Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
— Men o‘zimning yangi mehmonimni ko‘rpachaga o‘tquzmoqchi bo‘laman, — dedi 
kulib usta Alim. 
— Men sizning ko‘rpachangizga ko‘b o‘lturganman, endi menga ortiqcha 
takallufingizning hojati yo‘q. 
— To‘g‘ri so‘zlamaysiz, Otabek, bu kungacha manim ko‘rpachamda o‘lturib yurgan 
Shokirbek otliq bir yigit edi. Endi men o‘zimning yangi mehmonim bo‘lg‘an Otabekni 
siylamoqchi bo‘laman... Qani, Otabek, ko‘rpachaga chiqingiz! 
Otabek ustaning latifasiga kuldi-da, ko‘rpachaga chiqib o‘lturdi. Bu vaqt Jannat 
opaning «shahid o‘lgan bolam» deb yig‘lag‘an tovushi eshitildi-da, Otabek gunohkor bir 
yuz bilan usta Alimga qaradi. Ul esa Otabekning bu qarashidag‘i ma’noni sezgan edi: 
— Zap qilg‘ansiz, Otabek, — dedi usta, — yomonlarning jazosi shunday bo‘ladir... 
Yoningizda kishilaringiz bor edimi? 
— Yo‘q. 
Usta Alim Otabekka tushuna olmay qarab turg‘ach, so‘radi: 
— Uch dushmanga qarshi yolg‘iz o‘zingiz? 
— Yolg‘iz o‘zim! Xudo yomong‘a jazo beraturgan bo‘lsa, shundoq bo‘lar ekan. 
Usta Alim tamom ajabda qolg‘an edi: 
— Subhonolloh! Qanday yuragingiz bor ekan, Otabek! Qo‘lingizdan boshqa yeringizda 
jarohat yo‘qmi? 
— Yo‘q. Bo‘ksam ustiga bir oz xanjar uchi tegib o‘tkan bo‘lsa ham ahamiyatsiz. 
— Xudoga shukur, Otabek! Sizning bu ishingizdan qayin otangizning xabari bor edimi? 
— Yo‘q edi. Bu ishni hozirg‘acha bir o‘zim va bir tangri bildi. Endi bu sirni 
bilguchilarning uchunchisi siz bo‘ldingiz! 
— Astag‘firulloh! — deb qo‘ydi usta Alim, — raqibingiz Homidni birinchi martaba usta 
Farfi orqaliq tanig‘aningizmi? 
— Birinchi martaba tanishim, — dedi uflab olib  Otabek, — bunga ham sizning bilan 
bo‘lg‘an oshnalig‘im ko‘mak berganlikdan sizga minnatdorlik qilishdan ojizdirman. 
— Sizning aqllar ishonmaslik qahramonlig‘ingizg‘a yuragim qinidan chiqish darajasiga 
yetdi! Otabek, Homidning bu keyingi rejasini qayerdan bildingiz? 
Otabek kuldi. 
— Xudog‘a shukurlar bo‘lsunki, manim tortqan ohlarimni quriqqa yubormay, 
kutmagan yerdan sirni bildirdi. Men sizga hikoyamni boshidan so‘zlab beraymi va yo 
Homidning rejasini bilishimniginami? 
— Boshidan so‘zlangiz, Otabek! — dedi hovliqib usta Alim va ish to‘qish ila mashg‘ul 
Sayfini savzi to‘g‘rashqa buyurdi. 
Usta Alimni hikoya tinglamak uchun hozirlang‘an ko‘rgach, Otabek dedi: 
— Tahoratning sababi yodingizdan ko‘tarildi shekillik! 
— Ko‘tarilgani yo‘q, Otabek, yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik 
ko‘rinadir... Qani, so‘zdan keling! 
Otabek o‘zining chin do‘stig‘a birinchi marta Marg‘i-lon kelishidan tortib hikoyasini 
so‘zlab ketdi. Uning uch yil ichida boshidan o‘tkanlarini bir soatlik vaqtga cho‘zilib, Sayfi 
oshni suzib kelganda yo‘lda uchrashqan Rahmat bilan hikoyasini tugatdi. Usta Alim 
Otabekning yelkasiga qoqib der erdi: — Sizda chin yurak bor, do‘stim. Bu yurakingiz 
bilan hech vaqt dard qolmaysiz, Otabek! Ammo mendan chin ismingizni yashirib 
kelganingiz uchun sizni ayblay olmayman. Biroq jum’a kun kechasi Homid izidan manim 
havlimga kirib, menga o‘zingizni  bildirmay  ketkaningizga  xafa bo‘laman, xudoy 
ko‘rsatmasin bir falokat yuz berganda nima bo‘lar edi? 
Oshdan so‘ng usta Alim shunday fotiha o‘qudi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin