Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
solmoqdadir. Birodari aziz, siz manim bu so‘zlarimdin xafa bo‘la ko‘rmangiz, zeroki, 
faqiringiz bu so‘zlarni bir yo‘sin kelish vajhidin yozib o‘tdimiz. Dunyo orzu-havas uyi 
derlar. Yuqorida bayon qiling‘anidek va o‘zlari bilganlaridek, ayniqsa qudachalarining 
dunyoga kelib kutkani shu yolg‘iz o‘g‘ulning orzu-havasidir. Janoblari bul ishka haq 
berurlarmi, yo‘qmi, ammo azizlarning ruxsatlarini olmasdanoq Otabekni Toshkanddan 
ham taalluqdor qilmoqchi bo‘lib, bul ma’niga ba’zi harakatlarini qilib qo‘ygan erdik. 
Ammo bizlarning bul ra’yimizga o‘g‘lingiz qarshi tushib harchand rad qilsa ham 
nihoyatida onasining so‘zini yerda qoldirmasliq uchun qabul qilg‘an erdi. Ammo bul 
to‘g‘risidag‘i siz janoblarining ruxsatlaringiz ba’dida javob bermakchi bo‘lib, xizmatlariga 
ketkan erdi. Siz hurmatlular bul ma’nini savob toparsizlarmi-yo‘qmi, bu jihati yana 
marhamatlaringizga bog‘liqdir. Bu maktubni yozishdan qasdimiz shulkim, Otabekning u 
ikkinchi taalluqqa aslo ra’yi bo‘lmay va yana sizlarga aytmay bul tarafda bizlarni xijolat 
chekdirib qo‘yarmi, deb o‘yladiq. Burodari kiromi, siz dunyo ko‘rgan bir kishisiz, 
onasining bu talabini xo‘b mulohaza qilib ko‘ringiz, bu to‘g‘ridag‘i ra’yi o‘g‘lingizga 
qarag‘anda ham faqirlaricha sizlarda bo‘lg‘ani vajhidin albatta ko‘ndirishka sa’y va 
ko‘shish qilursiz, deb ishonamiz. Otabekning ikkinchi taalluqi to‘g‘risida kelin bolamizg‘a 
bildirilmasa xo‘b erdi. Bizlarning xursandchiliklarimiz yo‘lida Otabek bilan birga Toshkand 
tushib, o‘z qo‘llari bilan to‘yimizni o‘tkazishingizga ishonib Yusufbek hoji va qudachalari. 
17-nchi savr oyida 1265-inchi hijriyada yozildi». 
Qutidor xatni o‘qub bitirdida, xotinig‘a qaradi. Oftob oyimg‘a bu xat muzlik suvga 
sho‘ng‘utib olish ta’sirini bergan va o‘lturgan yerida sirra bo‘lib qotib qolg‘an edi. Otalar 
uchun bundog‘ gaplar unchalik yomon ta’sir bermasa-da, xotinlarg‘a qanday asar qilishi 
bilgulukdir. Oftob oyim uchun go‘yoki qizining birar aybi uchun bu ishka majbur 
bo‘ling‘andek, Kumush esa endi eriga suyumsiz, ishdan chiqg‘an va burchakka tiqilg‘an 
uvadadek bo‘lib ko‘rina boshlag‘an edi. Maktubni eshit-kan quloqlari yanglish 
eshitkandek bo‘lar edi. 
— Tag‘in o‘qub ko‘ringiz-chi... 
Qutidor xotinining so‘zidan kuldi: 
— Qaytarib o‘qishning foydasi yo‘q, xatning maqsadi san onglag‘andek, — dedi. 
Oftob oyim boshi yanchilg‘an ilondek to‘lg‘andi: 
— Qizim ustiga kundash?! 
Qutidor qafaska yangi soling‘an qushdek urinmakka olg‘an xotinini bosmoq bo‘ldi: 
Ortiqcha urinma, ilgari haqiqatka tushun-chi... 
— Haqiqati nimasi? 
— Bunda gap bor. 
— Nima gap bor? 
— Agar bu ishda kuyavingning ham izi sezilganda edi, san emas man ham bu gapka 
chidamas va qizim ustiga tushkan bu og‘ir masalani tinchlik bilan qarshi olmas edim. 
Ammo bunda kuyavingning ishtiroki ko‘rilmay, shuning ila manim damim kesilib qoldi. 
Hali uning qizingg‘a: «Mundan keyin Toshkand bormayman», deb aytkanini so‘zlab 
eding-a? 
— Yolg‘onmi, chinmi, — dedi Oftob oyim tilar-tilamas, — eshitkandek bo‘lg‘an edim. 
— Eshitkandek bo‘lg‘an bo‘lsang ham bu so‘z chindir, — dedi qutidor, — nega desang, 
xatining mazmunidan ham onglashiladirkim, bu ikkinchi uylanishka Otabek butunlay 
qarshi bo‘lib, faqat bu gap qudala-ringninggina ishlaridir. Shuning uchun kuyavingning 
uylanishini qizing ustiga chin ma’nosi bilan kundash deb bo‘lmaydir. 
Oftob oyim kutmagan joyda qutidor tamoman Otabekni ikkinchi uylantirish tarafida 
turib so‘zlar va o‘lganning ustiga chiqib tepar edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin