Mikroiqtisodiyotning asosiy tushunchalari Mikroiqtisodiyotni o'rganish bir nechta asosiy tushunchalarni o'z ichiga oladi, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan):
Rag'batlantirish va xatti-harakatlar: Odamlar, shaxslar yoki firmalar sifatida, duch kelgan vaziyatlarga qanday munosabatda bo'lishadi.
Kommunal xizmatlar nazariyasi: Iste'molchilar o'zlarining baxt-saodatlari yoki "foydaliligi" ni maksimal darajaga ko'taradigan tovarlarni sotib olishni va iste'mol qilishni tanlaydilar, ular qancha daromad sarflashlari mumkinligi cheklangan holda.
Ishlab chiqarish nazariyasi: Bu ishlab chiqarishni o'rganish yoki kirishni natijalarga aylantirish jarayoni. Ishlab chiqaruvchilar o'zlarining daromadlarini maksimal darajada oshirish uchun xarajatlarni minimallashtirishga imkon beradigan ma'lumotlar va ularni birlashtirish usullarining kombinatsiyasini tanlashga intilishadi.
Narxlar nazariyasi: Kommunal xizmatlar va ishlab chiqarish nazariyasi raqobatdosh bozorda narxlarni belgilaydigan talab va taklif nazariyasini ishlab chiqarish uchun o'zaro ta'sir qiladi. Muvaffaqiyatli raqobatbardosh bozorda, iste'molchilar talab qiladigan narx ishlab chiqaruvchilar tomonidan bir xil bo'ladi degan xulosaga keladi. Bu iqtisodiy muvozanatni keltirib chiqaradi.
Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasi