Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

2. QORONG‘I KUNLAR 
Otabek Marg‘ilondan qaytib kelgandan keyin o‘n kunlar o‘tkazib usta Alimdan bir xat 
olg‘an edi. Usta Alim xatida qutidorg‘a uchrashqanini hamma mayda-chuydalarigacha 
yozib kelib aytar edi: «Siz xiyonatni payqag‘uncha qayin otangizg‘a qandog‘ kina saqlab 
kelgan bo‘lsangiz, ul ham sizga o‘shandog‘ kinalik ekan. Meni va oilamni tahqir etdi deb, 
bu haqoratni umr bo‘yi unuta olmasligini tushunib, o‘t ichida yurar ekan. Mendan 
haqiqati holni onglab juda shoshib qoldi, hatto hushi boshidan uchdi. Ichkaridan aniq 
ma’lumot bera olmasam ham, ammo ularning ham qayin otangiz holig‘a tushkanlarini 
mulohaza qildim. Qayin otangiz sizning o‘tkan holingizning og‘irligini tasavvur 
qilolmag‘anidek, dushmanlaringizga bergan javobingizni taqdir etish uchun ham so‘z 
topolmas edi. Har holda orangizdag‘i kinaning dushmaningiz bilan birga supirilg‘aniga 
shubha yo‘q”. 
Maktubning yana bir o‘rnida: «Sizning qayerda bo‘lg‘anlig‘ingizni so‘rag‘an edi, men 
bilganimni aytdim. Kelarmikin degan edi, bunga ham o‘zingizning o‘shal muhmal 
javobingizni berdim. Fikrimcha, qishda bo‘lmag‘anda ham, ko‘klamga chiqib o‘zlari 
Toshkand tusharlar, deb o‘ylayman”. 
Xatning oxirida: «Sizdan bir kun so‘ng Homid o‘ldi. Haytovur bir og‘iz so‘zsiz to‘ng‘iz 
qo‘pibdi. Men o‘lar chog‘ida ham sizga bir tuhmat to‘qirmi, deb qo‘rqqan edim. 
Qutidorg‘a hech bir jarima ortmabdirlar. Maqtul-larning egalari hech kimni tutib 
ko‘rsatolmag‘anlari uchun mahkamalar ham ishni tekshirmay qo‘ydilar. O‘ylashimcha, 
hech kim bilmaganda ham, sirni o‘lgan Sodiqning onasi bilsa kerak edi. Ammo uning 
ham dami ichida, so‘rag‘anlarg‘a xudodan ko‘rdim, deb javob berar emish. Bul xotinning 
qo‘lidan har bir ish keladir deb o‘ylab, o‘tkan kun qayin otangizg‘a aytdim: begona 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin