Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy      www.ziyouz.com



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
12. JONSO‘Z BIR XABAR VA QO‘RQUNCH BIR KECH 
Agar olg‘an hisobimiz to‘g‘ri chiqsa, bu gal uning Marg‘ilong‘a quruq qatnab 
yurishining yettinchi qaytasi edi. 1267-inchi yilning kuzi — bu voqi’ag‘a o‘n sakkiz, o‘n 
to‘qquz oylar o‘tib ketkan edi. 
Ertalabki choydan so‘ng, usta Alim o‘zining qaynisi bilan oshxonasi yonig‘a yangigina 
qurg‘an to‘quv do‘konlari yonida ipakka ohor berish ila ovora edi. Ammo ul bo‘lsa, 
do‘konxonaning ustuniga suyalgan ko‘yi qandaydir bir o‘y bilan mashg‘uldek ko‘rinar, 
ustaning Toshkand to‘g‘rilarida bergan savollariga «shundoq, ha, yo‘q, albatta» kabi 
qisqa javoblar bilan qarshi turar edi. Ul shu ko‘yi yarim soatlar chamasi so‘zsizlik 
so‘nggida, so‘zsizgina ko‘cha eshik tomong‘a chiqib keta boshladi, usta Alim ko‘zini 
ishidan uzib so‘radi: 
— Yo‘l bo‘lsin, Shokirbek? 
Otabek yo‘lak yonidan javob berdi: 
— Shaharni bir aylanib kelmakchiman. 
— Juda yaxshi, — dedi usta va: — ammo peshindan kechka qolmang, men oshni 
damlab sizni kutib o‘lturaman, tuzikmi? 
— Tuzik, — dedi Otabek va yo‘lakdan o‘tib eshik oldig‘a — ko‘chaga chiqdi. Chiqishi 
bilan narigi eshikdan Sodiq ham ko‘rinib qoldi-da, Otabek bilan to‘qnash keldi. Sodiq 
iltifotsizgina unga qarab olg‘ach, shosha-shosha o‘ngdagi tor ko‘chaga yurib ketdi. A 
Otabek to‘g‘rig‘a, katta ko‘chaga qarab yurdi. Havo bulut edi.Oq bulutlar bo‘lg‘anliqdan 
quyoshning nuri uncha kesilmagan, quyosh to‘r ro‘ymol ichida o‘lturg‘an kelinlar kabi yer 
yuziga suzilib qarar edi. Bulutlarning ohistagina say-ridan sezilar-sezilmas hafif bir 
shamol yurib, yengilgina bir izg‘iriq ham yuzga kelib to‘qunar, bu izg‘iriq kishiga uncha 
rohatsizlik bermasa-da, lekin qayerdadir dog‘ qi-lin--moqda bo‘lg‘an zig‘ir moyining 
achchig‘ isini dimog‘qa kelturib urishidan kishiga bir behuzurlik hosil bo‘lar edi. Otabek 
yo‘lning ayrilishig‘a borib to‘xtag‘an edi. Yuzidan ikkilanish holati sezilar edi. Bu holat ikki 
yo‘l ustida voqi’ bo‘lg‘anliqdan onglanmog‘i yengil, chunki bir tomonda poyafzal 
rastasining yo‘li, ikkinchi yoqda to‘g‘ri ko‘cha edi. Uzoq to‘xtab turmay sobit va kuchlik 
adimlar bilan poyafzal rastasiga yurdi. Garchi bu ko‘cha uning yuziga qizarib-oqarish va 
bo‘zarib-sar-g‘ayish tuslari berar edi,  yana har holda ul sobitqadam edi, o‘sha voqi’adan 
so‘ng, onalar ta’biricha, «ilon chiqg‘an» bu ko‘chaga birinchi kirishi, birinchi jasorati edi. 
Ko‘chaning burilishida yana bir oz uning adimlari sekinlashsa ham, lekin oldinlashini 
qo‘ymay boraverdi. Uzoqdan qutidorning tilsimlik darbozasi ko‘rinib turar edi... Darboza 
yonidag‘i mash’um tol daraxti ham nomuborak bir ishka guvohlik bergan kabi bo‘lar edi. 
Borliq kuchini asabiyat markaziga yig‘ib, tag‘in bir qayta darbozaga qarab oldi. Bu 
qarashida butun o‘tkan kunla-rini yana bir qayta xotirlag‘andek bo‘ldi va ihtizozot 
orasida uflab yubordi. Ko‘ringan gilos yog‘ochlarining ostida bir vaqtlarda kimdir birav 
uni kutib olar edi, endi-chi... Endi kimni kutar ekan?— degan savol miyasini shipirib 
ketdi... Ul Kumushni tamoman o‘z muhabbatida boqiy deb bilar va otasining zulmiga 
mahkum, deb tushunar edi. Shuning uchun ko‘ringan gilos yog‘ochi-ning kuz bilan 
sarg‘ayg‘an bargidek Kumushning za’faron yuzini ko‘rdi, o‘zi uchun emas, uning qalbi 
parchalang‘andek bo‘ldi. Hozir ul kutilmagan bir jasoratka molik bo‘lg‘an kabi edi. 
Kiraymi, deb o‘yladi, bevosita o‘zi bilan onglashaymi, deb jasoratlandi... Lekin... lekin 
darbozaning qarshisidag‘i mash’um tol yog‘ochi unga qarab kulgandek bo‘lar edi: 
«Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz, orsiz...» 
Ul darbozaga yaqinlashayozgan edi, nimadandir cho‘chib chetka burildi. Chunki 
darbozadan chiqib qolg‘an ikki kishini ko‘rib, bularning birini qayin otasi bo‘lib 
chiqmog‘idan hurkkan edi. Haytovur chiqg‘uchilar begona odamlar bo‘lib, oldinga toba 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin