Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
— Yozib bering aylanay, poshsha qiz, boraturg‘an joyimdan kechiksam-da, savobi 
bor-ku, qix... — dedi. Kumush xotindan minnatdor bo‘lib uyiga xat yozish uchun kirdi. 
*  *  * 
Yuqorida Otabek tomonidan oling‘an maktubning haqiqati mana shu yo‘sun 
xiyonatning natijasi edikim, biz endi xiyonat qahramonlari bilan o‘qug‘uchini ta-
nishdiramiz. 
6. ISITMA ORASIDA 
Saratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B... mahallasining 
kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining 
tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. 
Yigitning uzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprak va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa 
boshlag‘an soqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar 
chamasida bo‘lg‘an bu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib 
turg‘an qizil ko‘zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha 
tashqarig‘a o‘sib chiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq 
yaratilib qolg‘an bir maxluq edi. Burchakda yerdan ikki yarim gazlar yuksalikda 
kunbotishg‘a qaratib qurilg‘an ikkita ko‘rimsiz bir betlik eshiklar yuzlariga yopiq holda 
edilar. 
Ma’lum yigit boshidag‘i qalpog‘ini qo‘lig‘a oldida, haligi eshiklarning o‘ng 
tomonidag‘isini ochib, oti bilan ichkariga yurdi. Eshik ortiqcha tor bo‘lg‘ani uchun ot 
siqilibkina o‘tdi-da, endi uzung‘ina usti ochiq yo‘lak boshlandi. Yo‘lakdan so‘ng havli edi. 
Havlining sharq va janub tomonlari buzilib-yorilib yotqan eski xaroba imoratlar bo‘lib, 
havli yuzi turlik axlatlar bilan bulg‘anch, go‘yo yillardan beri tozalanmag‘an, supurgi 
ko‘rmagandek edi. Havlining o‘rta yerida pakanagina baliq tut o‘sib, ostig‘a kul va 
boshqa axlatlar to‘plang‘an edi. Havlining kunbotar tomonida xarobaliqdan ozg‘ina 
berida bo‘lg‘an, boyag‘i yo‘lakka tiraltirib soling‘an ikki darichalik bir uy, bu uy qatorida 
bir ayvon bo‘lib, shu-ning ila bu havlining tikkaygan binosining hisobi tamom edi. Bu 
xonadonning oshxonasi bo‘lmag‘ani uchun bo‘lsa kerak haligi ayvonning bir burchagiga 
o‘choq qurulg‘an. Tutunlar bilan ayvon deganimiz qob-qora is, go‘yo ayvon bo‘lg‘anig‘a 
ond ichmakda. Buning ustiga o‘choq boshidag‘i tovoq-qoshiqlar, tog‘ora va qozonlar 
tartibsiz ravishda iflos yotarlar, qozon tevaragida uymalashmakda bo‘lg‘an uch-to‘rtta 
tovuqlar mundagi ifloslikni yana bir qat oshirmoqda edilar. Ayvonning narigi yonidag‘i 
daricha orqaliq uyga kirilur edi. Uyning yarmisi quruq yer — qora shibdan iborat 
bo‘lsada, ammo to‘rida chaqich bog‘lab yiltiramakda bo‘lg‘an — kir, yulduz kabi ilma-
teshuk jafokash oq kiyiz, ham taxmondag‘i eski sandiq ustiga yig‘ib qo‘yulg‘an bir to‘da 
paxtasi chiqg‘an uvadalar ko‘rpa-yostiq otini o‘z ustila-riga olur edilar. Bitta toqchadag‘i 
cheti uchkan, qoni qochqan uch to‘rtta piyola va bir qora qumg‘onni, ikkinchi toqchadag‘i 
umrida yuvinib ko‘rmagan qora mis barkashni, bo‘sh qoziqlar ko‘ngli uchun osilg‘an 
bittagina kir dasturxonni tilga olish bilan bu havlining butun jihoz-amloki ro‘zg‘orini yozib 
chiqilg‘an bo‘linur, burchakdagi toqchada qattig‘ non mujib o‘lturg‘uchi sich-qonni 
ko‘rsatib o‘tilmasa, bu uyda boshqa jonliq zot ham ko‘rinmas edi. Qarshidag‘i bo‘g‘oti 
tushib o‘rtasi yemirilgan, devorlaridan baqa sallasi unib chiqg‘an xaroba binolarning 
o‘nda-so‘nda ko‘rilmada bo‘lg‘an eski naqshlaridan va sirlaridan bu oilaning ilgarida 
davlatlik bir xonadon bo‘lg‘anlig‘i, ammo bu kunda ortiqcha faqirlikda yashag‘anlig‘i 
onglashilur edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin