida ezilamiz 
va bir hovuch dalatoblarg‘a bosh egamiz, dedi. Otabekning bu so‘ziga qutidor va Akram 
hojilar qo‘shilishib, unga bu yo‘lda yordamlashmakchi bo‘ldilar. Ammo men bo‘lsam bu 
gapka qarshi tushib: sizlarning bu fikrlaringiz yanglishdir, biz uch yil bo‘yi janobi 
O‘tabboy qushbegining qo‘l ostlarida yashab hech bir zulm ko‘rmadik. Shu holda 
hukumat ustiga iqdomimiz kufroni ne’mat bo‘lur, dedim. Otabek menga qattig‘ so‘zlar 
aytdi. Pochcham ila jiyanim bo‘lsa manim fikrimda edilar, ammo uyimizga kelgan 
mehmon, deb ularga ochiq qarshilik qilmadilar. Bu majlisdan keyin men bir necha vaqt 
Otabek va yo‘ldoshlarining qonlari to‘kilmasin, deb bu gapni ichimga solib yurdim. Biroq 
Toshkandda Azizbek va Yusufbek hojilar isyoni boshlang‘andan so‘ng, o‘zimning bu 
ishimni hukumatimiz uchun xiyonat bilib, qo‘rboshi janoblariga xabar berdim. O‘zimning 
sodiqona bu xizmatim evaziga janoblaridan ojizona o‘tinchim shulki, bu sirni sizlarga 
bildirguvchi men bo‘lg‘anlig‘imni o‘zlaridan boshqa kimarsa bilmasin, hatto muttahamlar 
ham sezmasinlar» — mana, faqirning Otabeklarni ayblashim va qarindoshlarni oqlashim 
xulosasi shundan iboratdir. 
— Barakalla, — dedi qo‘rboshi, — sizning bu gapla-ringiz juda ham o‘rinlik tushkan, 
men ishonamankim, Ziyo aka bilan Rahmat qutulurlar. 
— Buni nimaga suyanib aytasiz? 
— Suyanchig‘ingiz ma’lum, — dedi qo‘rboshi, — qushbegiga Otabek ila qutidorni 
osmoq fikrini bergan bu so‘z, pochchangiz bilan jiyaningizni nuchuk qutqarmasin. 
— Pochcham bilan jiyanim ilgarigi so‘roqda qanday javob bergan edilar, buni xotirlay 
olasizmi? 
— Ularning javoblari kechagi sizning oqlashingizg‘a sira ham qarshi kelmaydir. Chunki 
ular majlisda bunday so‘z bo‘lmadi, deb tondilar. Bu ersa o‘z uylariga kelgan 
mehmonlarni rioya qilishlari bo‘lib chiqadir-da, yana ish sizning oqlashingizg‘a yopishib 
keladir. 
Homid tag‘in bir mulohazaga tushkan edi. Uning bu holini kuzatib turg‘an qo‘rboshi: 
— Endi ortiq o‘ylamangiz, mulla Homid, — dedi, — orada siz qo‘rqarliq hech bir ish 
yo‘q. 
Homid nimadir aytmakchi bo‘lar edida, o‘ng‘aysiz-lanib to‘xtar edi. Bir kuni qayta 
og‘zini jo‘plab qarasa ham yana so‘zlay olmadi. Qo‘rboshi uning bu holidan xabar topdi: 
— Gapuring, gapuring, munda yot kishi yo‘q. 
Qo‘rboshining bu so‘zi daldasida Homid jasorat-landi: 
— Bu kun hukm majlisida pochcham ila jiyanim so‘zlaridan yanglishib ketsalar nima 
bo‘ladir? 
— Nega yanglishsinlar, ular bilganlaridan ortiqni albatta so‘zlamaslar. O‘lim degan 
narsa ko‘z o‘ngiga kelib to‘xtag‘andan keyin Otabekdek mehmonlar rioyasi ko‘ngildan 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin