Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
Otabek Kumushning bosh tomonig‘a o‘lturdi. O‘zbek oyim fotiha o‘qudi. So‘ngra 
chaqaloqni Otabekka yaqinlashdirib, — toychog‘imning ko‘rmanasini chiqar, dadasi. — 
Otabek qizarib bolag‘a qaradi, Kumush yuzini yana ko‘rpaga yashirib oldi. 
— O‘zingiz tuzikmisiz? 
— Shukur... 
— Qiynalibsiz, deb eshitdim... 
— Tug‘moq hazilmi senga, — dedi O‘zbek oyim. 
Kumush Otabekni o‘ziga imladi va qulog‘ig‘a shivirladi: «sizning gunohingizga...» 
— Xo‘rak qildingizmi? 
O‘zbek oyim: 
— Kechadan beri ichiga issig‘ kirgani yo‘q. Zaynabka aytay sutlik atala qilib bersin, — 
dedi. 
— Albatta! — dedi Otabek va onasig‘a bir tilla so‘yinchi bergandan so‘ng xotirjam’lik 
bilan uydan chiqdi. 
Tushlikdan keyin Otabek mehmonxonada kitob mutolaa qilur, dahlizda Hasanali 
uzilgan ot asboblarini ulab tikar, Hoji masjidgami, boshqag‘ami ketkan edi. Shu vaqt 
ichkaridan Oybodoq chiqib Otabek yonig‘a keldi: 
— Bek, siz uyga kirib chiqar emishsiz, — dedi. 
Otabek kitobni belguluk qilib yopdi: 
— Tinchlikmi? 
— Tinchlik... darrav kiring-chi! 
Otabek Oybodoq bilan ketma-ket ichkariga kirdi. Zaynab rangi o‘chkan holda 
Kumushning uyidan chiqib kelar edi. 
— Nima gap? — deb undan so‘radi Otabek. 
— Bilmadim, — dedi, — opam ko‘ngillari aynab qusyaptilar... 
Otabek eshik yonig‘a kelgandan so‘ng uydan bir necha xotin paranji yopinib chiqdilar-
da, ul uyga kirdi. O‘zbek oyim jom ushlag‘an, Kumush jomga o‘qchib qusar edi. 
— Nima bo‘ldi? 
Kumush javob beralmadi. 
— Bilmadim... boyatdan beri to‘xtovsiz qusyapti, — dedi O‘zbek oyim. Qusib 
charchag‘an Kumush holsiz-lanib boshini yostiqqa tashladi. O‘qchib yoshlang‘an ko‘zlari 
bilan eriga qarab oldi. 
— Yoqmaydirg‘an xo‘rak bergansiz. 
— Yoqmaydirg‘an hech narsa yegani yo‘q, — dedi onasi,— o‘sha ataladan boshqa 
xo‘rak qilmadi. Undan ham yarim kosagina ichdi. Qolg‘ani ana tokchada... 
O‘zbek oyimning gapi tugamasdan Kumush yana jomga intildi. Otabek uning boshini 
tutdi. 
— Tabib aytdiraymi? 
— Aytdir. Manim ham ko‘nglimga shu kelib turgan edi. 
Otabek Kumushning qusug‘i bitkuncha turdi-da, so‘ngra yugurib tashqarig‘a chiqdi. 
Hasanali hanuz boyag‘i ishda edi. 
— Ota, siz yugurib tabibga boring-chi! 
Hasanali ishini tashladi: 
— Nima gap? 
— Keliningiz boyadan beri qusar emish. 
Hasanali tabibga yugurdi. Otabek qaytib uyga kirdi. Chaqaloqni Zaynab ko‘targan, 
Kumush hamon qus-moqda... Kumush holsizlanib o‘zini yostiqqa oldi. Qovoq ostlari 
ko‘kargan, yonig‘a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi. 
— Tuzikmisiz? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin