Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
— Sirrimiz ochildi, albatta hoji tinch yotmaydir. 
— Sirrimiz hali ochilg‘an emas, — dedi ishonch bilan qushbegi, — agar biz shu 
o‘lturgan og‘aynilar boyag‘i gapda sobit qolsaq, sirrimizni yana yashirib ketish mumkin. 
— Masalan? — deb so‘radi Qambar sharbatdor. 
— O‘sha so‘zimiz — so‘z, ittifoqimiz — ittifoqmi? 
Majlis tasdiq ishorasini berib: 
— Albatta-albatta! — deyishdi. 
— So‘z bitta bo‘ladirgan bo‘lsa, — dedi qushbegi, — hojining ishi juda oson, biz hozir 
so‘zni bir joyga yetkuzamiz-da, birimiz hojining oldig‘a borib, masla-hatingizni muvofiq 
ko‘rdik, biz yanglishqan ekanmiz, deymiz. Albatta, hoji ishonadir-da, hech kimga 
so‘zlamay qo‘yadir. Biz bo‘lsak, yeng ichida hozirlik ko‘ra beramiz, ana xolos. 
— Ma’qul gap, to‘g‘ri maslahat! 
— Ma’qullikka ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo gap bu yerdaki, biz aniq ishka bel 
bog‘laymizmi? 
— Bog‘laymiz, bog‘laymiz! 
— Barakalla, — dedi qushbegi, — ma’lum bo‘la-dirki, hammamiz ham yakdil ekanmiz, 
endi boshqa gapka o‘tsaq ham bo‘ladir. 
— Xonni ko‘ndirib bo‘larmikin? — deb so‘radi Qosim mingboshi. 
Qushbegi kuldi: 
— Xon ko‘ngan hisob, — dedi. 
Bu gap majliska uncha onglashilmadi shekillik, ajablanib bir-birlariga qarashdilar. 
— Izoh, qushbegi, izoh! 
Qushbegi izoh berdi: 
— Men xonni Toshkanddan jo‘natish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni bir 
daraja arz qilib o‘tkan edim, — dedi, — bu fikrim xonga juda ma’qul tushkan bo‘lsa 
kerak, so‘zimni e’tibor bilan tinglab turdi va javobida: «Yaxshi. O‘ylashib, tadbirlari bilan 
menga fikringizni yozing, men ham o‘ylab ko‘rarman», dedi. Menga qolsa bu to‘g‘rida 
bizdan xabar kutib xonning uyqusi ham kelmay yotqandir: bizga faqat ishning o‘naqayini 
topib xondan tasdiq etdirishgina qolgan. 
— Xon tayyor ekan bo‘lmasa, — dedi kulimsirab Qambar sharbatdor. 
— Tayyor ekan, tayyor ekan! 
Shundan keyin ishning o‘naqayi to‘g‘risida muzokara va mubohasa boshlandi. Har kim 
bir turlik fikr bayon qilib, uzoq bosh og‘ritdilar va natijada xonga quyidagi noma yozildi: 
«Tojdori musulmonon, xoqon ibni xoqon shahan-shohi navjuvon, toji sari xushbaxton 
huzuri humoyun oliylariga arzi ubudiyat adosidan so‘ngra biz faqirul-haqir sadoqatpeshai 
benazir qullaridin arzi bandalik shuldurkim, navkarlari doimulavqot ul janobga qipchoq 
xaloyiqi beparxezidin birar osibi yetarmu deb harosidadirmiz. Va yana ul haromzoda 
sahroyilarning ro‘yi zamindin taroshlamay turib, ul janobi oliyning ta’mini amniyatlari 
ham biz qullaricha ko‘b xavfu xatar ostida bo‘lg‘andek taxmin qilinadir. Shul mulohaza 
va andishalar ba’dida biz Toshkand qullaridin bir nechalarimiz bir yerga jam’ bo‘lishib, 
duru-daroz tafakkur va tahayyurlar so‘ngg‘ida azbaroyi ul shahanshohning ko‘b 
zamonlar boshimiz soyabon bo‘lmoqlari umidida bar taqdir ul tojdorning xotiri otir daryo 
muqotirlariga pisand tushib ijobat og‘oz qilsalar, bir ma’nini xo‘b va sadoqat maqosidig‘a 
mahbub deb bildik. Andog‘ki, ul xaloyiqi g‘assoblarni o‘n besh sinni solidin bolig‘ va 
yetmish yoshidin quyi har bir erkak zotini bilotarahhum qatli om qullaricha sazovordir va 
illo ul murtaddin badtar jobir
0
 va bexiradlardin janobi tojdorg‘a xarro‘z balki har soat 
xavf bordir. Ammo bul taqrirni o‘shal muayyan qatli om soati yetmag‘uncha har bir 
bexirat va bog‘iy bo‘lmog‘i yaqin majhul odamlardin po‘shida tutilmog‘i marjudir. Va 
lekin ul tojdor bir soati sa’idi muzaffarni muayyan aylab qalamravlaridagi barcha shahar 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin