Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Homid kavlana boshlag‘andanoq qo‘rboshining ustidan sovuq suv sepilgan edi. Ul 
oltinlarni yonig‘a solib joylag‘ach, tovush ham eski holiga qaytib, so‘zlar ham muloyim 
tortdi. 
— Demak, nozik joy edi, degin Homidboy. 
— Taqsir... 
— Badbaxtlar shunday maslahat qildilarmi hali? 
— Taqsir... Bu ishning oldini olinmasa natija yomon albatta. 
— Albatta, biz o‘sha buzuqilarning jazolarini berarmiz... Men hozir borib bekka arz 
qilay, shu kechadan qoldirmay qo‘lg‘a olamiz muttahamlarni, — dedi qo‘rboshi. 
Homidning chehrasi ochilib ketkan edi. Qo‘rboshi o‘zining imo va ishorasiga 
o‘tkanlikdan uning ko‘zida o‘ch olish quvonchlari va undan keyingi Homidning o‘ziga 
ma’lum bo‘lg‘an bir baxt umidlari o‘ynar edilar. Qo‘rboshi tokchadan davot, qalam olib 
oldig‘a qo‘ydi-da, yozuvg‘a hozirlanib so‘radi: 
— Ayt-chi, Homidboy, muttahamlar kimlar edi? 
— Bittasi toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘li — Otabek. 
Qo‘rboshi yozdi: 
— Ha-ha! Hali Yusufbek hojining o‘g‘li degin. Bizning Marg‘ilonni ham qong‘a 
botirmoqchi ekan-da, muttahamlar, ikkinchisi? 
— Shu kunlarda Otabekka qizini bergan marg‘ilonlik Mirzakarim. 
— Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan, uchinchisi? 
— Otabekning quli — Hasanali. 
— To‘rtinchisi? 
Homid bir oz o‘ylab javob berdi: 
— Bilmadim... Hozir Marg‘ilondami, yo‘qmi, andijonlik Akram hoji. 
Qo‘rboshi yozdi: 
— Ish katta ekan, tag‘in? 
— Endi yo‘q, taqsir, — dedi Homid va so‘ziga shuni ham qo‘shdi, — Otabek bilan 
Mirzakarim qo‘lg‘a olinsalar ilonning boshi yanchilgan hisoblanib, o‘zgalarning qo‘lidan 
ish keladirgan odamlar emas, taqsir. 
Qo‘rboshi yozuvni bitirib qo‘yniga tiqdi — «Bo‘l-masa ish bitdi, ertaga erta bilan 
mojaroni eshitarsan», — dedi. Homid o‘rnidan turib qo‘rboshig‘a qulliq qilib chiqdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin