Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
yonig‘a kirgizmayoq qo‘yadir. Ikkinchi va uchunchi haftalarda o‘choqboshini o‘z qo‘lig‘a 
olib kundashini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. Nusratbek 
bo‘lsa ko‘chaga chiqg‘anda beklik da’vosini qilib, uyiga kirganda Xushro‘ybekka mute’. 
Bechora katta xotin Xushro‘yning doimiy hujumiga mahkum qolib, eridan loaqal ikkita 
go‘daklari yuzi uchun bo‘lsin marhamat ko‘rmay azoblanadir. Ikkinchi oylardan boshlab 
Xushro‘y kundashini bo‘g‘ib urish odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini 
alafdek yulib olishdan ham tortinmaydir. 
Tamom jonidan to‘ygan bechora kundash uchunchi oyg‘a chidab borolmay eridan 
taloq so‘raydir. Noiloj Nusratbek ham unga javob berishka majbur bo‘ladir. Alamzada 
bechora ikki go‘dakni eriga tashlab ketmakchi bo‘lg‘anida Xushro‘ydan ochiqchasig‘a shu 
gapni eshitadir: «Itdan bo‘lg‘an qurbonliqqa yaramas! Bolalaringdan umidingni uzgan 
bo‘lsang, itbachchala-ringni bu uyda qoldir!» Xushro‘yning og‘zidan chiqg‘an bu tahdid 
bechora onaning yuragini uyushdiradir. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu ishdan ham 
toymaslig‘ini aniq bilib, yig‘lay-yig‘lay bolalarini o‘zi bilan birga olib ketadir. 
Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolg‘an bir oilani ildizi bilan yulqib tashlab 
tinchiydir. Mundan boshqa Nusratbek kabi bir odamni ham o‘z ishoratiga qaratadir. 
Endi yetti-sakkiz yil bor, ul o‘z kayficha yashab ke-ladir. Har narsadan ham mamnun
biroq... Shuncha muddatdan beri ona bo‘lolmag‘anidan xafa, hamma qayg‘u hasrati ana 
shu tug‘masliqda. Mundan ikki yilcha burun eri Nusratbek: «Olti yildan beri tug‘maysan, 
ko‘r-satmagan tovuping qolmadi. Endi nima qilamiz?» deb kulgan edi, Xushro‘y erining 
maqsadi nima ekanini payqab: «Bolasiz kishi dunyoda turolmaydirg‘an bo‘lsa, bir oz 
zaharni boshlab sizga beraman, undan keyin o‘zim yeyman!» dedi. Shundan keyin 
Nusratbek mundog‘ gapni ikkinchi gapirmay qo‘ydi. Darhaqiqat, Xush-ro‘yning bu so‘zini 
hazil deb bo‘lmas edi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin