Mijoz buxgalteriya hisobi bo’limining tashkiliy tuzilmasi va uni o’rganish Tayyorladi: Valiyev Eldor


Korxona hisob siyosatini o’rganish



Yüklə 11,2 Kb.
səhifə3/3
tarix22.09.2023
ölçüsü11,2 Kb.
#147219
1   2   3
Mijoz buxgalteriya hisobi bo’limining tashkiliy tuzilmasi va uni-hozir.org

Korxona hisob siyosatini o’rganish


  • № 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq hisob siyosati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to’plamini ifodalaydi.

  • Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan №1 BHMS asosida tuzilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuvchan, hamda boshqa aloqador BHMS lar asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim.

  • Hisob siyosatini shakllantirish va unga rioya qilinishi masalalari auditning ahamiyatli sohalaridan bo’lib, buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Shu boisdan hisob siyosati buxgalteriya hisobi va hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning barcha bosqichlarida auditni rejalashtirishdan to auditorlik xulosasini tuzgunga qadar muhim tekshiruv ob’ekti bo’lib hisoblanadi.

  • Hozirgi paytgacha ishlab chiqilgan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan ko’pchiligida tekshiriladigan korxona faoliyatini tartibga soladigan, asosiy hujjatlardan biri sifatida hisob siyosati to’g’risida so’z yuritiladi.

  • Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog’ida hisob siyosati bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoillarini va tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o’rganish hamda baholashdan iborat. Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.

  • Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:

  • tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);

  • buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;

  • tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;

  • hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;

  • quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.

  • Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:

  • hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari;

  • hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob siyosatidagi o’zgarishlar;

  • hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to’xtatish, bitta aktsiyaga yoki 1 so’mlik paytga to’g’ri keladigan foyda.

  • Ushbu ma’lumot manbalarini o’rganish va tahlil qilish natijasida mijoz-korxona ma’muriyatining hisob siyosatini shakllantirish hamda uni bajarishga yuzaki yondashmayotganligini aniqlash (baholash) zarur. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish) va uning bilan bog’liq bo’lgan, o’z vaqtida chiqarilgan va to’g’ri rasmiylashtirilgan farmoyish hujjatlarining mavjudligi - hisob siyosatidan korxonani boshqarish mexanizmi sifatida foydalanilayotganligi haqida etarli darajada guvohlik bera olmaydi. Masalan, har xil foyda solig’i stavkalarini qo’llaydigan faoliyat turlari bilan shug’ullanadigan korxonalar ushbu soliqni eng yuqori stavka bo’yicha hisob-kitob qilgan.


http://hozir.org
Yüklə 11,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin