58
pnoklastin deb atagan moddani K.F.Gamaleya ajratib oldi. 1924 yilda Gratsiya va
Dat Actinomyces albus dan aktinomitsetni ajratib olishdi.
Antibiotiklar ta’minlashdagi keskin burilish Flemingning penisillinni
(1929) kashf etilishi natijasida yuz berdi. Fleming Penicillium notatum to‘plami
(kolleksiyasi) atrofida, Petri kosachasidagi stafilokokklar to‘plami erib ketishini,
bu zamburug‘ning suyuq muhitdagi hosilasining suzgichdan o‘tkazilgani
grammusbat va ayrim grammanfiy mikroorganizmlarga antibakterial ta’sir etishini
kuzatdi.
1940 yilda Flori va Cheinlar Penicillium notatum hosilasidan penitsillin
ajratib olish usulini ishlab chiqishda va bu preparat yuqori terapevtik aktivlikka ega
ekanligi aniqlandi. 1944 yilda Shats, Bugi va Vaksman streptomitsinni oldi.
Rossiyada birinchi pennsillin 1942 yilda Z.V.Ermoleva tomonidan olingan.
Hozirgi paytda 2000 dan ortiq antibiotiklar yozilgan va juda ko‘p tabiiy
birikmalar xosilalari olingan.
Dostları ilə paylaş: