Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
tushunishka tilamabsizmi, haytovur yana ham eski erkaliklaringizni tark etmabsiz. 
Xatingizni o‘qur va o‘zimni kulgidan to‘xtata olmas edim. Orzuga ayb yo‘q, deydirlar. 
Chekdan oshib qilg‘an hujumlaringiz eski qadrdonlig‘ingiz otig‘a kechiriladir. Endilikda 
sizga mendek vafosiz va hiylagar bo‘lmag‘an yangi er topilg‘ay edi, deb addoi Otabek 
Yusufbek hoji o‘g‘li, 26 javzo, 1265-nchi yil, Toshkand». 
Maktub uning yurak jarohatini qaytadan tirnab tashlag‘an edi. Ko‘z yoshini duv-duv 
to‘kib, xatni o‘z taxig‘a soldi va o‘zidan javob kutib turg‘an achasi bilan onasig‘a dedi: 
— Men bu uyatsiz yirtqich bilan yarashmoq uchun umid tutmayman, shuning bilan 
birga er ham qilmayman! 
— Nega? — deb so‘radi onasi. 
— Negami? — dedi Kumush va yig‘lag‘an ko‘yi javob berib boshladi: — Negaki men 
o‘zimning suygan va muhabbat qo‘yg‘an erimdan buncha uyatsizlik, bu yanglig‘ 
vafosizlik ko‘rdim. Endi er degan shu bo‘libdimi? Mundan ko‘ra dunyodan toq o‘tkan 
yaxshiroq, yolg‘iz yurgan tinchroqdir. Shuning uchun qizingizg‘a er otidan so‘zlamang-
da, yafroq kabi titrayturg‘an yuragiga dahshat ham solmang! 
Bu so‘zdan so‘ng Oftob oyimning onaliq ko‘ngli erib ketkan, ichkarida javob kutib 
o‘lturg‘uchi sovchilarg‘a qanday bahona topib kirishni-da o‘ylab ulgurmag‘an edi: 
— Yig‘lama, — dedi. Kumushni mehmonxonada qoldirib onasi bilan chiqdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin