www.ziyouz.com кутубхонаси
41
MIRZAKALON ISMOILIY (1908—1986) San’atkor yozuvchi, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yili Qirg’izistonning O’sh
shahrida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng u
bolalar uyida tarbiyalandi. Toshkentga kelib Erlar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928-1930
yillarda O’rta Osiyo dorilfununining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.
Toshkent kinostudiyasi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil O’zbekiston»,
«Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda O’zbekiston Davlat nashriyotida xizmat qildi.
U rus adabiyoti klassiklaridan M. Yu. Lermontov, A. P. Chexov, L. N. Tolstoy, A. M.
Gorkiy, M. A. Sholoxov asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan ko’plarini o‘zbek
tiliga o‘girdi. Uning tarjimalari o’zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Yozuvchining 1927 yilda bosilgan «8 Mart» p’esasi o‘zbek xotin-qizlarining ozodlik
uchun kurashini aks ettirdi. U 1942—1947 yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilib,
fashizmga qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatdi.
Adib Ulug’ Vatan urushidan keyingi yillarda yaratilgan «Farg’ona tong otguncha»
(1958, 1967) trilogiya-romanida oktabr to‘ntarishi arafasidagi o‘zbek
mehnatkashlarining og’ir hayoti va ma’rifat sari intilishini ulug’ladi. Roman g’oyaviy,
badiiy jihatdan o‘zbek prozasi yutuqlarini mujassamlashtirdi. M. Ismoiliy «Bizning
roman» (1963) asarida yoshlar hayotini aks ettirdi.
Mirzakalon Ismoiliy «Odamiylik qissasi» (1965) kabi axloq-odob normalari tantanasini
madh etuvchi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirishga o‘z
ulushini qo‘shdi. U 1986 yilda vafot etdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
42
HAMID OLIMJON