Mikrobiologiya (mikro va biologiya)



Yüklə 149,09 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.07.2023
ölçüsü149,09 Kb.
#138069
Mikrobiologiya - Vikipediya



Mikrobiologiya
Mikrobiologiya (mikro... va biologiya) —
mikroorganizmlar haqidagi fan. M.
viruslar, barcha prokariotlar va
mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali
hayvonlar, suvoʻtlar, ayrim
zamburugʻlar)ni oʻrganadi.
Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683)
birinchi marta ko'rgan va tavsiflab
bergan. Nemis olimi O. Myuller (1786) ilk
bor mikroorganizmlarni sistemaga
solishga uringan. Mikroorganizmlar


haqidagi maʼlumotlar bir qancha rus
olimlari (I.Belyayev, I. Kulabin, M. M.
Terexovskiy va boshqalar)ning ishlarida
ham uchraydi. Lekin M. fan sifatida faqat
19-asrning 2-yarmida, asosan, fransuz
olimi L. Paster ishlari taʼsirida shakllana
boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy
jarayonlar, jumladan, har xil bijgʻishlarni
mikroorganizmlar faoliyati bilan
bogʻliqligini isbotlab berdi; yuqumli
kasalliklarni mikroblar paydo qilishi
toʻgʻrisidagi gʻoyani himoya qildi;
mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo
boʻlishi toʻgʻrisidagi gipotezani inkor etdi;
anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning
maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning
yaratilishi, mikroorganizmlarning sof


kulturasiga boʻlgan qatʼiy talablar va
kasallikning muayyan mikroorganizmga
bogʻliqligini aniqlash mezonlarining
ishlab chiqilishi bilan qisqa vaqt
davomida koʻpchilik kasalliklarning
qoʻzgʻatuvchilari kashf etildi. L.
Pasterning mikroorganizmlarning
tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi
gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch.
Vinofadskiy va M. Beyerink
rivojlantirishdi. Ular tomonidan
mikroorganizmlarning elektiv kulturasi
(bitta organizmning rivojlanishiga sharoit
yaratish) metodining ishlab chiqilishi va
moddalarning biologik aylanishi
jarayonida ishtirok etadigan
mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib


berilishi bilan eksperimental M. rivojlana
boshladi.
M.ning asosiy oʻrganish obʼyektlari
bakteriyalar, achitqi zamburugʻlar,
aktinomitsetlar va viruslar hisoblanadi.
Lekin M. metodlaridan zamburuyelar va
boshqa mikroorganizmlarni hamda
yuksak tuzilgan koʻp hujayralilar
hujayralarini oʻstirishda ham
foydalaniladi. Zamonaviy M. bir qancha
mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat
(texnik) M. ogʻir, yengil va, asosan, oziq-
ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan
zararkunanda hamda oziq mahsulotlarini
ishlab chiqarish da foydalaniladigan
mikoorganizmlarning faoliyati va biologik


xususiyatlarini oʻrganadi. Sanitariya
M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar
sifatini nazorat qilish, kasallik
tugʻdiruvchi mikroorganizmlar
tarqalishining oldini olishdan iborat.
Umumiy M. mikroorganizmlar
morfologiyasi, fiziologi-yasi, biokimyosi,
genetikasi, sistematikasi va ularning
tabiatdagi ahamiyatini oʻrganadi.
Yashash muhitiga koʻra umumiy M.
tuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik
M.ga ajratiladi. Tuproq, yaʼni qishloq
xoʻjaligi M.si tuproq mikroorganizmlari
tarkibini, ularning oʻsimliklar qoldigʻini
oʻzlashtirishda va oʻsimliklar paraziti
sifatidagi ahamiyatini oʻrgatadi.
Ekinlarning mikroorganizmlar paydo


qiladigan kasalliklariga, qishloq xoʻjaligi
zararkunandalariga qarshi kurashning
mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi.
Geologik M. mikroorganizmlarning
geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini
oʻrganadi. Suv M.si shoʻr va chuchuk suv
mikroflorasining son va sifat tarkibini
oʻrganadi, ichiladigan suvning sifatini
nazorat qiladi. 1965-yildan kosmik M.
rivojlana boshladi. U bir hujayrali
organizmlarning kosmik fazodagi hayot
faoliyatini oʻrganmoqda.
M. obʼyektlari va jarayonlaridan
zamonaviy texnologik M., yaʼni biotex-
nologiyada keng foydalaniladi.
Zamonaviy M. mustaqil metodologiyaga


ega boʻlgan, lekin oʻz tadqiqotlarida
fizikkimyoviy biol., sitologiya, genetika va
boshqa fanlar qoʻlga kiritgan yutuqlardan
foydalanadigan mustaqil fan hisoblanadi.
Oʻzbekistonda mikrobiologik tadqiqotlar
20—30-yillardan boshlandi. 1947-yilda
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Zoologiya va botanika institutlari qoshida
mikrobiologiya lab. tashkil etildi. Lab.da
tuproq unumdorligini oshirish, silos
tayyorlash, oqova suvlarni tozalash,
oʻsimlik va hasharotlarning virus
kasalliklari ustida tadqiqotlar olib borildi.
Tadqiqotlar, ayniqsa, 1977-yilda
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituti


tashkil etilganidan soʻng kengayib ketdi.
Bu davrda Oʻrta Osiyo mikroflorasini
aniqlash va oʻrganish (M. E. Mavloniy),
vino tayyorlashda foydalaniladigan
achitqilar sifatini yaxshilash (X.
Abdurazzoqova, N.B.Egamberdiyev, Sh. I.
Hakimova), mikroorganizmlardan
oʻsimlik qoldiqlari va sanoat
chiqindilaridan yem-xashak tayyorlashda
foydalanish (J. Toshpoʻlatov, T. D.
Jamolov), mikroorganizmlar orasidagi
antagonistik munosabatlarni va ular
ishlab chiqaradigan antibiotiklarni
oʻrganish, ulardan oʻsimliklarni himoya
qilishda, chorvachilikda (S. A. Asqarova,
S. M. Hojiboyeva, M. Q. Qutliyev, S. B.
Boʻriyev) foydalanish hamda sabzavot,


poliz, texnika va boshqa qishloq xoʻjaligi
ekinlarining bakteriya, zamburugʻ va
viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklari (Ye. T.
Dikasova, M. I. Isamuhamedov, A. H.
Vahobov) ustida keng miqyosda tadqiqot
olib borildi. Bir vaqtning oʻzida
mikroorganizmlarning geokimyoviy
faoliyatiga oid ishlar amalga oshirildi.
Tarkibida oltin, mis va boshqa elementlar
kam boʻlgan rudalardan elementlarni
mikrobiologik yoʻl bilan ajratib olish
texnologiyasi ishlab chiqildi (P. T.
Malaxova, M. F. Sagdiyeva). Qishloq
xoʻjaligi va sanoat korxonalaridan
chiqadigan oqova suvlarni mikrobiologik
usul yordamida tozalash (J.Q. Qutliyev, R.
Sh. Shoyoqubov, S. B. Boʻriyev), gen va


hujayra muhandisligi usullari yordamida
yengil va oziq-ovqat sanoatlari, qishloq
xoʻjaligi va farmakologiya uchun zarur
boʻlgan oqsillar, fermentlar, vitaminlar,
biologik oʻgʻitlar sintez qilish, shifobaxsh
sutqatiq tayyorlash biotexnologiyalari
joriy qilindi (A. F. Xolmurodov, A. S.
Rasulov, P. Yu. Yusupov, I. J.
Jumaniyozov, T.F. Gʻulomova, D. K. Ogay).
Bu tadqiqotlar tufayli virus — zamburugʻ
— oʻsimlik sistemasida zamburugʻning
kasallik qoʻzgʻatish xususiyatidagi
oʻzgaruvchanligini aniqlashda
mikovirusning ahamiyati ochib berildi (J.
Safiyazov). Mikroorganizmlarda fiziologik
faol birikmalarning hosil boʻlishi va ularni
ishlab chiqishni boshqarish yoʻllari


oʻrganildi. Nikotinamidadenindinukleotid
(NAD) ishlab chiqaradigan mahalliy
zamburugʻlar topildi va ular sintezining
ayrim biokimyoviy mexanizmlari
aniqlandi (A. F. Xolmurodov, T. Gʻ.
Gʻulomova). Sellyupatik fermentlar
preparati va oqsilga boy oziq moddalar
olish texnologiyasi ishlab chiqildi (K. D.
Davronov, 3. R. Axmedova).
Sianobakteriyalarni yemiradigan faglar
aniqlandi (M. M. Murodov). 50 yillik
tadqiqotlar natijasida Oʻzbekistonda
birinchi marta mintaqaviy
mikroorganizmlar kolleksiyasi yaratildi.
T i b b i yo t M.ning rivojlanishi A. G.
Grekov nomi bilan bogʻliq. Uning bevosita


ishtirokida Toshkent harbiy gospitali
qoshida birinchi bakteriologik lab. (1917),
Oʻlka bakteriologiya instituti (hozirgi
Vaksina va zardoblar instituti) tashkil
etildi (1918). M.ning zamonaviy
muammolarini ishlab chiqishga A. O.
Obidov, I. M. Muhamedov, M. A.
Mirzayeva, L. G. Bajenov, X. I. Ishoqova,
E. X. Eshboyev, N. A. Nuraliyev va boshqa
katta hissa qoʻshmoqdalar.
Veterinariya M.si sohasidagi tadqiqotlar
Oʻzbekiston Veterinariya institutida olib
boriladi. In-tda samarali faoliyat
koʻrsatgan Sh. T. Rasulov
(qoramollarning trixofitiya — qoʻtir
kasalligi), I. N. Nevskiy, A. A. Volkova, P.


A. Apollosova, P. B. Boboyev, G. N.
Nosirov, I. A. Mazitov (qoʻylarning
anaerob va salmonellyozli, virusli
abortlari), N. K. Siddiqov, I. D. Burlitskiy,
M. B. Boboyeva, A. N. Axmedov
(mollarning kolibakteriozi,
parrandalarning pasterellyoz, pulloroz, tif
va boshqa yuqumli kasalliklariga qarshi
veterinariyasanitariya tadbirlari), N.
Mamatov (hayvonlarda quturish
kasalligiga karshi vaksina yaratgan), X.
Salimov (qoramollarning leykoz kasalligi
diagnostikasi, unga qarshi kurash
vositalari) kabi olimlar veterinariya M.si
rivojiga katta hissa qoʻshdilar.


Abdurasul Vahobov, Egamberdi
Eshboyev, Hoshim Nurmamatov1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 20-Dekabr 2022, 15:07 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Mikrobiologiya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mikrobiologiya&oldid=35067
89
" dan olindi

Yüklə 149,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin