Mikroiqtisodiyot” fanidan yakuniy nazorat savollari



Yüklə 28,39 Kb.
tarix06.10.2023
ölçüsü28,39 Kb.
#152624
Mikroiqtisodiyot YN savollari



Mikroiqtisodiyot” fanidan yakuniy nazorat savollari



  1. Iqtisodiyot oldidа turgаn muаmmolаrning qаysi birlаri mikro dаrаjаdа o`rgаnilаdi?

  2. Iqtisodiyotning bosh muаmmosi dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  3. Hаr qаndаy jаmiyat rеsurslаr chеklаngаn shаroitdа qаndаy mаrkаziy 3 tа sаvolgа jаvob topishgа urinаdi?

  4. Mikroiqtisodiy tаhlilning mаkroiqtisodiy tаhlildаn аsosiy fаrqi nimаdа?

  5. Mikroiqtisodiyot‖ fаnining prеdmеti nimаdаn iborаt?

  6. Mikroiqtisodiyot‖ fаnini o`rgаnish usullаri nimаlаrdаn iborаt?

  7. Pozitiv vа normаtiv tаhlil nimа bilаn fаrq qilаdi?

  8. Induksiya vа dеduksiya, аnаliz vа sintеz usullаrining mohiyati nimаdа?

  9. Iqtisodiy modеl dеgаndа nimаni tushunаsiz vа u qаndаy vаzifаlаrni yеchishdа qo`llаnilаdi?

  10. Ehtiyoj vа nе′mаt tushunchаlаri nimаni аnglаtаdi?

  11. Iqtisоdiy rеsurslаrgа nimаlаr kirаdi?

  12. Iqtisodiyotning markaziy vа bоsh muammosi nimаdаn ibоrаt?

  13. Iqtisоdiy tаnlоv vа muqоbil xarajatlar deganda nima tushuniladi?

  14. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig`i nimani ifodalaydi?

  15. Hаr qаndаy jаmiyat jаvоb bеrishi lоzim bo`lgаn bеshtа fundаmеntаl iqtisоdiy sаvоl nimаlаrni nаzаrdа tutаdi?

  16. Resurslar chеklаngаn shаrоitdа ulаrni оptimаl taqsimlash mаsаlаsi qаndаy еchilаdi?

  17. Rеsurslаr, tоvаrlаr vа хizmаtlаr оqimining dоirаviy аylаnish mоdеli nimа?

  18. Talab iqtisodiy kategoriya sifatida nimani anglatadi?

  19. Ne′matning narxi va talab o`rtasida qanday bog`liqlik mavjud?

  20. Talab qonuni nima va uning asosida nimalar yotadi?

  21. Talab chizig`i qanday hosil qilinadi va nimani ifodalaydi?

  22. Talabga qanday omillar ta′sir ko`rsatadi?

  23. Talab miqdorining va talabning o`zgarishi o`rtasida qanday farq mavjud?

  24. Talabning bir va ko`p omilli hamda chiziqli funksiyalari nimani ifoda etadi?

  25. Taklif iqtisodiy kategoriya sifatida nimani anglatadi?

  26. Ne′matning narxi va taklif o`rtasida qanday bog`liqlik mavjud?

  27. Taklif qonuni nima va uning asosida nimalar yotadi?

  28. Taklif chizig`i qanday hosil qilinadi va nimani ifodalaydi?

  29. Taklifga qanday omillar ta′sir ko`rsatadi?

  30. Taklif miqdorining va taklifning o`zgarishi o`rtasida qanday farq mavjud?

  31. Taklifning bir va ko`p omilli hamda chiziqli funksiyalari nimani ifoda etadi?

  32. Bozor muvozanati deb nimaga aytiladi va u nimani ifodalaydi?

  33. Qanday holatlarda bozor muvozanati buzilib, taqchillik yoki ortiqcha taklif yuzaga keladi?

  34. Agar bozorda shakllangan real narxlar muvozanatli narxdan yuqorida yoki quyida bo`lsa qanday oqibatlar keltirib chiqaradi?

  35. Bozor muvozanatiga qanday omillar ta′sir ko`rsatadi?

  36. Talab va taklifdagi o`zgarishlar bozor muvozanatiga qanday ta′sir ko`rsatadi?

  37. Minimal va maksimal narxlar deb qanday narxlarga aytiladi?

  38. Minimal va maksimal narxlarni o`rnatishdan maqsad nima va ular qanday oqibatlar keltirib chiqaradi?

  39. Iste′molchi yutug`i‖ va ―islab chiqaruvchi yutug`i‖ nima va ular qanday holatlarda yuzaga keladi?

  40. Elastiklik nimani ifodalaydi?

  41. Talab va taklifning narx bo`yicha elastikligi qanday mazmunga ega?

  42. Talabning elastik, noelastik va birlik elastikka teng bo`lish shartlarini ko`rsatib bering.

  43. Daromadga bog`liq va kesishgan talab elastikligi deb nimaga aytiladi?

  44. Kundalik extiyoj va qimmatbaho hasham mollariga talab elastikligi qanday?

  45. Talab elastikligi yordamida sotuvchi daromadini qanday maksimallashtirish mumkin?

  46. Talab va taklif elastik bo`lganda soliq yukining katta qismi kimning zimmasiga tushadi, noelastik bo`lgandachi?

  47. Iste′molchi tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?

  48. Umumiy va chekli naflilik deganda nimani tushunasiz?

  49. Naflilik funksiyasi nimani ifodalaydi?

  50. Biror ne′matni ketma-ket iste′mol qilinganda maksimal naflilikka erishish sharti qanday?

  51. Chekli naflilikning kamayish qonuni asosida nima yotadi?

  52. Befarqlik egri chizig`i va ne′matlarni bir-birini o`rnini bosishi zonasi nimani ifodalaydi?

  53. Byudjet chizig`i va byudjet tenglamasi nimani ifodalaydi?

  54. Iste′molchining muvozanatlik shartini izohlab bering.

  55. Daromad-iste′mol‖ chizig`i nimani ifodalaydi?

  56. Narx-iste′mol‖ chizig`i nimani ifodalaydi?

  57. Yakka va bozor talabi qanday farqlanadi?

  58. Noaniqlik va tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz?

  59. Ob′ektiv va sub′ektiv ehtimollar va ular o`rtasidag farq qanday aniqlanadi?

  60. Tavakkalchilikni o`lchash usullari xususida nimalarni bilasiz?

  61. Tavakkalchilikka moyillik, befarqlik va undan qochish xususiyatlari nimalarga bog`liq?

  62. Tavakkalchilikka befarq qaraydigan shaxs qanday xususiyatga ega bo`ladi?

  63. Tavakkalchilikni pasaytirish yo`llarini izohlab bering.

  64. Firma deganda nimani tushunasiz?

  65. Firma qanday faliyat turlarini amalga oshiradi?

  66. Tadbirkorlik faoliyati deganda nima nazarda tutiladi?

  67. Firmalar qanday mezonlar bo`yicha turkumlanadi?

  68. Mulkchilik shakli bo`yicha firmalarning qanday turlarini bilasiz?

  69. Xususiy mulk egaligidagi firmalarning qanday afzallik va nuqsonlari mavjud?

  70. Hamkorlikka asoslangan firmalarning qanday afzallik va nuqsonlari mavjud?

  71. Korporativ mulkka asoslangan firmalarning qanday afzallik va nuqsonlari mavjud?

  72. Firmalarning qanday tashkiliy-huquqiy shakllarini bilasiz?

  73. Turli tashkiliy-huquqiy shakldagi firmalarning tashkiiy-iqtisodiy asoslarini so`zlab bering.

  74. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi?

  75. Ishlab chiqarish funksiyasi nimani ifodalaydi?

  76. Izokvanta yordamida nimalarni tahlil qilish mumkin?

  77. Izokosta nimani ifodalaydi?

  78. Firmalarning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati nimalar bilan xarakterlanadi?

  79. Firmaning ichki va tashqi xarajatlarini izohlab bering.

  80. Ishlab chiqarish xarajatlari grafikda qanday tasvirlanadi?

  81. O`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar qanday farqlanadi?

  82. Umumiy xarajat va o`rtacha xarajatlarning hisoblash usullari farq qiladimi?

  83. Qanday xarajatlarga o`zgarmas xarajatlar deb ataladi?

  84. Qanday xarajatlarga o`zgaruvchan xarajatlar deb ataladi?

  85. Chekli xarajat nimani ifodalaydi?

  86. Mukammal raqobatlashgan bozorning asosiy shartlari nimalar?

  87. Raqobatlashgan bozorda firmaning talab chizig`i qanday ko`rinishga ega?

  88. Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanat holati qanday aniqlanadi?

  89. Firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig`i grafigi qanday?

  90. Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma zararlarini qanday minimallashtirishtiradi?

  91. Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma qanday holatda yopiladi?

  92. Uzoq muddatli oraliqda mukammal raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning foydasini maksimallashtirish shartlari nimalar?

  93. Uzoq muddatli oraliqda mukammal raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning talab chizig`i qanday ko`rinishga ega?

  94. Uzoq muddatli oraliqda mukammal raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning muvozanat holati qanday aniqlanadi?

  95. Firmaning uzoq muddatli o`rtacha xarajatining tarkibi qanday aniqlanadi?

  96. Tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati qanday aniqlanadi?

  97. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqning kengayish mexanizmini tushuntirib bering.

  98. Firmaning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i nimalar bilan belgilanadi?

  99. Bozor turlari qanday aniqlanadi?

  100. Raqobatlashmagan bozorlarda narx va ishlab chiqarish hajmi qanday aniqlanadi?

  101. Sof monopoliya deganda nimani tushunasiz?

  102. Raqobatlashgan monopol bozor xususiyatlari nimalardan iborat?

  103. Litsenziya, patent, mualliflik huquqi raqobatga qanday ta`sir ko`rsatadi?

  104. Monopoliyaning jamiyat uchun foydali va zararli tomonlarini izohlab bering.

  105. Bozor hokimiyati deganda nimani tushunasiz?

  106. Monopol narxga soliq qanday ta`sir ko`rsatadi?

  107. Monopol sharoitda narx qanday aniqlanadi?

  108. Monopoliyaga qarshi qonunlarning maqsadi va ahamiyati nimadan iborat?

  109. Jahonda ilk bor monopoliyaga qarshi qabul qilingan qonun va uning ahamiyati.

  110. Monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini nima tashkil etadi?

  111. Narxlar diversifikatsiyasi turlari va ularga xarakteristika bering.

  112. Iste′molchi daromadiga ko`ra narx qanday belgilanadi?

  113. Tovarlar kategoriyasiga qarab, ularga narx belgilashning shartlari nimalardan iborat?

  114. Iste`mol xajmiga ko`ra narxlar diversifikatsiyasi deganda nima tushuniladi?

Yüklə 28,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin