Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
— Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonliq kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborish 
va bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi? 
— Albatta shundog‘! 
— Mana bu harakatingni o‘rinsiz chiranish, deydilar. Nega desang, bilfarz o‘g‘lingni 
oldingg‘a olsangda, undan so‘rasang «qaysi xotining bilan bo‘lishni xohlaysan? 
Xohlamag‘aningni qo‘y», deb. Ana shu vaqtda o‘g‘ling nima der edi? Nima deyishini 
o‘zing ham yaxshi bilsang kerak, xotin! 
— Bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliq-ning domlasi kuchlik. O‘g‘lim 
bechoraning boshini aylantirib, ko‘nglini xippa o‘ziga bog‘lag‘an. 
Yusufbek hoji o‘zini kulgidan yana to‘xtata olmadi: 
— Yaxshi, — dedi, — sen ham-ku uch yildan beri Toshkanddagi hamma 
domlaxo‘jalarning eshigiga birma-bir kirib-chiqding. Bas, sen ham nega o‘g‘lingning 
ko‘nglini Zaynabka xippa qilib bog‘lay olmading? 
O‘zbek oyim erining bu savolidan hayron bo‘lib turmadi: 
— Marg‘ilonlikning domlasi sihirchi hindi edi. Men bo‘lsam, bu yerdan hindi domla 
topa olmadim. 
Hoji endi kulmadi. Chunki xotinining holiga achina boshlag‘an edi. 
— Bundog‘ aqlsiz ishlarni qo‘yayliq, xotin, — deb muloyimona so‘zlab ketdi, — bir oz 
aqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir. Modomiki, ikkimizning 
yolg‘iz ishonchimiz shu o‘g‘limiz ekan va uning sog‘liq, shodlig‘i bizning tirikligimizning 
tiragi ekan, bas, bizga lozimi uning xursandlig‘i nima bilan bo‘lsa, shuni axtarishdir. Men 
yaxshi bilamanki, sen bu ishlarni faqat o‘g‘lingni ayag‘aningdan qilasan va senda 
shundan boshqa hech bir maqsad yo‘q, bu tarafdan qarag‘anda seni ham ayblab o‘lturish 
oson emas... Shuni yaxshi bilg‘ilkim, o‘g‘lingning oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab turishi 
seni xafa qilsa, meni ham sendan battar achchig‘imni qistatar, hatto ba’zi kezlarda so‘kib 
yubo-rish darajalarigacha borib qaytar edim. Ammo sening jahlingni chiqarib kulishim 
bo‘lsa, faqat «o‘lganimdan kulaman, yuzimni yerga suraman» qabilidan bo‘lib, bunga 
sen tushunmas eding. Nihoyat sen aytkandek jonim hiqildog‘img‘a yetdi-da, o‘g‘lingni bu 
gal Marg‘i-long‘a borma, deb yo‘ldan qaytarib qolg‘uchi ham men— o‘zim bo‘ldim... 
O‘zbek oyim boshini tervatib so‘zni eshitib kelar edi. Bu keyingi so‘zni eshitkandan 
keyin boshini ko‘ksigacha yetkuzib, «barakalla, rahmat» degandek qilib qo‘ydi. 
Hoji davom etdi: 
— Manim bu to‘xtatib yubormay qo‘yg‘animdan xabarsizlig‘ing uchun bo‘lsa kerak, 
ko‘ngling dom-laxo‘janing duosiga ketib qoldi va men sening so‘zingdan kuldim. Chunki 
haqiqatda buning sababchisi o‘zim edim... 
O‘zbek oyim eridan o‘pkaladi: 
— Nega axir meni xabardor qilmaysiz? 
— Bu to‘g‘rida menda ham ayb bor, — dedi hoji, — sen bilan o‘zimning muddaolarimiz 
bir, deb o‘ylag‘anim uchun Otabekni koyib to‘xtatqanimdan so‘ng seng‘a kengash 
olmasdanoq qudalaringga bir xat yozg‘an va kelin bolani Toshkandga olib kelishlarini 
so‘rag‘an edim. Haytovur so‘zimni yerda qoldirmag‘an o‘xshaylar, bu kun qudadan bitta 
javob xati oldim. Aqlli kishilarning sadag‘asi ketsang ham arziydir: «Shu choqqacha 
sizlarga ayttirmasdanoq ziyoratlaringizga borishimiz kerak edi. Xatingizni o‘qub 
nihoyatda xijolat chekdik, ayniqsa kelin bolangiz bek oyimg‘a qaysi yuz bilan qarayman,  
deb  yuzini  yuldi.  Bu  adabsizligini  borg‘andan so‘ng albatta yuziga solmaslar, deb 
ishonamiz», deydir... 
O‘zbek oyim eriga anqayg‘ancha qarab turar edi. Haqiqatan ham hojining ustalig‘i 
O‘zbek oyimdek dumbul tabi’atlik xotinlarni gangitarlik edi. 
Ul xotinining javobini kutib o‘tirmasdanoq, tom ustiga tom yopa bordi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin