Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
haq taologa qancha shukur qilsak ham ozdir, — dedi va ayvong‘a chiqib tanchaga 
o‘lturg‘ach, Kumushdan so‘radi: — achang kelmadimi? 
Oftob oyim javob berdi: 
— Qattig‘ og‘rib qolibdir, — va so‘radi: — kimlar o‘ldirib ketkanini bila olmadingizmi? 
Qutidor ajabsinib xotinig‘a qaradi: 
— Qiziq so‘z aytasan-a! — dedi. — Bu ishka butun shahar hayron. Qilni qirqqa 
yoradirg‘an donolar ham bir narsa to‘quy olmaydirlar... Ammo manim ko‘nglimga 
keladirgani shulki, bizning molimizg‘a ko‘z olayturg‘an o‘g‘rilar besh-olti kishi bo‘lib, uyni 
teshayozg‘an vaqtla-rida oralarig‘a nizo tushib, bir-birlari bilan pichoq-lashqan bo‘lsalar 
kerak. 
Kumush otasining bu kashfiga qarshi tushdi. 
— Bu gapingiz to‘g‘ri emas, ota, — dedi. 
— Nega to‘g‘ri emas? 
— Negaki, bir-biravlarini o‘ldirishib, bizga zarar ber-masdan quruqqina ketmas edilar. 
— Tong otib qolg‘andir yoki ular ham holdan toyg‘andirlar, — deb javob berdi qutidor. 
— Bu orada Homid nima qilib yuribdir, o‘ziga tuzikkina boy kishi emasmi edi? — dedi 
Oftob oyim, bu vaqt Kumush sekingina onasig‘a qarab olg‘an edi. 
— Homid tiynati buzuq bir yigit edi, — deb javob berdi qutidor. —Ehtimolki, uning 
topqan davlati o‘g‘riliq orqasidadir, kishining davlatiga qarab hukm yurutish qiyin. 
— Xudoyimdan o‘rgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarning 
jazasini o‘zi bergan. O‘g‘rilar teshib oldimg‘a chiqg‘anlarida men nima qilar edim? Oh, 
otajon! Men ajalimdan besh kun burun o‘lar edim. Qizingizdan ajralur edingiz!.. Meni 
g‘aflat uyqusi bosmag‘an bo‘lsa, nega bir gazlik paxsani kesar emishlar va boshimdan 
tuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman. 
Oftob oyim boshini chayqab: 
— Shuni ayt, qizim! — dedi. 
Qutidor: 
— Xudoning qanday hikmatlari bordirkim, shu kecha-kunduzlarda bizning 
tevaragimizda qonli voqi’alar ko‘rila boshladi: bu kun nikoh deganimizda Komilbekni 
hammomda o‘ldirib ketdilar (Kumushbibi yuzida bir yengillik ko‘rildi), kecha uyimiz 
orqasida bir emas, uch kishi o‘ldirildilar. Xudo oxirini baxayr qilsin endi... 
— Inshoolloh, ishning oxiri xayrlikdir, otajon,— dedi Kumush, — chunki bizning 
molimizga ko‘z olaytirib yomon niyat bilan uyimiz orqasini teshkuchilarni yer bilan 
yakson etdirishi istiqbolimizning xayrlik follaridandir, otajon! 
— To‘g‘ri aytasan, qizim, — dedi qutidor. 
Kumush o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshi bilan davom etdi: 
— Bu maqtullar kimlar bo‘lsa bo‘lsin, bizning uyi-miz orqasig‘a yaxshi niyat bilan 
kelguchi kishilar emas va bularni tuproqqa qorishdirg‘uchi ham bizga xayrixoh bo‘lg‘an 
qotil va yo qotillardir... Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham xudo ajrini 
bersin! — dedi. 
Qutidor qizining so‘zini kuchlab tushdi. 
— Bizga yomon niyati bilan qarag‘an bo‘lsalar, xudo jazalarini berdi. Bizga xayrixoh 
bo‘lg‘anlarning ham xayri jazalarini berar, — dedi. 
Kumushbibi bu qo‘rqunch uyda yota olmaslig‘ini bildirgani uchun Oftob oyim 
To‘ybekadan Kumushning buyumlarini ikkinchi uyga tashita boshladi. Qutidor esa butun 
kun mehmonxonasig‘a kelib-ketib turg‘an ko‘ngil so‘rag‘uchi oshna, yor-do‘stlari bilan 
ovora bo‘ldi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin