Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot



Yüklə 46,48 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü46,48 Kb.
#192690
Kamolov Azamat oraliq nazorat (1)


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
« IQTISODIY XAVFSIZLIK » KAFEDRASI
“MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
YOZMA ISH VARIANTI-9 Kamolov Azamat MHBA-7022

1. Taklifga ta’sir etuvchi omillar


2. Toʻrsimon modelning mohiyati va ahamiyati
3. Befarqlik egri chizigʻi

Kafedra mudiri: E.Ergashev


1. Talab va taklif tushunchasi. Bozor muvozanati.
Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
T. va t.ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi T. va t. nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi.
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish", "istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ʻul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ʻul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.
Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.
Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Ta- lab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir gator omillarga ham bog‘1iq bo‘1adi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1) iste’mo1chining didi;
2) bozordagi iste’molchilar soni;
3) iste’mo1chining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘1iq tovarlaming narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga oanday ta’sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
1. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Bu o‘rinda real hayotda iste’mo1chilar «moda», ya’ni biron-bir tovar- ning keng rusum bo‘1gan turini sotib olishga harakat qilishlarini mi- sol keltirish mumkin. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilaming soni kamaysa, talab qisqaradi. Ma- salan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlaming oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obli- gatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib ke- ladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
3. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omil- larga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bun- day tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlami xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kar- toshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‘1gan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi büan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liq1ikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’mo1chi1ar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Emest Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shungako‘ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘IiqIik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (7.2-rasm). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘1adi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘1ib, daromadlar oshib borishi bilan iste’mo1chilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli da- romad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘1adi. Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daro- madi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mah- sulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha —4 donadan 6 donagacha, 40 ming
so‘mdan 50 ming so‘mgacha — 6 donadan 7 donagacha.

0 1 2 3 4 5 6 7 8


Tovar miqdori, dona
7•2-chizma. Engel egri chizig‘i

Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmi- ning o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). En-gel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘ztovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.


4. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda ulami ikki guruhga ajratish maqsadga muvofıq bo‘ladi:
1) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘1iqlikda bo‘1adi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘1gan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘1diruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bi- lan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘1iqlikda bo‘1adi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzingabo‘1ganta1ab qisqara- di. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘1gan talab oshadi.
5.Kelgusida iste’mo1chi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘1ishi yoki bo‘1mas1igi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nis- batan oshishining kutilishi iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘1gan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘1adi. Shu o‘rinda, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ham jahon va milliy bozorlardagi talab hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aksariyat hollarda uning qisqarishiga olib kelayotganligini ta’kid1ash o‘rindadir.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1)resurslar narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlar narxi;
5) narx o‘zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta’sir qiluvchi omillami alohida-alohida qarab chiqamiz.
1.Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifui oshiradi. Aksin- cha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlaríni oshi- radi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pa- sayishi bug‘doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifìni qisqartiradi.
2.Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomil- lashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari ka- mayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qar- shi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3.Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksari- yat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘1ov1arining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya — davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsad- lar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4.Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, boshqa o‘zgarmas sharoitlarda qo‘y go‘shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi.
5.Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kunda- gi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
6.Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘1sa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘1adi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovaming saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘1maydigan qishloq xo‘ja1ik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘1adi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xi1 mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘ja1igiga yaroqli bo‘1gan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozu- vchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘1adi.
2.
To`rsimon modelning mohiyati va ahamiyati.
Makroiqtisodiy model - iqtisodiymatematik modellarning uzviy qismi, butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiymatematik model. Makroiqtisodiy model iqtisodiyotni yagona tizim sifatida ifodalab, uning umumlashtirilgan moddiy va moliyaviy koʻrsatkichlari: yalpi ichki mahsulot, isteʼmol, investitsiya, bandlik, foiz stavkalari, pul miqdori va boshqalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatadi. Makroiqtisodiy modelni tuzishning asosiy maqsadi makroiqtisodiy bogʻlanishlardan iborat turli hodisalarni soddalashtirilgan shaklda ifodalash orqali uning yechimini topishdir. Makroiqtisodiy model tuzish jarayonida oʻrganilayotgan hodisanyng muhim omillari aniqlanib, yechilishi kutilayotgan muammo uchun muhim boʻlmagan jihatlar tushirib qoldiriladi. Makroiqtisodiy model tuzish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: a) tadqiqotning predmeti va maqsadi soddalashtirilgan holda belgilanadi; b) kuzatilayotgan makroiqtisodiy tizimning maqsadga muvofiq tarkibiy va funksional unsurlari ajratib olinib, ularning eng muhim sifat tavsiflari aniqlanadi; v) Makroiqtisodiy model unsurlarining oʻzaro bogʻlanishi, ketma-ketligi belgilanadi va uning matematik modeli keltiriladi; g) matematik modelda hisobkitoblar amalga oshiriladi va olingan natija tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy model nazariy tadqiqot sifatida sinov va asoslashni talab etadi. Jamlangan statistik maʼlumotlarni Makroiqtisodiy modelga tushirish ehtimoldagi makroiktisodiy oqibatlarga oldindan baho berish im-konini beradi. Tarmoklararo balans, davlat daromadlari va harajatlari balansi, toʻlov balanslarini hisoblash Makroiqtisodiy modelga misol boʻla oladi.
Hаr qаndаy bоzоrdа nаrх, хаrid vа sоtuvlаr hаjmi tаlаb vа tаklifning o`zаrо munоsаbаti оrqаli o`rnаtilаdi. keltirilgan ma′lumotlar shuni ko`rsatadiki, аrzоn nаrхlаrdа tаlаb hаjmi tаklif hаjmidаn ortiq bo`lаdi. Masalan, bir kg guruchning narxi 3200 so`m bo`lganda talab hajmi 210, taklif hajmi esa 190 tonnaga teng. Bu narxda istе′mоlchilаr sоtuvchilаr tаklif qilgаnidаn ko`prоq guruch sоtib оlishni хоhlаshаdi. Tаlаb hаjmining tаklif hаjmidаn оshishi (20 tonnaga) guruchgа bo`lgаn оrtiqchа tаlаbning vujudgа kеlishigа sаbаb bo`lаdi. Аgаr nаrх bir kg uchun 3200 so`m dаrаjаsidа qаt′iy ushlаb turilgаndа, bоzоrdа guruch tаnqisligi vujudgа kеlgаn bo`lardi. Istе′mоlchilаr o`zlаri хоhlаgаn miqdоrdаgi guruchni хаrid qilish imkоniyatigа egа bo`lmаsdilаr.
Qimmat nаrхlаrdа, aksincha, tаlаb hаjmi tаklif hаjmidаn kаm bo`lаdi. Xususan, bizning misolimizda bir kg guruchning narxi 3600 so`m bo`lganda talab hajmi 190, taklif hajmi esa 210 tonnaga teng. Sоtuvchilаr ko`p hаjmdаgi guruchni sоtishni istаydilаr, аmmо хаridоrlаr qimmаt nаrхdа kamroq guruch хаrid qilishga moyil. Аgаr bоzоrdа tаklif hаjmi tаlаb hаjmidаn оshib kеtsа, tоvаrning оrtiqchа tаklifi vujudgа kеlаdi, ya′ni nаrх 3600 so`m darajasida ushlаb turilgаndа, bоzоrdа оrtiqchа guruch tаklifi (20 tonnaga) kuzаtilgаn vа sоtuvchilаr iхtiyorlаridаgi bаrchа guruchni sоtish uchun хаridоr tоpа оlmаgаn bo`lardi.
Guruchning nаrхi 3400 so`m/kg bo`lgаndаgina tаlаb hаjmi (200 tonna) tаklif hаjmigа (200 tonna) tеng. Bu nаrхdа guruch tаnqisligi hаm, оrtiqchа tаklif hаm kuzаtilmаydi. Bоzоr muvоzаnаt hоlаtigа erishаdi. Umuman olganda muvozanat - bu tizimning shunday holatiki, agar unga birorta tashqi kuch ta′sir ko`rsatmasa, u o`zining holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab chizig`i (D) bilan taklif chizig`i (S) kesishgan nuqta (E nuqta) bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta′minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga tayanib shuni ta′kidlash mumkinki, berilgan vaqt oralig`ida bozor muvozanat holatida bo`lsa, u holda bu vaqt davomida tovar narxi yoki tovar miqdorini o`zgartirishga hech narsa sabab bo`lmaydi. Keltirilgan ma′lumotlar asosida bozor muvozanati grafigini hosil qilamiz ().
Tаlаb vа tаklifni grаfik yordаmidа tаhlil etish quyidаgi хulоsаlаrni chiqаrishgа yordаm bеrаdi. Muvоzаnаtli nаrхdаn (3400 so`m/kg.) yuqоri bo`lgan hаr qаndаy nаrхdа оrtiqchа tаklif hаjmi sоtuvchilаrning turib qоlgаn tоvаrni tеzrоq sоtish uchun rаqоbаtlаshishiga va natijada nаrхlаrning pаsаyishigа оlib kеlаdi. Nаrхlаrning pаsаyishi istе′mоlchilаrni ko`prоq mаhsulоt хаrid qilishgа rаg`bаtlаntirаdi vа bоzоrdаgi оrtiqchа guruch miqdоrining yo`qоlishigа оlib kеlаdi. Bu hоlаt tоki tаlаb vа tаklif hаjmi tеnglаshib, bоzоrdа muvоzаnаt o`rnаtilgungа qаdаr dаvоm etаdi. Muvоzаnаtli nаrхdаn quyi bo`lgаn hаr qаndаy nаrхdа tаqchil bo`lgаn tоvаrni qo`lgа kiritish uchun istе′mоlchilаr o`rtаsidаgi 3600 S Q 3400 E Taqchillik (20 t.) D Ortiqcha taklif (20 t.) P 190 200 3200 210 57 rаqоbаt kurаshi nаrхning ko`tаrilishigа оlib kеlаdi. Nаrхning ko`tаrilishi ishlаb chiqаruvchilаrni tаklif hаjmini оshirishgа rаg`bаtlаntirаdi. Nаtijаdа bоzоrdаgi tаqchillik yo`qоlib, bоzоr yanа qаytаdаn muvоzаnаt hоlаtigа intilаdi.
Muvоzаnаtli nаrх – bu shundаy nаrхki, bundа tаlаb hаjmi hаr dоim tаklif hаjmigа tеng vа bu hаjm muvоzаnаtli hаjm dеb аtаlаdi.
Muvоzаnаt nuqtаsidа Pe = Pd = Ps
Bu yеrdа: Pe – muvоzаnаtli nаrх; Pd – tаlаb nаrхi; Ps – tаklif nаrхi.
Muvоzаnаtli nаrхdа Qe = Qs = Qd
Bu yеrdа: Qe – muvоzаnаtli hаjm; Qs – tаklif hаjmi; Qd – tаlаb hаjmi.
Ikkinchi kutilаdigаn hоlаt – bu tаlаb оshib, tаklif qisqаradigаn vаziyat. Bundа nаrх ko`tаrilishi bilаn bоg`liq ikkitа sаmаrаni kuzаtish mumkin: tаlаbning оshishi nаrхning ko`tаrilishigа оlib kеlsа, tаklifning qisqаrishi hаm tоvаr tаnqisligini vujudgа kеltirib, nаrхni оshirаdi. Ammo Q1 Qe Q Ṕ Pe É E D S Ś Ṕe D́ Q2 62 bu yerda ham muvozanatli hajm miqdori ulardan qaysi biri ko`proq `oshishi yoki qisqarishiga bog`liq. Agar talab ko`proq `oshib, taklif kamroq qisqarsa muvozanatli hajm dastlabki holatga nisbatan oshadi. Aksincha, talab kamroq oshib, taklif ko`proq qisqarsa, muvozanatli hajm dastlabkiga nisbatan qisqaradi.
Talabning oshishi va taklifning qisqarishi bir xil nisbatda yuz berganda, tаlаb vа tаklif chiziqlаri оldingi muvоzаnаt hоlаtidаn аnchа yuqoridа kеsishib yangi muvozanatga erishadi. Bunda narx oshadi (Pe dan Ṕe holatiga), ammo muvоzаnаtli hajm (Qe) o`zgarmasdan qoladi (4.9- rasm).
Yuqorida keltirilgan bozor modellari statik bo`lib, ular ma′lum vaqt oralig`ida mazmunga ega (masalan, u bir oy yoki bir yilga teng bo`lishi mumkin). Bunday bozor modelida o`zgaruvchilar vaqtga bog`liq emas. Modelda talab, taklif va narxlarning bog`liqliklarini vaqt o`zgarishi bilan bog`lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma′lum vaqt oralig`ida (masalan, bu oraliq bir oy bo`lsin) bir birlik tovarning bozor narxi P(t) bo`lsin (ya′ni, tovar narxi bir oy ichida o`zgarmaydi). Tovarning bozor narxi P(t) muvozanat narxga teng bo`lishi ham, teng bo`lmasligi ham mumkin.
Bozorning dinamik modelida narxlar trayektoriyasi P(1),P(2)... o`rgimchak uyasi to`riga o`xshagani uchun ham bu model ―to`rsimon model‖ deb nom olgan. To`rsimon model sifatida birja bozorini (masalan, qimmatli qog`ozlar bozori, yoki valyuta bozorini) qarash mumkin.
Befarqlik egri chizig’i
Ikki tovarga nisbatan befarqlik egri chizig'i - bu xaridorni teng darajada farovon yoki teng darajada qoniqtiradigan, shuning uchun egri chiziqdagi har qanday kombinatsiyaga ega bo'lgan ikkita tovarning kombinatsiyalarini aks ettiruvchi grafik.
Befarqlik egri chiziqlari - bu zamonaviy mikroiqtisodiyotda iste'molchilarning afzalligi va byudjetning cheklanganligini namoyish etish uchun ishlatiladigan evristik vositalar. Iqtisodchilar farovonlik iqtisodiyotini o'rganishda befarqlik egri tamoyillarini qabul qildilar.
Befarqlik egri chizig'i iste'molchiga teng darajada qoniqish va foyda keltiradigan ikkita tovarning kombinatsiyasini ko'rsatadi va shu bilan iste'molchini befarq qiladi.
Egri chiziq bo'ylab iste'molchi ko'rsatilgan tovarlarning kombinatsiyalariga teng ravishda ustunlik beradi, ya'ni. egri chiziqdagi tovarlarning har qanday kombinatsiyasiga befarq.
Odatda, befarqlik egri chiziqlari kelib chiqishiga qarab qavariq qilib ko'rsatiladi va hech qachon ikkita befarqlik egri chizig'i kesishmaydi.

Standart befarqlik egri chizig'ini tahlil qilish oddiy ikki o'lchovli grafikada ishlaydi. Har bir eksa iqtisodiy yaxshilikning bir turini anglatadi. Befarqlik egri chizig'i bo'ylab iste'molchi egri chiziqdagi nuqtalar bilan ifodalangan tovarlarning har qanday kombinatsiyasi o'rtasida befarq bo'ladi, chunki befarqlik egri chizig'idagi tovarlarning kombinatsiyasi iste'molchiga bir xil darajada foydali bo'ladi.


Masalan, yosh bola ikkita chiziq roman va bitta o'yinchoq yuk mashinasi yoki to'rtta o'yinchoq yuk mashinasi va bitta chiziq romanga ega bo'lishiga befarq bo'lishi mumkin, shuning uchun bu ikkala kombinatsiya ham yosh bolaning befarqligi egri chizig'iga aylanishi mumkin.
Befarqlik egri chiziqlari ko'plab taxminlar asosida ishlaydi; masalan, odatda har bir befarqlik egri chizig'i kelib chiqishiga to'g'ri keladi va hech qachon ikkita befarqlik egri chizig'i kesishmaydi. Iste'molchilar kelib chiqishidan ancha uzoqroq bo'lgan befarqlik egri chiziqlarida tovar paketlariga erishishda har doim ko'proq qoniqishadi deb taxmin qilishadi.
Daromadning oshishi bilan, odatda, biron bir kishi ko'proq iste'mol tovarlarini sotib olishi mumkinligi sababli iste'mol darajasi o'zgaradi, natijada ular kelib chiqish joyidan ancha uzoqroq bo'lgan befarqlik egri chizig'ida bo'ladi, shuning uchun ham yaxshi bo'ladi.
Befarqlik egri chizig'ini tahlil qilishda mikroiqtisodiyotning ko'plab asosiy tamoyillari, jumladan individual tanlov, marginal foyda nazariyasi, daromad, o'rnini bosish effektlari va qiymatning sub'ektiv nazariyasi kiradi. Befarqlik egri chizig'ining tahlili marginal almashtirish darajasi (MRS) va imkoniyat xarajatlarini ta'kidlaydi. Befarqlik egri chizig'ini tahlil qilish odatda boshqa barcha o'zgaruvchilar o'zgarmas yoki barqaror bo'ladi.
Aksariyat iqtisodiy darsliklar befarqlik egri chizig'iga asoslanib, ushbu iste'molchining daromadlari asosida har qanday iste'molchi uchun eng maqbul tovar tanlashni joriy etadi. Klassik tahlil shuni ko'rsatadiki, iste'molning eng maqbul to'plami iste'molchining befarqligi egri chizig'i ularning byudjet cheklovlariga ta'sir qiladigan joyda sodir bo'ladi.
Befarqlik egri chizig'ining moyilligi MRS deb nomlanadi. MRS - bu iste'molchining bir tovardan ikkinchisiga voz kechishga tayyorligi darajasi. Agar iste'molchi, masalan, olmalarni qadrlasa, iste'molchi ularni apelsin uchun berishdan sekinroq bo'ladi va qiyalik bu almashtirish darajasini aks ettiradi.
Befarqlik egri chiziqlari, zamonaviy iqtisodiyotning ko'plab jihatlari singari, odamlarning xulq-atvori to'g'risida haddan tashqari soddalashtirilganligi yoki haqiqatga mos bo'lmagan taxminlar uchun tanqid qilingan. Masalan, iste'molchilarning istaklari vaqt o'tishi bilan ikki xil nuqta o'rtasida o'zgarishi mumkin, o'ziga xos befarqlik egri chiziqlari amalda foydasiz bo'ladi.
Boshqa tanqidchilar nazariy jihatdan konkav befarqlik egri chiziqlari yoki hatto turli nuqtalarda kelib chiqishi konveks yoki konkav bo'lgan dairesel egri chiziqlarga ega bo'lish mumkinligini ta'kidlaydilar. Iste'molchilarning xohish-istaklari vaqtning ikki xil nuqtasi o'rtasida o'zgarishi mumkin, bu o'ziga xos befarqlik egri chizig'ini deyarli foydasiz qiladi.
Yüklə 46,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin